Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
147 bilan birga xon o‘rdusiga chiqardik. Bugun ertalab qaytib keldi. Xon barcha sultonlarning oldida qo‘liga qur’on olib aytibdir: «Shuncha qon to‘kilgani yetar, endi Xonzoda begim ro-zi bo‘lsinlar, inilariga, onalariga, boshqa odamlariga tegmaymiz, qal’adan bexavotir chiqib ketsunlar», debdi. Katta to‘y-tomosha bilan uylanmoqchi emish. Samarqand xalqiga ham avfi umumiy bermoqchi emish! Bir qancha mo‘ysafidlar buni eshitib, bizdan iltimos qildilar. Nachora? Bobur chakkalarini ikki qo‘li bilan qisib, bir lahza jim turdi-yu, so‘ng birdan alami kelib gapirdi. — Gulday Xonzoda begim nevaralik xonning haramida... Yo‘q, yo‘q! Bu insofsizlik! — Amirzodam, — deb endi Qosimbek gapga aralashdi. — Shu ketishda Shayboniyxon Samarqandni baribir olur. O‘shanda zo‘rlik bilan bo‘lsa ham o‘z niyatiga yetur. Bobur onasidan himoya kutib, Qutlug‘ Nigor xonimga yuzlandi: — Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku. Shunday jigarbandimizni qaysi vijdon bilan o‘tga solurmiz?! O‘zi zo‘rg‘a turgan Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘lining bu gapidan kuyunib yig‘lay boshladi: — Xudo mening boshimga bu qora kunlarni solguncha jonimni olsa bo‘lmasmidi?! Xonzoda begim — mening to‘ng‘ichim! Yolg‘izligimni bildirmay yurgan sirdoshim, mehribonim! Men undan qandoq ayrilgaymen, e, parvardigor? Men shunday qizimni yog‘iy panjasiga qanday topshirurmen?! Eson Davlat begim qizining yelkasidan silab, uning iztirobini bosishga tirishar ekan: — O‘zingizni bosing, bolam! — dedi. — Sizdan ko‘ra qizingiz aqlliroq. Xonzoda begim hamma narsani tushundi. Mushkilotlarga fahmi yetdi. Yig‘lab-siqtab, axiri ko‘ndi. Bobur hang-mang bo‘lib Qosimbekka yuzlandi: — Nahotki shu gap rost? Xonzoda begim rozi bo‘ldilarmi? — Ha, amirzodam! — Ishonmaymen! — dedi Bobur. So‘ng kaftini kaftiga asabiy urib savdarboshini chaqirdi- yu: — Xonzoda begimni chorlang! — deb buyurdi. Keyin onasi, buvisi va Qosimbekka qarata dedi: — Meni ma’zur tutingiz, begim bilan yakkama-yakka so‘zlashmoqchimen. Uchovlari indamay chiqib ketishdi. Anchadan keyin yashil kabo kiygan Xonzoda begim eshikdan motamsaro bir alfozda sekin kirib keldi. Bobur uni qarshisiga o‘tqazib, bir lahza yuziga tikilib turdi. Ilgarigi gulgun yonoqlar endi sarg‘ayib ichiga botgan. Lablar so‘lg‘in. Faqat yirik-yirik ko‘zlarida qandaydir qat’iyat alomati bor. — Begim, siz... Shayboniyxon taklifiga rizolik bergan emishsiz. Shu rostmi? — Rizo bo‘lmay ne ilojim bor? — Mening mag‘lubiyatim sizni ilojsiz qoldirgani rost. Lekin iningiz hali tirik. Men asir tushmoqchi emasmen. Bir o‘lim bo‘lsa, hammavaqt bor. Ajal yetmagan bo‘lsa, sizlarni olib chiqib keturmiz. Kunim bitgan bo‘lsa, ilkimda qilich bilan jon berurmen. Ana undan keyin rizolik bersangiz mayli. Unda hech kim: «O‘zi omon qolib egachisini qurbon qildi», deyolmas. Menga bunday malomatdan o‘lim afzal. Rizo bo‘lmang! Xonzoda begimning ko‘ziga yosh quyulib keldi. U Boburni yov halqasini jang bilan yorib chiqib ketolmasligini bilardi. Bobur bir o‘limni astoydil bo‘yniga olib shunday deganini sezardi. U Boburni mana shu mardligi va dovyurakligi uchun ham jonidan ortiq ko‘rar, o‘zini yov qo‘liga tutqazib, ukasini naqd o‘limdan olib qolishni istardi. Lekin u o‘zining bu niyatini Boburdan yashirishga majbur edi. Chunki Bobur, hozir o‘zi aytganday, opasini qurbon qilib qutulib ketish malomatidan o‘limni afzal ko‘rardi. Agar u Xonzoda begimning asl niyatini bilib qolsa, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham opasini niyatidan qaytaradi. Undan keyin najot yo‘li butunlay bekiladi! — Boburjon, siz meni deb bevaqt o‘limni bo‘yningizga olmang. Men sizning ulug‘ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling