Boborahim Mashrabning hayot iva ijodi Boborahim Mashrab va o‘tmishdagi adiblar. Mashrab tazminlari. Mashrab lirikasi. Mashrab gazallari tahlili
Download 184.5 Kb.
|
Mashrab
Ikki ruxsoring qizil guldurmu yo bargi suman?
Donayi rayhon – qaro xoli xating sahni chaman, Siymtan, gulpirohan, shirinsuxan, nozik badan, Odamiysan yo parisan bul nazokat birla san, Hurmusan, g‘ilmonmusan, jannatmusan, rizvonmusan? “Mashrab she’rlarida “irsoli masal” va “talmeh” san’atining ishlatilishi” deb atalgan. “Irsoli masal”, “maqol kiritish”, “masal keltirish” degan ma’noni bildirishi ma’lum. “Masal” bilan “maqol” sо‘zlari mumtoz adabiyot namunalarida ba’zan sinonim bо‘lib keladi. Jonli tilda masal kichik bir ibratli voqea ma’nosida qо‘llanadi. Adabiyotshunos A. Hojiahmedov bu san’atning paydo bо‘lishiga sabab bо‘lgan ehtiyojni avval aytilgan fikrni tasdiqlash va uning tо‘g‘riligiga shubha qoldirmaslik maqsadi bilan izohlaydi. Mashrab “irsoli masal”ning asosan uch turini qо‘llagan. 1) maqolni tо‘liq keltirish; 2) maqol, matal va yoki masalga ishora qilish; 3) vazn talabiga kо‘ra mazmunni saqlagan holda maqol sо‘zlarini о‘zgartirish. “Ikki kemaning uchini tutgan suvga g‘arq bо‘ladi” degan maqolni shoir quyidagi masnaviy baytiga jo etadi: Ikkini tutgan bu matlabdin qolur, Ahli taqlid yaxshi mazhabdin qolur. “Har kim о‘z kо‘mochiga kul tortar” degan naql juda qadimiydir. Bu maqol har kishi faqat о‘z manfaatini kо‘zlaydi, degan ma’noda ishlatiladi. Mashrab biror narsaga e’tiqod qо‘yishda о‘zboshimchalik bilan fikr qilib, badgumonlikka bormaslikni maslahat beradi: Har kim о‘z jonibiga yо‘l tortadur, Sayyiotini birovga ortadur, Ulki ojiz bо‘lmadi idroki yо‘q, Xotiri obodu qalbi poki yо‘q. О‘zbek xalqi maqol bisotida “Boshidan о‘tkazgan – tabib”, “Tutunning achchig‘i mо‘riga”, “Dard kо‘rgan, dard tortganni tanir” kabi maqollar mavjud. Mashrab shu maqollar zamiridan kelib chiqib, xalqimizning bir hikmatini juz’iy о‘zgarishlar bilan quyidagicha qо‘llagan: Ulki dard topgan bо‘lsa sofi zamir, Dard kо‘rgan, dard kо‘rganni tanir. Agar she’riy hikoya tarkibida masaldan foydalanish zarurati tug‘ilib qolsa, shoir unga ishora qilish usulini tanlaydi. Agarda g‘azal yoki muxammas baytlari ichida maqoldan foydalanish ehtiyoji tug‘ilib qolsa, shoir aynan keltirish usulini afzal kо‘radi. Ba’zan baytlarda maqol ma’nosiga uyg‘un keluvchi fikr ifodalangan bо‘ladi. О‘quvchi shoirning nima demoqchi ekanligini fahmlashda maqolni yodiga keltiradi. Bu ham shoirning she’riy mahorat sirlaridan bо‘lib, bu yerda maqol asosiy fikr uchun ma’naviy tayanch, kо‘zga kо‘rinmas qalqon vazifasini bajaradi. Mazkur san’atdan foydalanishda Mashrab ham ustozlar an’anasiga ergashdi. Ravon va shо‘xchan bandlardagi samimiyat esa xalq ohanglarini eslatib turadi. Mashrab asarlarida о‘zbek va tojik xalqlari qо‘llaydigan maqollarga kо‘p murojaat qilinishi uning о‘zbek-tojik muhiti uchun yaratilganligini kо‘rsatadi. Shoir maqollarni keltirishda insonning chigal va rang-barang ruhiy kechinmalari, nozik his-tuyg‘ularini hisobga oladi. Ularni о‘quvchiga favqulodda sodda va ayni zamonda juda ta’sirchan misralarda havola qiladi. Uch daftarni о‘z ichiga olgan “Mabdai nur”da istifoda etilgan о‘zbekcha, tojikcha maqol va masallar, Gulxaniyning “Zarbulmasal”ini yodga soladi. Asarda “Kо‘za yoruq bо‘lsa, kulol aybdor”, “Ixlos qilgan shaytondan ham topar”, “Nima eksang – shuni о‘rasan”, “Yomonlik qilgan – yomonlik kо‘rar”, “Takabburning ishi sargardonlik”, “Bilmaganni о‘lim bildirar”, “Daryo tо‘lsa, chо‘lga toshar”, “Kо‘z yoshi (tushda) – yorug‘lik”, “Sel kelsa, nahangga ne g‘am” kabi maqollar san’atkorona qо‘llangan. “Nafs – ajdahodan yomon” maqoli “Mabdai nur” hikoyatlarining birida juda chuqur va ma’nodor tarzda berilgan. Nafsni shoir ba’zan Ahraman devga qiyos qiladi: Nafs qо‘shilsa ajdaho devga, Bо‘ldi mashg‘ul makru rangu revga. Xalqimizning kо‘p ming yillik til boyligi xazinasini о‘z xotirasiga ixlos bilan joylab olgan Mashrab, uning turli-tuman dur-javohirlarini she’riyat bо‘stoniga olib kirish borasida mahorat bilan qalam tebrata bildi. Mashrab ijodida talmeh san’atining rang-barang kо‘rinishlari va shakllari mavjud. U bir qator tarixiy va afsonaviy qahramonlar timsolida о‘zining g‘oyaviy-badiiy qarashlarini mahorat bilan ifodalaydi. U о‘zining g‘azal va muxammaslarida, “Mabdai nur” va “Kimyo” asarlarida islom olamida mashhur bо‘lgan Nuh, Ibrohim, Yahyo, YA’qub, Ayyub, Dovud, Iso, Sulaymon, Muso, Yusuf kabi payg‘ambarlar nomini tilga oladi va ular hayotiga oid qissalarga ishoralar qiladi. Mashrab peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar sulosasiga mansub Iskandar, Doro, Xisrav Parviz, Jamshid, Shaddod, Tur kabi podshohlar hayotidan misol keltirib, obrazli tasvir vositasida dunyoparastlikni qoralaydi. Mashrab yozma manbalargina emas, balki og‘zaki qissa va afsonalar mohiyatini ham asarlari zamiriga ustalik bilan singdiradi: Men yutgan alamlarni, agar zarracha yutsa, Doroi jahon, Xusravi davron chiday olmas. U о‘zining xalq qо‘shig‘iga aylanib ketgan “Dilrabo derlar” deb nomlangan mashhur g‘azalida tarixda о‘tgan afsonaviy oshiqlar obrazini yodga oladi: Qani Layli, qani Majnun, qani Xusrav bilan Shirin, Alar о‘tdi bu olamdin, bu olam bevafo derlar. Bu baytda, shubhasiz Layli va Majnunlar, Farhodu Shirinlar haqidagi qissa va rivoyatlar ham kо‘zda tutilgan. Podshohlarni insofga chaqirish, odamlarni boylik ketidan quvmaslikka undash, dunyoning о‘tkinchi ekanligini yodga solish mumtoz she’riyatning xos usullaridan. Mashrab payg‘ambar va avliyolarga obrazi talqiniga katta e’tibor bilan qaragan. Bu zotlar bilan bog‘liq xalq rivoyatlari, afsona va hikoyatlarga о‘rin ajratib, ularning sifat hamda xislatlariga ishoralar qilgani ushbu fikrni tasdiqlaydi: Sulaymon taxtiyu Jamshid jomig‘a bermasman, Qо‘limg‘a kosai chо‘bin olib qilsam gadoliqni. Sensiz menga, nigoro, ikki olam kerakmas. Taxtu baxti Sulaymon, sensiz Hotam kerakmas. Mashrab о‘zining serqirra ijodida faqat majoziy ishqni tasvirlabgina qolmay, ishqi haqiqatni ham baland pardalarda kuyladi. Shu yо‘l bilan ilm ahllarining hayotidan, ijodidan, namunalar keltirib, adabiy-falsafiy niyatlarini badiiy ifodaladi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling