Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

qaysi?) – aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) – to’ldiruvchi, zavqlanib 
(qay tarzda?) – hol, gapirdi (nima qildi?) – kesim. Gapda 4ta tobe bog’lanish bor: 
1) Dildora gapirdi. 2) zavqlanib gapirdi; 3)uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi 
uchrashuv.(Shulardan 3 tasi so’z birikmasi, bittasi gap.)
Demak, gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan 
bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka 
nisbatan aniqlanadi. 
Gap bo’laklari 5ta: ega va kesim gapning bosh bo’laklari; aniqlovchi, 
to’ldiruvchi, hol gapning ikkinchi darajali bo’laklari sanaladi.
1-topshiriq:  Gap bo’laklarini aniqlab tagiga chizing. 
Ovchi va kaklik 
Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni o’ldirmoqchi bo’lgan ekan, kaklik: “Meni 
ozodlikka qo’yib yubor, - deb yalinibdi. – Agar meni tirik qoldirsang, evaziga 
to’ringga juda ko’p kakliklarni ilintirib beraman”, - debdi.Ovchi kaklikni qo’yib 


101 
yuborishga moyil bo’lib turgan ekan, ammo uning gapini eshitgach g’azablanib 
shartta o’ldiribdi.
Kesim va uning ifodalanishi 
Kesim gap markazi bo’lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ifodalab 
keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi. 
Gapda kesimgina boshqa bo’laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi. Qolgan 
bo’laklar kesimga nisbatan aniqlanadi. Boshqa bo’laklar javob bo’lishi lozim 
bo’lgan so’roqlar kesimga qarab beriladi. Kesim gapning mazmuniy va grammatik 
markazi hisoblanadi. Kesim nima qilmoq?, kimdir?, nimadir?, nima bo’lmoq?, 
qandaydir?, u kim?, u nima?, u nechta? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Kesim qaysi turkum so’zlar bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil: a) fe’l kesim; b) ot 
kesim.
Fe’l kesimlar quyidagi ko’rinishlarga ega:
1. Sof fe’l kesimlar: Men maktabga boraman.
2. Ba’zan ravishdosh bilan ifodalangan kesim:  Ishning boshi – boshlanguncha.
Eslatma: -guncha qo’shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo’lib kelishi 
mumkin.
Ot kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, taqlid so’zlar bilan 
ifodalanadi:
1. Ot bilan: Yaxshi ro’zg’or – jannat.
2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
3. Son bilan: Ikki karra ikki – to’rt.
4. Olmosh bilan: O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir.
5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko’p.
6. Modal so’z bilan: Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishga vaqtim yo’q.
7. Harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o’qish.
8. Sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o’lgani, eman daraxtining egilgani – 
so’lgani. 
9.Taqlid so’z bilan: Ko’chada odam g’ij-g’ij. 
10.Undov so’z bilan:Endi uning holiga voy.
1-topshiriq: Gaplar tarkibidan kesimlarni topib, ot kesim yoki fe’l kesim ekanligini 
aniqlang. 
1.Olov o’tinni kuydirib kul qilgani kabi, hasad savob amallarini yeb tugatadi. 
2.Hasad etgan kishi dun-u dag’aldur, bu so’z xalq aro eski masaldur. 3.Aql 
ojizlansa, hasad kuchga kiradi. 4.Odam hamisha yashiradigan, yashirishga 
urinadigan illat hasaddir. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Kesimlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) sodda; b) murakkab
1. Sodda kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Paxta va tilladan yurt bezanadi.
2. Murakkab (qo’shma) kesim 2 yoki undan ortiq so’zdan tashkil topadi va 
quyidagicha hosil bo’ladi:


102 
- ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan: Do’stim kechasi bilan kitob o’qib chiqdi.
– fe’l+fe’l : Hozir dugonamnikiga borib keldim.
– fe’l bo’lmagan so’z + fe’l: Shuncha gapdan keyin ham miq etmadi.
- ot, sifat, son, olmosh, ravish+ bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’l: Uchrashuv 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling