Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
qanday chora ko’riladi?” – Do’stim u holda qanday chora ko’rilishini so’radi.
“Shoshmang, Ahmadjon”, – dedi yigit. Yigit Ahmadjondan shoshmasligini so’radi. Ko’p hollarda o’zgalarning gapi muallif tomonidan aynan ko’chirilmay, mazmuni saqlagan holda o’z nutqiga singdirib beriladi. Bunday vaqtda ko’chirma gapli qo’shma gap sodda gapga aylantiriladi. 141 Ko’chirma gapli qo’shma gapni sodda gapga aylantirish uchun ko’chirma gap va muallif gaplari tarkibida ega va kesim vazifasida kelgan bo’laklarning shakl va vazifasida ayrim o’zgarishlar qilinadi. Xususan, ko’chirma gapning egasi qaratqich – aniqlovchiga, kesimi esa to’ldiruvchiga aylantiriladi. Ko’chirma gap kesimini to’ldiruvchiga aylantirish uchun unga - lik yoki ekanlik shakllari qo’shiladi. Egasi II shaxs kishilik olmoshida ifodalangan bo’lsa, u I shaxs kishilik olmoshiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasida kelgan dedi - so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi. Masalan: Ko’chirma gap: “Szilar bir oilaning farzandisizlar” - dedi rais. O’zlashtirma gap: Rais bizning bir oilaning farzandlari ekanligimizni aytdi. 2-topshiriq: Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring. 1.Qadimgilar demishki: “O’z uyim – o’lan to’shagim”. 2.”Kamgaplik, - deydi Hamid Olimjon, - donolik yo’lining boshlanishi”. 3.Mahmudxo’ja Behbudiy: “Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir”, - deb yozadi. 4.”So’z – qolip, fikr – uning ichiga quyilgan g’isht”, - deb yozadi Abdulla Qodiriy. Matn – eng katta sintaktik birlik Har qanday og’zaki va yozma nutq parchasi matn (mikromatn) hisoblanadi. Matn mikromatnlarning o’zaro mazmuniy va grammatik bog’lanishidan hosil bo’ladi. Bir necha gaplarning o’zaro grammatik va mazmuniy bog’lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo’lgan, qo’shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og’zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiadi. Matnning eng kichik birligi gap hisoblanadi.Ular matn tarkibida ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi. Ular quyidagilardan iborat: 1)bog’lovchilar; 2)bog’lovchi vazifasidagi ayrim so’zlar; 3)takroriy bo’laklar; 4)olmoshlar; 5)sinonimlar. M-n: Karimjon a’lo o’qishi va odobi bilanlitseyda katta hurmatga ega.U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan Karimjon o’rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog’lab keladi.Shuning uchun ham u olmoshi matn qismlarini bog’lovchi, ya’ni matn hosil qiluvchi vosita sanaladi. Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni bog’lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo’yoqdorlik hosil qiladi.M-n: Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o’zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do’stlarim ham pana-panada, Istedodim so’nganidan qilar karomat. 142 Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bog’lab, matn tuzamiz. Mazmunva grammatik jihatdan bog’langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi. Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. Shundan kelib chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo’lishi mumkin. Matn turlari. Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan: muayyan predmet yoki voqea - hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif – tavsifini berish, ya’ni mulohaza yuritish. Ana shunga ko’ra, matnlarning quyidagi turlari farqlnadi: 1: Hikoya matni. 2: Tasviriy matn. 3: Muhokama matni. Hikoya matnida muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi. Tasviriy matn. Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar ta’riflangan, tavsiflangan matn tasviriy matn hisoblanadi. Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llanadi. Muhokama matni.Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqidagi fikr – mulohazalar bayon qilingan matn muhokama matni hisoblanadi.Muhokama matni darsliklar va ilmiy kitoblarda ko’proq qo’llanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling