Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

mehnatga urdi.
Kirish so’zlarning uslubiy xususiyatlari. Kirish so’zlar ham uslubiy xoslanish 
xususiyatiga ega. Shuning uchun so’zlovchi o’zi qo’llayotgan nutq uslubiga 
muvofiq keladiganini tanlab qo’llaydi: shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri 
ojizimcha, avvalambor kabi kirish so’zlar uslubiy xoslangan so’zlardir. Ulardan
shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor so’zlari 
kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so’zlar o’z ichida ichki xoslanishga 
ega:shaksiz, fikri ojizimcha – badiiy uslubga xos, bayon qilinishicha-pulitsistik 
uslubga xos.
1-topshiriq: Gaplarda kirish so’zlarni aniqlab, tinish belgilarini o’rniga qo’ying. 
1.Zero sen mening emas, o’z qorningning g’amini yeyapsan.2.Hayotda ham 
shunday, yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi 
bo’lsalar, ko’zlagan barcha makr-u hiyatlari baribir albatta fosh bo’lgay.3.Demak 
agar odam bir-biriga zid bo’lgan ikkita ishga baravar kirishsa, uning hech qanday 
samaraga erisha olmasligi muqarrar.4.Shuningdek ko’p odamlar ham brovning 
shohona ziyofatida mehmon bo’lishdan o’z uylarida kamtarona kun kechirishni 
afzal ko’radilar.5.Alqissa yaxshi odamlar uchun foydali bo’lgan har qanday 
amalni yovuz niyatli kishilar manfur ish deb biladilar.6.Binobarin bizlar ham 
o’zimizda boriga shukur qilmog’imiz va ochko’zlik tufayli bor-budimizdan mosuvo 
bo’lishimiz mumkimligini unutmasligimiz kerak. 
Kiritma gap. Kiritma gaplar so’zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga 


128 
izoh, qo’shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo’llanadi. Ular asosiy fikrni 
to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. M-n: Biz (bu safar menga Mastura hamroh 
bo’ldi) qishloqqa ertasiga bordik. Kiritmalar talaffuzda kichik to’xtamlar va ovoz 
balandligi bilan ajratiladi.
Eslatma: III kurs akademik litsey darsligida kiritma gaplar gapning asosiy 
qismlaridan past ohang bilan ajralib turadi, deyilgan.
Kiritma gaplar juda keng qo’llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda 
qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarka (personaj nomi bilan uning nutqi 
oralig’idagi qavslarda) larda ko’rsatib boriladi. M-n: Omon (o’qiydi va qotib-qotib 
kuladi). Bunisi ham shunaqa. 
Kiritma gaplar asosiy gapdan yozuvda quyidagicha ajraladi:
1. Kiritma gap sodda yig’iq gap bo’lsa, ikki tomoniga vergul qo’yiladi: Yolg’iz 
borishga, to’g’risini aytsam, qo’rqaman.
2. Agar kiritma gap yoyiq gap bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavsga olinadi. M-n: 
Uni tanishsa kerak (Farg’onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola 
kosada yaxna choy olib chiqdi. 
2-topshiriq:Quyidagi gaplarning har biriga kiritma gaplarni qo’yib gaplarni 
ko’chiring. 
1.Mehmoni yo’q qora uydan dala-tuz yaxshi. 2.Teran fikrni doim keksalardan 
qidirgin, dahor suvi kuzda musaffolik topadi. 3.Odamlar bilan murasa-yu 
madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. 4.Mehmonsiz uy suvi qurigan 
tegirmonga o’xshaydi. 5.Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilar.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________  
Qo’shma gaplar 
Sodda va qo’shma gaplar. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang 
tugalligiga ega bo’lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro 
grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega 
bo’lgan butunlik qo’shma gap sanaladi. 
Izoh:Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik miqdori gaplarni sodda va 
qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi. 
Sodda gap: Haqiqiy do’stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi
Qo’shma gap: Shuni bilki, odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir. Har kishikim 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling