Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
o’quvchilar borki, ularni ko’rib havasimiz keladi (ko’rsatish olmoshili).2. Katta
arava qaysi yo’ldan yursa, kichik arava ham shu yo’ldan yuradi 4.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar. Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplar to’ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’ladi. M-n: 1.Shuni bilib qo’yki, yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi(ko’rsatish olmoshili). 2.Qalbingiz nimani buyursa, siz ham menga shuni ayting (nisbiy so’zli). 5. Hol ergash gapli qo’shma gaplar.Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlabkeluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi,payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni ahglatuvchi gaplarga hol ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Hol ergash gapli qo’shma gaplar quydagicha bo’ladi: 1)ko’rsatish olmoshili: Otaxon shunday gapirdiki,hamma lol qoldi. 2)nisbiy so’zli: Qachon tartib bo’lsa, o’shanda o’sish bo’ladi. 3)ko’makchili qurilma ishtirokida: Hamma sayohatga chiqdi, shuning uchun darslar qoldirildi. 4)deb so’zi ishtirokida: Ota-onam xursand bo’lsin deb, yumushlarni bajardim. 5)ergashtiruvchi bog’lovchilar ishtirokida: O’quvchilar xonaga kirishsin, chunki dars boshlandi. Agar qor yog’sa, qorbobo yasaymiz. Dunyo yaralibdiki, hayot bor. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to’ldirgan, go’yo kechaning o’zi kuylaydi. 6) bo’lsa ham, bo’lsa-da so’zlari ishtirokida:Quyosh yashiringan bo’lsa ham, kunduzning yorug’ligi hali so’nmagan edi. 7)shart mayli qo’shimchasi –sa: Dadam ishdan ertaroq kelsa, kinoga boramiz. Eslatma: Ergash gapli qo’shma gaplar ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin. Har ikki holatda ham gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi tushib qolishi mumkin. Lekin o’rni bilinib turadi.M-n: (Shuni) Ma’lum qilamanki, hamma darsini boshlasin. Kim tarbiyali bo’lsa, (u) hammaning mehrini qozonadi. Izoh: Ergash gap tarkibidagi so’roq olmoshlari hech qachon tushib qolmaydi. 7-topshiriq: Ergash gapning turini toping. 1.Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. 2.Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to’ladi. 3.Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko’ylagiga qadaladigan tugma sochilib yotibdi. 4.Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari ko’p o’qqa tutdi. 5.Qalbingiz nimani buyursa, siz menga o’shani buyuring. 6.Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi. 7.Jahl kelsa,aql qochadi. 8.Muhammad Yusuf ijodining o’ziga 135 xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi. 9.Meni ko’rib qolmasin deb, darrov yuzimga ko’rpani tortib oldim. 10.Daraxtlar borki, bir umr o’zgarmaydi. 11.Bahorda, ma’lumki, o’tgan yozning mevasi tamom bo’lgan. Ergashgan qo’shma gaplarning soda gaplar bilan ma’nodoshligi.Tarkibida ko’rsatish olmoshi bo’lgan ergashgan qo’shma gaplar tegishli soda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali soda gapga aylantirish mumkin.Masalan: Kim ko’p o’qisa, ko’p biladi. // Ko’p o’qigan ko’p biladi. 8-topshiriq: Qo’shma gaplarni soda gaplarga aylantiring. 1.Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olaman. _________________________________________________________________ Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling