Boborahim Mashrabning hayot iva ijodi Boborahim Mashrab va o‘tmishdagi adiblar. Mashrab tazminlari. Mashrab lirikasi. Mashrab gazallari tahlili
Download 184.5 Kb.
|
Mashrab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Shoir she’riyatidagi xalq maqollarining o’rni
Bir Xudodin o‘zgasi barcha g’alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?! Birgina qudratli Yaratuvchidan boshqa hamma-hammasi “g’alat”, ya’ni xatodir, deydi shoir. Baytda Mashrab birinchi misra mazmunini ikkinchi misrada hayotiy va tasavvufiy ramz-timsollar vositasida namoyon etadi. Mashrab she’riyatida uchrovchi shakkoklik zaminida, jumladan, namoz, ro‘za, jannat (behisht), Makka, Ka’ba (baytul-haram), xur g’ilmon, do‘zax tushunchalariga xurmatsiz munosabat, ba’zan esa ochiqdan-ochiq mensimaslik, “bir pulga sotish”ga tayyorlik ostida, shuningdek, riyokor, munofiq din arboblarining, zohidu mullolarning ayovsiz fosh etish asosida ana shu e’tiqodga buyuk ishonch, qat’iy sadoqat mavjud. Umuman tasavvuf ta’limotida bo‘lganidek, Mashrab ijodida ham, faqat Allohnigina tan olish, yakka ungagina chin muhabbat qo‘yish va uning vasliga talpinish jarayonida barcha “g’alat”larni rad etish so‘fiy adabiyotda asrlar davomida qaror topgan ramz-timsollar, tushuncha-iboralar (“Ishq,”, “Muhabbat”, “Yor”, “Jonona”", “Gul”, “May”, “Boda”, “Visol” va boshqalar) vositasida amalga oshirilgan. Shoir she’rlarida bu mazmun qatt’iy keskin ruhda, ba’zan, hatto qo‘pol, dag’al ohangda, ammo doimo ravshan ifodasini topgan: ...Yorsiz ham bodasiz Makkaaga bormoq, ne kerak?! ...Urayinmu boshima sakkiz bexishtu do‘zaxin?! ...Ko‘rmasam bir dam Seni bayt ul-haramni naylayin?! ...Ikki dunyodin ko‘zum yumdum Sening zavqing bilan! ...Meni devona Mashrabg’a Muhabbatdin bayon aylang, ...Nomozu ro‘zadan forig’ bo‘lib sayyora Mashrabman! ...Xonaqoyu Ka’badin, Mashrab, muroda yetmadim! Yuqorida aytilganlar to‘la nazarda tutilsagina Mashrab ijodiy merosida ko‘plab uchrovchi bu kabi xitob-ta’kidlarning asl mazmuni, tasavvufiy mohiyati yuzaga chiqdi, faqat shundagina shoir falsafasi, kuzatayotgan bosh maqsadi to‘g’ri baholanadi. 2.1. Shoir she’riyatidagi xalq maqollarining o’rni Mashrab qо‘llagan xalq maqollari, matal va aforizmlar, ularning badiiy matn tarkibidagi poetik vazifalari tahlil qilindi. Mashrab lirikasidagi xalq og‘zaki ijodi unsurlarining milliy zamini va badiiy qirralari о‘rganildi. Mashrab lirikasini umumnazariy asosda tahlil qilish, xalq maqollarining shoir ijodidagi talqinlari ikkinchi bobning mavzu doirasiga kiritildi. Dardi firoqing ayladi bemor, Qayga boray men emdi davog‘a. Yuqoridagi baytda “О‘zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga” degan maqol mazmunidan ustalik bilan foydalanilgani kuzatiladi. Mashrab tomonidan qо‘llangan maqollar kо‘p hollarda fikran lо‘nda, aniq va obrazlidir. Binobarin, shoir ishlatgan maqol va matallar badiiy nutqqa mazmuniy salmoq, о‘ziga xos jilo baxsh etadi. Boshqa mumtoz shoirlar ijodida bо‘lganidek, Mashrab qо‘llagan maqollarda ham, о‘zbek xalqining о‘ziga xos turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, dunyoqarashi, mehnatga, insonga va Allohga munosabati о‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham shoir asarlarida qо‘llanilgan maqollar xalq hayoti, ruhiy dunyosi bilan yaqindir. Xalq maqollaridagi ixchamlik, lо‘ndalik, hayratomuz mantiqiy izchillik hamma vaqt Mashrabni о‘ziga maftun etgan. Maqol va matallarga xos mо‘jaz ma’nolik, siqiqlikdan ta’sirlangan Mashrab g‘azallari tili og‘zaki ijodga xos sermazmun va tushunilishi oson ekani bilan alohida ajralib turadi. U she’r vazni, qofiya va band talablariga mos tarzda maqollardan о‘rinli foydalanishga erishgan. Mashrab she’riyatida mahorat bilan qо‘llangan xalq maqollari, hikmatli sо‘z va iboralar shoir she’rlarining salmog‘ini, badiiyatini kо‘rsatuvchi mezonlardir. Shoirning poetik mahorati uning о‘zbek adabiy tilini xalq sо‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishdagi xizmatlari bilan ham belgilanadi. Mashrab g‘azallaridagi singari “Mabdai nur”, “Kimyo” asarlaridagi manzum hikoyalarda ham “irsoli masal” mahorat bilan qо‘llangan. “Qо‘lida chirog‘i yо‘qni choh kutar” degan maqolni Mashrab haq yо‘lidan adashganlarga qarata qо‘llaydi: Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling