Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
qiziqarli bo’ldi. Yig’ilishda odam ko’p ekan.
– yo’q, bor, zarur, lozim, kerak, shart + bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’l: Mening vaqtim yo’q edi. Mevalarning hammasini olib borish shart emish. - Harakat nomi + zarur, lozim, kerak, shart : Men darsga o’z vaqtida borishim kerak. -kengaygan birikmalar bilan:1.O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2.To’y – bahor kelganda. 3.Hamma gap - mening yo’qligimda. 4.Ular besh kishidan iborat edi. -ibora bilan: Dadam qo’li ochiq edilar. 2-topshiriq: Gaplar tarkibidagi kesimlarning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang. 1. Rostlik ila xiyonat ikkisi jam kelmas. 2.Rostgo’ylikda xavf-u xatar ko’rsanglar ham, rost so’zlanglar. 3.Yolg’on uzoqqa ketsa ham, haqiqat quvib yetar. 4.O’zida biroz haqiqati bo’lgan chalkashliklar – eng xavflilari. 5.Oxir-oqibat yolg’on nima o’zi? – Niqoblangan haqiqat. 6.Yuzni yerga qaratish bundan ortiq bo’ladimi? 7.Uning esiga haligi mish-mishlar tushib, yuragi bigiz sanchiganday og’ridi. 8.Yurtimizda alanga porlar, sevmoq uchun, sevilmoq uchun. 9.Kumush Otabek nomini eshitgach, sekingina ko’tarilib qo’ydi. 10.Otasi kelavermagach, bolalarning dod-voyi eshitila boshladi. 11.Sevmoq uyat emasdir, har kimda bor bu savdo… 12.Ming yildirki bulbul kalomi o’zgarmaydi – yaxlit hamisha. Bog’lamalar. Kesim bilan egani bog’lashga xizmat qiluvchi qo’shimchalar yoki so’zlar bog’lamalar deyiladi. Bog’lamalar kesim fe’ldan boshqa so’zlar bilan ifodalanganda ot kesimni ega bilan moslashtarish uchun qo’llaniladi. Bog’lamalar asl ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bog’lamalarning vazifasi mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalashdir. Bog’lamalarga quyidagilar kiradi: 1. Kesimlilik qo’shimchalari: -man, -san, -dir, miz, -siz, -dirlar. M: Hayot manbai suvdir. 2. To’liqsiz fe’llar: edi, emish, ekan, emas, esa. M: Bemor kecha yaxshi edi. 3. Bo’lmoq, qilmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, etmoq, kerak, lozim, shart, zarur, darkor kabi so’zlar. M: Darsga vaqtida borishim kerak. Til aloqa vositasi hisoblanadi. 4. Ega va kesim bir xil yoki teng shakllarda tursa (qo’shimcha bo’lmasa), so’z tartibidan foydalanamiz. Ega 1- o’rinda, kesim keyin keladi. M: Bu – bizning uyimiz. Bizning uyimiz – bu. Eslatma: Agar ot kesim tarkibida bog’lama bo’lmasa, kesim ohang yordamida shakllanadi.M: U – o’quvchi. 3-topshiriq: Matn tarkibidagi bog’lamalarni aniqlang. Ularning tagiga chizing. Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi ekan. U kiyim turlarining eng chidamli matosi hisoblanadi. Hilm yomon nafsni daydi shanol uchirishidan asraguvchi. Ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatlaridan himoya qilishi kerak. Yumshoq ko’ngillikni hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari 103 desa bo’lar edi. Hilmni insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirish shart. Mustaqil va nomustaqil kesim. Nomustaqil kesim shakli shart mayli qo’shimchasi –sa yordamida hosil qilinadi. M: Osmon bulut bo’lsa, yomg’ir yog’adi. Eslatma: Istak gaplar nomustaqil kesim bo’la olmaydi. M: Yomg’ir yog’sa edi. Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog’lamali, bog’lamasiz ot kesimlar mustaqil kesimlardir.M: Oltin olma, duo ol. Fayzli uyda baraka bor. Ega Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi, belgining sohibini bildirgan bo’lak ega deyiladi. Egalar kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’ladi. M-n: Biz tez kunda sayohatga boramiz. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo’ladi, egalik va ko’plik shakllarini olishi mumkn. Eganing tagiga yozuvda bir chiziq chiziladi (_______). Ega quyidagicha ifodalanadi: 1. Ot bilan: Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so’ng o’chdi. 2. Olmosh bilan:Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin. 3. Harakat nomi bilan:O’qish jafoli, keti vafoli. 4.Modal so’z bilan: Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi. 5. Ibora bilan: Onani boshga ko’tarish bizning ham burchimiz. 6. Ajralmas birikma bilan: G’allaorol tumani viloyatdagi eng ilg’or tumandir. 7. Juft fe’l bilan: Qo’shnilar bilan bordi-keldisi yaxshi emas. Otlashganda: 8. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. 9. Sifatdosh bilan: O’qigan o’qdan o’zar. 10. Sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin. 11.Ravish bilan: Ko’p so’zning ozi yaxshi, oz so’zning o’zi yaxshi. 12. Taqlid so’z bilan: Qushlarning chug’ur-chug’uri dilni yayratadi. 13.Undov so’z bilan: Odamlarning dod-voyi kuchayib borardi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling