Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
TOSHKENT, O‘RATEPA, SO‘X
KO‘CHKI BOSGAN BULOQ 1 Toshkent... O‘n besh-yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar Sa-marqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. Toshkent qo‘rg‘onining har o‘n Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 150 ikki darvozasidan odamlar bemalol kirib-chiqib turibdi. Bo‘zsuv va Solor arig‘ining bo‘ylaridagi mevali daraxtlar kuz yomg‘irida yuvingan. O‘rik, olcha barglari o‘z butoqlari bilan vidolashish oldidan shafaqday qizil tus olgan. Uzoqdan ko‘rinib turgan Chotqol tog‘lariga qor tushgan. Qamal dahshatlarini boshdan kechirib kelayotgan Boburga Toshkentning to‘kin-sochin kuzi, bag‘ri kengligi, tog‘dan esgan sarin shabadasi ma’sud o‘smirlik davrini eslatdi. U o‘n olti yasharligida kelganida Xadradan pastdagi Hazrati Ukkosha bulog‘idan suv ichgan. O‘qchi mahallasida Toshkentning jahonga mashhur o‘q-yoylarini yasagan ustalarga oltin bezakli «Kamoni Shoshiy» buyurtma bergan, Shayhantohurga ko‘milgan bobosi Yunusxonning qabrini ziyorat qilgan edi. Hozir u elliktacha bek va navkari bilan (qolganlari uni O‘ratepada kutib turadigan bo‘lishdi) Besh-og‘och darvozasidan kirib, Qoratosh mahallasi orqali xon saroyi tomon borar ekan, yonidagi Qosimbek birdan bezovta bo‘ldi: — Nechun dorug‘a peshvoz chiqmadi? Bobur Toshkent xonining jiyani edi, o‘tgan gal kelganlarida shahar dorug‘asi ularni qo‘rg‘ondan tashqarida izzat-ikrom bilan kutib olib, saroyga boshlab borgan edi. — Bu gal biz xonumondin ayrilib, mag‘lub bo‘lib kelmoqdamiz, janob Qosimbek! — dedi Bobur ma’yus kulimsirab. — Shuning uchun ortiqcha ehtirom kutmang. Chindan ham Mahmudxon saroyida Boburni juda sovuq qarshi olishdi. Uning navkarlarini hatto arkka kirgizishmadi. Bobur Qosimbekning izzat-nafsga borib asabiylashayotganini ko‘rdi-yu: — Siz bilan biz Samarqandda naqd o‘limni zimmamizga olgan edik, hatto o‘limdan najot izlagan edik!— dedi. — O‘shal dahshatlarning oldida bu mayda behurmatliklar hech gap emas. Kecha O‘ratepada bir bayt bitdim, aytaymi? — Bajonidil! — Eshiting: Davlat uchun ko‘ngulni zor etma, Izzat uchun o‘zingni xor etma! — Haq gapni bitibsiz, amirzodam. Bu bevafo dunyo g‘am yemakka arzimaydir! Shu bilan ikkovlari bir-birlariga sal tasalli bergan bo‘ldilaru, Bobur xonning qabulxonasiga qarab ketdi. Qo‘liga oltin dastali hassa ushlagan, zarbof to‘n kiygan shig‘ovul Mahmudxonning Shayboniyxon elchisi bilan band ekanini aytganda, Boburning qalbida birdan noxush tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. U qamaldan chiqqandan so‘ng ikki oycha O‘ratepada xolasinikida turgan, Shayboniyxon Mahmudxonga elchi yuborib, Movarounnahrni bo‘lib olish haqida bitim tuzishga intilayotganini o‘sha yerda eshitgan edi. Mishmishlarga qaraganda, Shayboniyxon Farg‘ona vodiysini Toshkent xoniga berib, O‘ratepani o‘zi ishg‘ol qilmoqchi emish. Agar shu gap rost chiqsa, Boburning bu atrofda jon saqlaydigan joyi qolmaydi, Movarounnahrdan bosh olib chiqib ketish kerak bo‘ladi. Uning bugun Toshkentga kelishidan maqsadi — tog‘asini Shayboniyxonning makru hiylalaridan ogoh qilish va uni bosqinchilarga qarshi mudofaaga chorlash... Bobur qabulxonada ancha vaqt muntazir turgandan keyin shig‘ovul chiqib, uni xonning huzuriga boshlab kirdi. To‘rda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan shatranj donalari ko‘rindi. Shayboniyxonning elchisi yo‘g‘on gavdali, bahaybat Jonibek Sulton xonga ta’zim qilib turibdi. Sarg‘ish yuzli, xushbichim Mahmudxon tillarang mo‘ylovini dikkaytirib mamnun kulimsirayotganiga qaraganda, hozir Jonibek Sultonni shatranjda yutgan edi. To‘rt yildan beri jiyanini ko‘rmagan tog‘asi shuncha uzoqdan boshiga kulfat tushib kelgan Boburni kuttirib qo‘yib, o‘zi Shayboniyxonning elchisi bilan shatranj o‘ynab o‘tirganida qandaydir yashirin ma’no bor edi. Mahmudxon mag‘lub bo‘lgan jiyanidan ko‘ra g‘olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling