Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
145 hayotining bir bo‘lagi, avvalgi zafarlariyu quvonchlari bilan birga umrbod tuproq tagida qolganini butun vujudi bilan his qildi. Ichkarida Bobur kulfat chekib g‘am-g‘ussaga botgan sari tashqarida uning dushmanlari tantana qilishmoqda edi. Bobur Hirotdagi amakisi Husayn Boyqarodan, Toshkentdagi tog‘asi Mahmudxondan besh oy davomida yordam kutdi, kelmadi. Endi kelmasligi aniq. Shuni payqagan Shayboniyxon har kuni kechasi darvozalar tashqarisida naqora chaldiradi, karnay-surnaylar bilan shahar ahlini uyg‘otadi. So‘ng xon jarchilari qo‘rg‘on tashqarisidagi ko‘tarmalarga chiqib, shahardagilarni xon tomoniga o‘tishga chorlaydi, och odamlarga turli noz-ne’matlar va’da qiladi. Bobur endi urushni boy berganini sezgan bek va navkarlar devorlardan oshib tushib, suv mo‘rilaridan o‘tib, qamal balosidan qochadi. Bir kun kechasi Boburni qo‘riqlab yuradigan qo‘rchi begi ham qal’adan yashirincha chiqib qochdi. Xos qo‘riqchilar orasida Tohir bor edi. Ertasi kuni kechasi Bobur uni o‘z huzuriga chaqirib oldi. Tohir ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga o‘prilib tushgan. Yuzidagi chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla katta bo‘lib ketgan. — Tohirbek, — dedi Bobur, — Amir Temur maqbarasining hoshiyasiga arab tilida bir hikmat bitilmishdir. Bu hikmatda «Jahon sendan yuz o‘girmasdan oldin sen jahondan ko‘ngil uza bilgin» deyilmishdir. Men endi jahondan ko‘ngil uzmoqchimen. Vabo meni olib ketsa, balki tez qutular edim. Lekin meni vabo ham chetlab o‘tdi... — Xudo saqlasin, amirzodam! Bizning suyangan tog‘imiz o‘zingizsiz! — Suyangan tog‘ingiz hozir yer bilan yakson bo‘lmishdir, Tohirbek! Kecha bir bayt bitmishmen: Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, Tangri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?! Tohir she’rdan ta’sirlanib: — Rost, hozirgi kunlarimizda safo qolmadi, amirzodam! — dedi. — Lekin oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Shukr, hali tanda jon, belda shamshirimiz bor! Bobur o‘ylanib turdi-yu: — Endi so‘nggi ilinj yog‘iy ilkiga tirik tushmaslik! — dedi. — Bor kuchlarni to‘plab, qulay bir paytda qal’adan chiqayligu yog‘iy halqasiga hamla qilaylik! Kunimiz bitmagan bo‘lsa yorib o‘turmiz, bitgan bo‘lsa qilich bilan jon berurmiz!.. — Xudo xohlasa yorib o‘turmiz, amirzodam! — Bu sirni hozircha faqat Qosimbek bilur, siz ham sir saqlang, tayyorlik ko‘ring! — Jonim bilan! Tohir o‘sha kuni kechasi Qosimbekka uchrashdi. Ikkovlari qal’a devorining xokrezlari orqali tashqarini kuzatib, yovning asosiy kuchlari Ohanin, Feruza va Chorraha darvozalari tomonda joylashganini, Shayx-zoda darvozasining atroflarida esa yov halqasi zaifroq ekanini aniqladilar. Navkarlar va otliqlarning eng baquvvatlarini tanlab, ularni hamlaga tayyorlay boshladilar. Bobur Bo‘stonsaroyda xonayi xosda kitoblari va qog‘ozlarini ko‘zdan kechirib, ularning eng keraklilarini olib ketmoqchi bo‘lib saralayotganda eshikdan Qutlug‘ Nigor xonim, Eson davlat begim va Qosimbek kirib kelishdi. Vajohatlaridan favqulodda bir gap bo‘lgan. * * * — Amirzodam, — deb Boburning buvisi, so‘nggi yillarda ancha bukchayib qolgan Eson |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling