Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
boshladi, yovlar qocha boshladi.
4.Shart mayli vositasida ergashgan qo`shma gaplar.Ergashgan gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda,shart mayli qo’shimchasi –sa ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqishi yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.M-n: Esli-hushli do’stlaringiz bo’lsa, biznikiga olib kelarsiz. 5.Ko’rsatish olmoshili ergashgan gaplar. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshima’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga –yuklamasi yordamida bog’lanadi.Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.M-n: Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. Ba’zan ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi ham mumkin, lekin uning o’rni bilinib turadi. M-n: Unutmangki, yolg’onchilik hech qachon foyda keltirmaydi (shuni unutmangki,…). Eslatma: -ki yuklamasi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda oldin bosh gap, keyin ergash gap keladi. M-n: Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qayishmaydi. 133 Ko’rsatish olmoshili qo’shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish mumkin. M-n: Shunisi aniqki, hamma darsga kelgan. – Hamma darsga kelganligi aniq. 5- topshiriq: Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshini toping va ular qaysi gap bo’lagi bo’lib kelayotganligini aniqlang. 1.Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. 2.Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo’ladi. 3.Shuni angladimki, inson qobilyati cheksiz ekan. 4.Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o’lchab bo’lmaydi. 5.Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. 6.Esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so’z uqtirgandan ko’ra yelkada tosh tashish afzal. 7.Baxtim shu bo’ldiki, seni uchratdim. 8.Shunisi quvonarliki, sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 6.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar. Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday kabi so’roq olmoshlariva bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, o’sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi, biri ikkinchisini talab qilganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.Bunday gaplarda ergash gaining kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.M-n: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning o’zi ham to’g’ri bo’ladi. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarni ham sodda gaplarga aylantirish mumkin. M-n: Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. – Ko’p o’qigan ko’p biladi. 6-topshiriq: Nisbiy so’zlarni toping va ularning gapdagi vazifasini aniqlang. 1.Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. 2.Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko’rsang, Tangri ham seni shuncha yaxshi ko’radi. 3.Kim birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. 4.Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha yerda rivojlanish bo’ladi. 5.Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stlari ko’p bo’ladi. 6.Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, o’z maqsadlariga oson erishadi.7.Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho’lpon, hozir o’l, Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan! Ergash gapli qo’shma gaplarning turlari Ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi turlari bor: 1.Kesim ergashgapli qo’shma gap. 2.Ega ergash gapli qo’shma gap. 3. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap. 4. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap 5.Hol ergash gapli qo’shma gap. 1.Kesim ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi.Kesim ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshi yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin. M-n:1.Baxtim shuki, hayotda o’z o’rnimni topdim (ko’rsatish olmoshili). 2. Kim g’olib chiqsa, yutuq o’shaniki (nisbiy so’zli) 2.Ega ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibida ega vaifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab kelguvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Ega ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli 134 bo’lishi mumkin. M-n: 1.Shunisi aniqki, hamma baxtiyor (ko’rsatish olmoshili). 2.Kim izlansa, u maqsadiga yetadi (nisbiy so’zli). 3.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin.M-n:1. Shunday Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling