Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ So’z birikmasi va ibora. So’z birikmasi, ya’ni erkin birikma tobe va hokim 94 so’zdan tashkil topadi. Bularda so’zlarni almashtirib qo’llab, yangi-yangi erkin birikmalar hosil qilish mumkin. M: yangi ko’ylak, qizil ko’ylak, qizil olma.Erkin birikmadagi har bir so’z ma’lum so’roqqa javob bo’ladi, gapda har biri alohida gap bo’lagi bo’lib kela oladi. M: Chiroyli ko’ylak oldim. 1)chiroyli ko’ylak; 2)ko’ylak(ni) oldim Iborada, ya’ni turg’un birikmada ma’no yaxlit, ajralmas bo’ladi. Turg’un birikma tarkibida nechta so’z bo’lishidan qat’i nazar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. M:Otasining to’nini teskari kiyib olishi O’ktamning dilini og’ritdi. So’z birikmasi va turg’un birikma gapda o’xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin so’z birikmasi tushuncha, ibora esa atash (leksik) ma’nosini ifodalaydi. M: Qizchaning tap-tap sakrashidan dugonasining guliga qo’nib turgan kapalagi uchdi(tushuncha). Shovqindan buvimning kapalagi uchdi (atash ma’no). So’z birikmasi va qo’shma so’z. So’z birikmasida ham, qo’shma so’zda ham qismlar bir xildagi so’z turkumlariga oid bo’lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo’lishi mumkin. Masalan, oq qush – oqqush (har ikkisi ham sifat+ot). Bu ularning shakily o’xshashligidir. Lekin so’z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi. Qo’shma so’z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo’lib, qo’shma so’zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So’z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo’shma so’z qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo’qolgan bo’ladi. So’z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so’roq berish mumkin: kitobni o’qimoq; kitobni (nimani?) o’qimoq; kitobni o’qimoq (nima qilmoq?) Qo’shma so’zlarga esa yaxlit bir so’roq berish mumkin: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?). Bular urg’u olishida ham farqlanadi. So’z birikmasida har bir so’zga, qo’shma so’zda esa faqat o’ziga urg’u tushadi. Masalan: oq qush – oqqush 3-topshiriq: Berilgan birliklarning har birini so’z birikmasi va ibora sifatida qo’llab ikkitadan gap tuzing. 1)bo’yniga ilmoq; 2)ko’zi ochilmoq; 3)to’nini teskari kiymoq; 4)ustidan chiqmoq; 5)tosh otmoq. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari. Bu jahatiga ko’ra so’z birikmasi ikkiga bo’linadi: 1. Otli so’z birikmasi. 2. Fe’lli so’z birikmasi. 95 Otli so’z birikmasida hokim so’z ot, sifat, olmosh, son, ravish va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi. M: shaharning ko’chlari, chumchuqning chug’ur- chug’uri, o’quvchilarning beshtasi, beqiyos o’lka. Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z mustaqil fe’l bilan ifodalanadi. M: daftarga Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling