Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
yoqotmaslik shart, chunki obro’ko’ylak emas, yangisini bozordan olsang.
Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosirtalar. Ular quyidagilar: 1) ergashtiruvchi bog’lovchilar (chunki, toki, agar, mabodo, ya’ni); 2) ko’makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli); 3) yuklama (-ki); 4) nisbiy so’zlar (nimani – o’shani, kim - u, qanday – shunday ); 5) deb so’zi. 2-topshiriq: Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarning tagiga chizing. 1.Hoyotimda kim uchundir foydali inson bo’lsam, bu mening eng katta yutig’imdir. 2.Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo’q edi, shu bois tag’in jiddiy ishga kirishib ketdilar. 3.Shu mo’jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. 4.Shuni bilingki, aql bilan odob – jism bilan jon. 5.Har kim o’z og’zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech qachon bo’g’ilmaydi. 1.Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilsri ergash gap boshida qo’llaniladi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi.M-n: Ukamning hamma joyi shalobbo edi, go’yo jalada qolganga o’xshardi.(Ushbu gapda Ukamning hamma joyi shalobbo edi – bosh gap, go’yo jalada qolganga o’xshardi – ergash gap). Shart bog’lovchilari gap boshida keladi va ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. M-n:Agar siz kelsangiz, men bormayman. (Ushbu gapda Agar siz kelsangiz – ergash gap, men bormayman – bosh gap). 3-topshiriq: Ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’langan ergashgan qo’shma gaplarning tagiga chizing. 132 Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim.Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlarboshini bezaydi. Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug’lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda iln-u ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskanidir. 2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildirgan ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu sababli, shu tufayli kabi ko’makchili qurilmalar yordamida bog’lanadi va ular bosh gap tarkibida bo’ladi. M-n: Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik ko’rmagan, shuning uchun uning hurmati har doim baland. 3.Deb so`zi yordamida ergashgan qo`shma gaplar.Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini,sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`pincha deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe`llar bilan ifodalanadi.Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi uchun ko`makchisi bilan ma`nodosh sanaladi.Ergash gaplar yozuvda vergul bilan ajratiladi.Masalan,Gul barglari uchishadi,tushmayin deb qo`lingga (Hamid Olimjon).Hovuz atrofi soya-salqin bo`lsin deb,biz ko`p daraxtlar ekdik. Unutmang! deb so`zi buyruq shart mayli,kelasi zamon fe`lidan keyin kelsa(Sizni qo`rqib ketmasin deb,kechqurun bezovta qilmadik-nima maqsadda?), maqsad ma`noni anglatadi.O`tgan zamon fe`llaridan keyin kelsa (O`qituvchi kelgan deb,men keldim-nima sababdan kelding?), sabab ma`nosini anglatadi. 4-topshiriq:Ergash gapning qanday ma’no anglatayotganligini aniqlang. 1.Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga. 2.Kamalakdek rango-rang bo’lsin deb san’at, tillar, asrlarcha qildim jang. 3.Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. 4.Yovlar yakson bo’lsin deb, yigitlar jang Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling