Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
yozmoq, ohista gapirish, zavq bilan o’qigan, sekin keldi, ta’sirli so’zlab.
Tobe so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari 3 xil: 1) aniqlovchili birikma: go’zal tabassum, ko’p odam, beshta olma. 2)to’ldiruvchili birikma: daftarga yozmoq, televizorni yoqmoq, sayrga chiqmoq. 3) holli birikma: shoshib yurmoq, to’satdan boshlamoq, kulib gapirmoq. Tobe va hokim qismlarni bir-biriga bog’lovchi vositalar. Gap tarkibida uchraydigan so’z birikmalari bir-biri bilan kelishiklar, ko’makchilar, ohang va egalik qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Bunda kelishiklar, ko’makchilar, ohang tobe qismga, egalik qo’shimchalari esa hokim qismga qo’shiladi. M: beshta olma (ohang), ruchka bilan yozmoq (ko’makchi), radiodan eshitmoq (kelishik), bizning bog’imiz (kelishik, egalik). Eslatma: Tobe bog’lanishdan so’z birikmasi ham, gap ham hosil bo’lishi mumkin. Tobe bog’lanishda kelishiklar, ko’makchilar,shaxs-son, ohang va egalik qo’shimchalari ishtirok etadi.Shulardan faqat shaxs-son qo’shimchalari yordamida bog’langan tobe bog’lanish gap hisoblanadi. M: Gul ochildi (gap). So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish usullari. Ular 3 xil: 1. Moslashuv 2. Boshqaruv 3. Bitishuv MOSLASHUV. So’z birikmalari qaratqich kelishigi orqali bog’lanishi moslashuv deyiladi. Bunda qaratqich kelishigi har doim tobe so’zda, egalik qo’shimchasi esa har ikkalasida bo’lishi mumkin.M: mening kitobim, ukamning kitobi Qaratqich kelishigini olgan so’z, ya’ni tobe so’z qaratqich, qaratqich kelishigini olmagan so’z, ya’ni hokim so’z qaralmish deyiladi. Moslashuvda tobe so’z avval, hokim so’z keyin keladi. Ba’zan she’riyatda ularning o’rni almashishi mumkin. M: mening Vatanim, Vatanim mening BOSHQARUV. Boshqaruv 2 xil bo’ladi: 1. Kelishikli boshqaruvda tobe so’z hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari orqali bog’lanadi. M: kinoni ko’rdi, uyga bordi, ko’chada uchratmoq, mashinadan tushmoq 2. Ko’makchili boshqaruvda tobe so’z hokim so’zga ko’makchilar orqali birikadi. M: g’alaba uchun kurashmoq, sharoitga ko’ra yondashmoq Boshqaruvda kelishiklar va ko’makchilarni almashtirish mumkin. Lekin ma’nosida o’zgarish bo’ladi. Kelishiklar yordamida bog’langan bo’lsa, hokim bo’lak ifodalagan harakat aniq bo’ladi. Ko’makchilar yordamida bog’langanda noaniq bo’ladi. M: maktabga keldi – maktab tomon keldi Eslatma: Boshqaruvda hokim so’z, ko’pincha, fe’l, ba’zan ot, sifat, ravish va boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Boshqaruvda tobe so’z avval, hokim so’z keyin keladi. Ba’zan esa ularning o’rni almashishi mumkin. M: gulni terdim – terdim gulni BITISHUV. Tobe va hokim so’zning hech qanday grammatik vositalarsiz faqat ma’no va ohang yordamida birikishi bitishuv deyiladi. M: tez termoq, chiroyli 96 gapirmoq, ishchan o’quvchi, mehribon murabbiy. Bitishuvda ham tobe so’z oldin hokim so’z keyin keladi. Ammo bitishuvda hamma hollarda ham ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi. Ba’zi holatlarda o’rni almashtirilsa, gap hosil bo’ladi. M: tez termoq – termoq tez (almashtirilsa bo’ladi, so’z birikmasi); katta uy – Uy katta. (almashtirib bo’lmaydi, gap) Eslatma: Birga bormoq, birdan aytmoq, yolg’ondan gapirmoq, tezda xabar bermoq, qunt bilan o’qimoq, zavq bilan kulmoq bular bitishuvli birikmalar hisoblanadi. 4-topshiriq: Gaplar tarkibidan so’z birikmalarini aniqlab ularni tahlil qiling. 1.Yigitning baxtini mehnat ochar. 2.Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan. 3.Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni. 4.Maydonda sinalgan odam – elda aziz. 5.Ona yurting omon bo’lsa, rangi-ro’ying somon bo’lmas. 6.O’zingni er Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling