Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

yosh to’kdi.Fe’lning o’zlik, majhul, birgalik, orttirma nisbatlari aniq nisbatga 
maxsus qo’shimchalar qo’shish bilan hosil qilinadi.


71 
2. O’zlik nisbat. Bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni 
ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisbat deyiladi. Qo’shimchalari: -n, -in, -l, -il.  M: 
Nur yog’ildi qorong’u jarga. Akam bu xabardan behad sevindi.
Quyidagi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi: yayra, qichqir, uxla, o’qi, hayda, 
kes, tik, sug’or, sep,bor. O’zlik nisbat o’timli va o’timsiz fe’llardan hosil bo’ladi. 
M: yuv (o’timli)-yuvindi; kuy (o’timsiz) – kuyindi.
Eslatma: Quvondi, seskandi, faxrlandi, shodlandi, jonlandi, odatlandi aniq 
nisbatdagi fe’llardir. 
3. Majhul nisbat. Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalovchi 
fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Qo’shimchalari: -n, -in, -l, -il. M: Archa bezaldi. 
Yangiliklar aytildi. Otning yoli taraldi. Majhul nisbatdagi fe’llar asosan III 
shaxsda qo’llaniladi. O’zlik nisbat bilan majhul nisbat qo’shimchalari bir xil 
bo’lsa-da, ularning bir biridan keskin farqi bor, ya’ni o’zlik nisbatda bajaruvchi 
aniq bo’ladi. Majhul nisbatda esa grammatik ega bo’lsa ham bajaruvchi noaniq 
bo’ladi. M: Orqa hovliga tuproq to’kildi. (majhul n.)Daraxtning barglari 
to’kildi.(o’zlik)
Eslatma: Yemoq, demoq so’zlariga majhul nisbat qo’shimchasi quyidagicha 
qo’shiladi: yeyilmoq, deyilmoq. Bunda y tovushi ortadi.
4. Orttirma nisbat. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa 
tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat 
shakli deyiladi. Qo’shimchalari: -t, -tir, -dir, -giz, (-kiz, -qiz, -g’iz), -gaz,( -kaz, -
qaz), -ir, -ar, -iz, -sat. M: Ukangga ovqat yedir.
Orttirma nisbat qo’shimchalari bir biri bilan sinonim bo’lib keladi. M: ichir – 
ichkiz, yedir – yegiz, to’ldir – to’lg’az. Faqat  orttirma nisbat qo’shimchalari bir 
fe’lga birdan ortiq qo’shilishi mukin: o’qittir, to’ldirtir, o’tkazdir.
Eslatma: 1.Solishtirmoq, uzatmoq, surishtirmoq, yaratmoq aniq nisbatdagi 
fe’llardir. 2.Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq 
qo’shimchalar qo’shilishi mumkin. Masalan:o’qit – o’qittir, to’ldir – to’ldirg’iz. 
Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi kuchayadi.
5. Birgalik nisbat. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan 
harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati 
deyiladi.Qo’shimchasi: -sh, -ish. M: aytishdi. Birgalik nisbati qo’shimchasi –lar 
qo’shimchasiga sinonim: yozishdi – yozdilar.
Eslatma: To’qnashdi, o’rtoqlashdi, suhbatlashdi, salomlashdi, janjallashdi, 
gaplashdi aniq nisbatdagi fe’llardir.
Eslatma: Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi 
nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab belgilanadi: yuvintirildi – majhul 
nisbat. 
Fe’l nisbatlari o’timli o’timsizlik bilan bog’liq. Nisbat qo’shimchasini olgan 
fe’lning o’timli -o’timsizligida quyidagicha o’zgarishi mumkin:
1) o’timli fe’l o’timsizga aylanadi: kiydi –kiyindi;
2) o’timli fe’ldan yana o’timli fe’l hosil bo’ladi: o’qidi – o’qittirdi;
3)o’timsiz fe’ldan o’timsiz fe’l hosil bo’ladi: keldi – kelishdi;
4) o’timsiz fe’l o’timliga aylanadi: keldi – keltirdi.


72 
Nisbat qo’shimchalari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalariga quyidagicha 
qo’shiladi:
1)o’zlik nisbat qo’shimchasi asosan yetakchiga qo’shiladi: izlanib yuribdi, kuyinib 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling