Boborahim Mashrabning hayot iva ijodi Boborahim Mashrab va o‘tmishdagi adiblar. Mashrab tazminlari. Mashrab lirikasi. Mashrab gazallari tahlili


Download 184.5 Kb.
bet9/13
Sana25.04.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1397772
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mashrab

Kimki kaj bo’ldi, yo’lida nori bor.
Shayx Abul Sahl Muhammad haqidagi hikoyatda Mashrab asl odamdan noasl kishi dunyoga kelishi mumkinligi haqidagi falsafiy fikrni ilgari suradi. Bazilar bor: “Mening asl zotim falonchi” deb, yeti avlod e`tibori bilan kerilmoqchi bo’ladi. Shoir zoti- zurriyoti yaxshi kishilardan ham yomonlar chiqishi xususida bahs yuritadi. Chindan ham, bir daraxtning bir necha shohi qurishi mumkin, bu bilan butun daraxtning shukuhiga vahm sololmaydi, ya’ni boshqa shohlari samara beraveradi. Shundan kelib chiqib, faylasuf shoir odamlarga maslahat berib,o’tgan ajdodlarni pesh qilib, ularning etagida manmanlik nomozini o’qimaslik kerak, degan bir haqiqatni ixtiyor etadi.Bu yo’lda shoir ,,Mushukka ham ozor bermay” yashashni o’rgatadi. Bunda shoir o’z fikrlari bilan o’rtoqlashish uchun xalq o’rtasida mashhur “Chumoliga ham ozor yetkazma”, “Chumolining ham ko’nglini og’ritma” qabilidagi maqollardan foydalanadi:
Bas kishiga tegmasun xavfu xatar,
Murg’a ozor bermas yaxshilar.
Bu o’rinda muallif “yeru ko’k inson qo’lida” degan xalq ta’birlaridan ham foydalangan. Hikoyaning oxirida u dunyoni ,,Mayiston” deb atab, unga yashovchi mo’minlarni ogohlikka chaqiradi, ularni hamisha “Zoti gavhar”iga intilish dardi bilan yashashga da’vat etadi. Bunda san’atkor maqollar keltirish bilan voqia syujetini kuzatib boradi. El og’zidagi “Dardi yo’q eshshak” degan naqil ham shoirga asqotib qoladi:
Bas bu yo’lda qori odam darddur,
Har kishini dardi yo’q, nomarddur.
“Mabdai nur”da ishlatilgan “O’g’lini zar bilan o’qitgan arab xojasi” haqidagi hikoyatda ham shoir qator mazmundor maqollarni qo’llagan. Jumladan, “Toma-toma ko’l bo’lur” maqoli ijodiy qayta ishlanadi: “Qatra- qatra tomib, Qulzum bo’lur”,”Sadafsiz daryo bo’lmas, marvarid nimkola bo’lmas”, “Ganj beranj qo’lga kirmas” va boshqalar.
Vaqti keldi, asli nasling gul bo’lur,
Qatrai daryo tomib, Qulzum bo’lur.
To sadaf chiqmay xalq qo’liga olmadi.
Bas, bu yo’lda ming jahon ganjinadir,
Asli bo’lsang, ganj beranj nimadir.
Mashrab o’z hikoyatlarining yana birida xudojo’y, solih biro dam bilan xudobexabar suhbati qotil kishi haqida juda o’rinli maqol keltiradi. Xudojo’y so’fiy rahmi kelganidan “xudobexabar”ni yo’lga solish uchun ko’p aziyatlar chekadi. Biroq, Xoja har qancha urinmasin, u yaramasligicha qolaveradi. Shundan xulosa qilgan shoir har kishi osonlik bilan Ollohning taniy olganda, eshakmunchoq ham gavharga aylanar edi, degan haqiqatga yetib keladi.
Har valiykim boxabar bo’lsa edi,
Har nechun xarmuhga dur bo’lmasmi?
Shu hikoyat zamirida Mashrab yana bir maqolni joylab, o’z niyatini chuqurroq dalillashga urinadi. Ya’ni, Ollohni tanimagan kishining fikrini rad etib, uni misoru tavariqqa solish uchun juda ko’p suhbat va sa’y- harakat, chidam, matonat zarur bo’lganidek, ,,Qushni tutishga ham ko’p don kerak” degan bir tabirni keltirib ,o’z fikrini asoslaydi.
Shoya bo’lg’aysen vale saydi zabon,
Qushni olmoqqa kerak bisyor don.
Mumtoz shoirlar xalq orasida kinoyali istehzolarning yuzaga chiqarmoqchi bo’lganida, odatda, ,,shiraga botgan pashsha” degan ta’birni ishlatadilar.Jumladan, Mashrab ham original tashbeh yaratgan.
Sadga yetting, saddi rohing bo’ldi xas,
Shiraga tegdi, ucholmasdir magas.
Mashrabning fikricha, inson o’zining go’ri va kafani g’amida yurmasligi lozim. Chunki, el orasida ,,murda kafansiz qolmas” degan gaplar ham yuradi.
G’ami go’ri kafanni qayg’usida bo’lsa, ey darvish,
Ko’milmay qolmagay hech murda, hargiz taxti poqolmas.
Xulosa qilib aytganda, Mashrab ijodi xalq durdonasi hisoblanmish xalq maqollariga boy bo’lib, ular turli badiiy maqsadlarda qo’llangan.

2.2. Mashrab lirikasida “irsolu masal” va talmeh san’atlarining ishlatilishi


Irsolu masal arabcha maqol qo’llash, she’rda maqol ishlatish, metal, hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li bilan ishlatish. Irsolu masal nazmda ham, nasrda ham qo’llanilaveradi.
Poetikaga oid asarlar ta’kidlanganidek, adabiy asarlarda maqol, metal va hikmatli so’zlar, asosan, quyidagi uch yo’l bilan ishlatilgan:
a) qo’llanilgan maqol, metal va hikmatli so’zlar shoirning aniq ishorasi bilan (“derlar”, “ayturlar”, “masaldur”, “masaldurkim”…) beriladi:

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling