Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
boshing omon saqlanadi. So’zingni qisqa qilsang, umring uzayadi.
3-topshiriq: Gapdagi munosabat shakllarini aniqlang. 1.Yuzimdagi yomg’ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamga qaradim. 2.Ena buvingning xayoli allaqayoqlarga borib keldi. 3.Qazisan, qartasan, asl naslingga tortasan. 4.Bo’zchi bilganin to’qir, Baxshi bilganin o’qir. 4.Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing. 5.Yoshlikdan bir hunarning boshini ushlanglar, shu bilan jamiyatga ham yordam qilgan bo’lasizlar. 6.Ilon zahridan tilning zahri o’tkirroqdir. Ismlarning munosabat shakllari:________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Fe’llarning munosabat shakllari:________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 4-topshiriq: Munosabat shakllari orasidagi omonimlikni aniqlang. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 84 __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Yordamchi so’z turkumlari Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlar yordamchi so’z turkumlari deyiladi. Yordamchi so’z turkumlari quyidagi vazifalarni bajaradi: - gap bo’laklarini bir-biriga bog’lash: tog’am bilan amakim - gaplarni bir-biriga bog’lash: Ukam keldi-da, eshikni ochdi. – mustaqil so’z va gaplarga turli qo’shimcha ma’no beradi: Ahmadgina imtihondan o’tdi (chegaralash). Yordamchi so’z turkumlari 3 ta: 1. Ko’makchi 2.Bog’lovchi 3. Yuklama KO’MAKCHI Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ko’makchi deyiladi. M: bilan, uchun, kabi, orqali, sayin. Ko’makchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof 2. Vazifadosh Sof ko’makchilar. Atash ma’nosini butunlay yo’qotib, faqat o’zi brikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilardir. Bular quyidagilar: kabi, singari, bilan, uchun, sayin, haqida, sari, qadar, uzra, tufayli, yanglig’, holda,orqali. M:Yanoqlari olma yanglig’ bu qiz hammaning nigohini o’ziga qadadi. Vazifadosh ko’makchilar. Leksik ma’nosinisaqlagan holda gapda grammatik ma’no ifodalash vazifasini bajaruvchi so’zlara v azifadosh ko’makchilar deyiladi. Quyidagi so’z turkumlari vazifadosh ko’makchiga ko’chgan: a) ot: ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, ich, ora, o’rta, bosh, tag, uch, qosh + egalik va kelishik qo’shimchalari; b)fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllari: qarab, bo’ylab, qaraganda, ko’ra, yarasha, tortib, deya, deb, atab; d) ravish: avval, keyin, burun, ilgari, so’ng, oldin.(7-sinf darsligida tomon vazifadosh ko’makchi ravish so’z turkumiga kiritilgan) Vazifadosh ko’makchilar o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan esa ko’makchi bo’lib keladi. Qiyoslang: Kitob stol ustida turibdi (mustaqil so’z). U bu masala ustida uzoq bosh qotirdi(ko’makchi). Sayyora bizga qarab qo’ydi. U bog’ga qarab ketdi. Avval o’yla, keyin so’yla. Darsdan keyin bog’ga boraman. 1-topshiriq: Gaplar tarkibidagi ko’makchi vazifasidagi so’zlarni aniqlang. Agar ular mustaqil so’z bo’lib kelayotgan bo’lsa, ko’makchi qilib, ko’makchi bo’lib kelayotgan bo’lsa, mustaqil so’z qilib gaplar tuzing. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling