Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
Mohira2702..

17.Narigi tomondan taraq-taraq boshlandi – quruvchilar ishga tushdilar. 
3.Qoshma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga 
ikki nuqta qo’yiladi.Misollar: 
1.Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. 
2.Faqat bitta iltimos: bir bayt o’qiyman. 
3.Qayerdadir xo’ro qichqirdi: tong otishi yaqin. 
4.Urilmoq ham foyda: pishiq bo’lasiz, tajriba orttirasiz. 
5.Sizning qilayotgan ishingiz yomg’irga o’xshaydi: har bir tomchi don undiradi. 
6.Shu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. 
7.Chol undan balandroq keldi: men brigadrlikdan tushmayman deb chiqib ketdi. 
8.Bugun havo ochiq: derazalarni lang ochib qo’ysa ham bo’ladi. 
9.Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo’llariga tikon kirdi, yuzi va 
bilaklari tirmalandi. 
10.Uning otasi bir yilda bog’ni yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go’zal 
gulzorlar yaratdi. 
11.Yuragida qanday dardi bor: mana bu menga sir. 


137 
12.Ehtimol, sizda ham shunday holler bo’lgandir: tun yarmidan og’ganda birdan 
uyg’onib ketasiz. 
 14.Mening bir jaydari falsafamdir shu:Hargiz iltimosga kuning qolmasin. 
15.Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing. 
16.Borliq jim:har bitta darchada zangor shu’lalar porlaydi. 
17.Omon ovchining ov sarguzashtlari ko’plarni qiziqtirardi:ko’plari hikoya 
eshitish uchun kelardi. 
18.Niyating pok bo’lsin: Xudo seni qo’llaydi. 
19.Borar manzilingni aniq belgilab ol:yo’ldan adashmaysan. 
20.Matonatli bo’l: ortga chekinmaysan. 
21.Traktorchilar tashvishlanib qolishdi:oziq-ovqat,yonilg’i tugayapti. 
22.Quyoshning uyg’onishi sen ta’riflagandan ham antiqa:tong nihoyatda go’zal 
bo’ladi. 
23.Senga eng yaxshi maslahat:mutakabbirlik bilan yuzingni teskari burma va 
shon-shuhrating bilan faxrlanma. 
24. Ishlar vaqtida bajarilishi kerak: vaqtid bajarilmagan ish sust bo’ladi.
4.Qo’shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo’lmasa yoki ketma-ket sodir 
bo’ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo’llangan hollarda 
nuqtali vergul ishlatiladi. Misollar: 
1.Xadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non tugib berdi, 
peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib o’zi kuzatgani chiqmadi. 
2.Yoki kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi 
bilan chig’irig’ini ko’tarib, vaysagancha, uyga kirib ketdi. 
3.Ertaga cho’qqini gallaymiz;sovuq qattiq emas, shamol bo’lishi ham kutilmaydi. 
4.Navoiy Husayn Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi; isyonchi valiahd 
bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi. 
5.U biladi, ishonadi; singlisi o’zi ko’rmasa yoki aniq bilmasa, uydirma-yu 
mishmishlarga ishonadigan ayol emas. 
6. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik; yo’lda arava 
tugul, piyoda ham zo’rg’a, qo’rqa-pisa qadam bosadi. 
7. Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor. 
8.Shinel jiqqa ho’l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi. 
9.She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; 
uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. 
10.Istiqlol davri bolalari g’ayratli, shijoatli; ko’zida chaqini, ko’ksida yolqini bor.
11.Ishni uning maqsadi boshqarib turadi; buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk 
ish deb hisoblanadi.
12.Kampirning jig’ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling