Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma: Lug’atlarda fe’llar harakat nomi shaklida bo’ladi: olmoq, yozmoq.
Harakat nomi shaklida tovush almashinish hodisasi uchraydi.a yoki i unlisi bilan 
tugagan fe’llarga –v qo’shimchasi qo’shilsa, a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi
M: o’qi+v=o’quv, ishla+v=ishlov.
Harakat nomining bo’lishsiz shakli –maslik qo’shimchasidir. M: o’qish – 
o’qimaslik, yozmoq – yozmaslik, aytuv – aytmaslik. Harakat nomi otlar kabi egalik
keishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari 
vazifasida keladi. M: Chiroyli yozishni o’rgan. Yozuving yomon emas.
Eslatma: –sh, -ish qo’shimchasi omonim qo’shimcha hisblanadi.Bu qo’shimchani 
yuqorida birgalik nisbat shaklida ham uchratgan edik. Agar –sh, -ish 
qo’shimchasidan keyin egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari kelsa, demak, bu 
so’z harakat nomi bo’ladi. Agar –sh, -ish qo’shimchasidan keyin zamon, shaxs-son 
qo’shimchalari kelsa, birgalik nisbati bo’ladi. M: O’qishim hammani qoyil 
qoldirdi. Bolalar tez va ravon o’qishdi.
3. Sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shaklidir.Sifatdoshlar ham sifat kabi 
predmetning belgisini bildiradi.Ammo sifatdoshlarning asosi fe’l bo’ladi. M: 
chiroyli (sifat) qizyuvilgan (sifatdosh) ko’ylak. Sifatdoshning bo’lishsizlik shakli 
–ma qo’shimchasi yordamida yasaladi.M: ilimagan suv, kelmayotgan taksi. –r, -
ar qo’shimchasi bilan hosil qilingan sifatdoshga –mas qo’shimchasi qo’shiladi: M: 
kelar-kelmas.
Sifatdoshlarga zamon, bo’lishsizlik, nisbat qo’shimchalari qo’shila oladi.
Sifatdoshlarning zamon shakllari.
a)o’tgan zamon shakli –gan, -kan, -qan: aytgan qiz, tikkan ko’ylak, chiqqan yara.
Eslatma: Sifatdosh eski o’zbek tilida –duk, -duq qo’shimchalari orqali hosil 
qilingan.
b) hozirgi zamon shakli –(a)yotgan qo’shimchasi orqali hosil qilinadi.M: qo’shiq 
aytayotgan qiz
d) kelasi zamon sifatdoshining qo’shimchalari –r, -ar, -ydigan, -adigan, -ajak, -
yajak, -gusi, -g’usi. M: oqar suv, o’qiydigan bola, kelgusi yil, bo’lg’usi shoir.
Sifatdoshlarning otlashishi. Ba’zan gapda sifatdosh bog’langan ot tushib qoladi 
va sifatdosh otlashadi. Sifatdosh otlashganda egalik, kelishik, ko’plik
qo’shimchalarini oladi. M: Aytgan (ish)laringni bajardik. O’qigan (odam) ning 
yo’li ravon.


78 
4.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir. M: U shoshilib keldi
Ravishdoshlar bir fe’lni ikkinchi fe’lga bog’lashga xizmat qiladi. Gapda asosan hol 
vazifasida keladi. M: Qiz bu xabardan shodlanib kuldi. Ravishdosh harakatning 
belgisini bildiradi va shu xususiyati bilan ravishga o’xshaydi. Lekin 
ravishdoshning asosi fe’l bo’ladi. M: ko’p(ravish) gapirdi, shoshilib(ravishdosh) 
gapirdi .
Ravishdoshlarning ma’no turlari:
1) holat ravishdoshlari: a) –b, -ib: hidlab, kulib;
b) –a, -y: yig’lay-yig’lay aytdi, ayta-ayta charchadi.
–b, -ib, -a, -y ravishdoshining bo’lishsiz shakli –mayin (she’riyatda), -may, -
masdan qo’shimchalari orqali hosil qilinadi. M: Do’stim uyga bormay(ib) 
qaytdi.Bu ravishdosh shakli tuslanadi. –b, -ib qo’shimchali ravishdosh mumtoz 
adabiyotda –bon, -ibon tarzida uchraydi: Kecha kelgumdur debon…
d)-gancha (-kancha, -qancha): tikilgancha o’tirdi. Bu ravishdosh shakli 
tuslanmaydi.
e) –gudek: yig’lagudek gapirdi. Bu ravishdosh shakli tuslanadi.
2)payt ravishdoshlari: a) –gach (-kach, -qach): bemorni ko’rgach boraman, 
shifoxonadan chiqqach sotib olaman, ko’ylakni tikkach beraman.
b)-guncha, (-kuncha, -quncha): qorayguncha, ekkuncha, chiqquncha;
e)-b, -ib (bu qo’shimcha ba’zan payt ma’nosini bildiradi): o’qishni bitirib 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling