Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

uyasida ko’rganini qiladi.
Ba’zan darak gaplardagi gap bo’laklarining me’yordagi tartibi o’zgarishi mumkin: 
1.Urug’chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan. 2. Shahar 
markazidan urug’chilik instituti xiyla chetda joylashgan. 3. Xiyla chetda 
joylashgan urug’chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi. Darak gaplardagi 
bunday 3 xil gap bo’laklarining tartibi gapning umumiy mazmuni bir xil ifodalasa 
ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap bo’laklaridan birining ahamiyatlilik 
darajasini ifodalashga ko’ra o’zaro farqlanadi: 1-2-gaplar kitobiy uslubga, 3-gap 
esa so’zlashuv uslubiga xoslangan.
Darak gaplarda tasdiq va inkor ma’nolari bo’lishi mumkin. Darak- tasdiq 
gaplarning kesimi bo’lishi shaklda bo’ladi. M: Bahor kelib, gullar ochildi.
Darak-inkor gaplar quyidagicha hosil qilinadi:
1. Bo’lishsiz fe’llardan: Bugun dars qilmadim.
2. Sifatdosh + yo’q, emas: Bu haqda hech kimga aytgan emas.
3. Ot + yo’q, emas: U ko’ringan sharpa odam emas.
Ba’zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma’nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda 
ikkita inkor shakl qo’llanilib, gapga tasdiq ma’nosini beradi.M: Shu asarni o’qimay 
qo’ymayman.
Eslatma: Inkor ma’nosi orqali ifodalangan tasdiq ma’nosi tasdiq shakli orqali 
ifodalangan tasdiq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi.
So’roq gaplar.So’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea-hodisa haqida axborot olish 
maqsadida qo’llaniluvchi gaplarga so’roq gaplar deyiladi. So’roq gaplar 
quyidagicha hosil qilinadi:
1. So’roq olmoshlari yordamida: Nima uchun darsga kech qolding? So’roq 
olmshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar aniq javobni talab qiladi. M:
- Guruhingizda kim yaxshi o’qiydi?
- O’ktam.
2. So’roq yuklamalari yordamida: Kecha darsga keldingmi? Bular ha yoki yo’q 
javoblarini talab qiladi.
3. So’roq ohanggi yordamida: Fotima o’qishga kirdi?
So’roq gaplar ma’nosiga ko’ra 3 xil bo’ladi:
1. Sof so’roq gaplar
2. Ritorik so’roq gaplar (so’roq-darak)
3. So’roq-buyruq gaplar
Sof so’roq gaplar javob talab qiladi. M: Kecha uyingga kim keldi?
Ritorik so’rq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o’zida bo’ladi. 
So’roq gap kesimi bo’lishsiz fe’llar blan ifodalangan bo’lsa, tasdiq darak gap 
ma’nosini; bo’lishli fe’llar bilan ifodalangan bo’lsa, inkor gap ma’nosini bildiradi. 
M: Bu daraxtni kesishga kim jur’at qiladi? (Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at 
qilolmaydi.)
Eslatma: So’roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali 


99 
ifodalangan darak ma’nosidan kuchliroq bo’ladi.
So’roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi mumkin: Yurmaysizmi? 
(yuring)
Eslatma: So’roq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali 
ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi.
Buyruq gap. Kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanib, buyruq-xitob 
ma’nolarini ifodalagangaplarga buyruq gaplar deyiladi. Buyruq gaplarning kesimi 
quyidagicha bo’ladi: - II shaxsdagi buyruq-istak maylidagi fe’llar bilan: Oldin 
o’yla, keyin so’yla. – rasmiy nutqda buyruq gapning kesimi ko’pincha III shaxsda 
bo’ladi: Ishga qabul qilinsin. – ayrim hollarda III shaxs buyruq maylidagi fe’llar 
bilan ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo’llaniladi. M: Chekilmasin 
(chekmang). Uyga kirilsin (uyga kiring). Bunday vaqtda iltifot mulozamat 
bildirish, kesatiq kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Buyruq gap ba’zan buyruqni kuchaytirish, do’q-po’pisa ma’nolarini ifodalaganda 
kesim gap oxirida keladi.M: Oling qo’lingizni.
Eslatma: Buyruq gaplarning buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi 
ba’zan tushib qolishi mumkin, lekin uning o’rni nutq vaziyatidan bilinib turadi. M: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling