Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
235 johillar uni ham o‘ldirishlari mumkin ekan. Avboshlardan yigirma-o‘ttiztasini hibsga oldik. Ammo Xo‘ja Xalifaga qarshi va’z aytgan mullalar Xo‘ja Ahrori valiyning avlodlaridan ekan. Ularni sizdan bemaslahat hibsga olishga jur’at etmadim. Bobur ahvolning naqadar jiddiylashib ketganini endi sezdi. Xo‘ja Ahror avlodini hibsga olish — yonay deb turgan olovni puflab alangalatish bilan barobar edi. — Qo‘shinning kayfiyati ham yaxshi emas, hazratim,— deb davom etdi Qosimbek. — Hozir ichak uzildi payt, narx-navo ko‘tarilgan. Shayboniyzodalar chiqargan oltin-kumush tangalarning vazni biz chiqargan tangalar vaznidan ortiq bo‘lganligi uchun ularning bozori chaqqon. Beku navkarlar ulufani oshirishni talab qilmoqdalar. Ularga ulufa oshirilsa, xazinada pulimiz yetmas. — Undoq bo‘lsa taklifingiz nedur? — Taklifim shuki, hazratim, beklarni darhol mashvaratga to‘plab, favqulodda choralar ko‘rmoq lozim. — Bilamen, beklar dashtda izg‘ib yurgan shayboniyzodalarga qarshi urushmoq qasdidalar. Yangi viloyatlar olinsa, beku navkarlar o‘ljador bo‘lurlar. Besh oydan beri Samarqandda jangsiz turib qilichlari qonsiragan. — Ularning kasblari urush bo‘lgandan so‘ng bekor turgilari kelmaydi-da. Hozir shayboniyzodalar shimoldan Buxoroga yaqinlashib kelmoqda emishlar. — Aniq axborot bormi? — Ko‘rgan odam kelib aytdi. Sarkardalari Ubaydulla Sulton emish. O‘n ming qo‘shini bor emish. Buni Samarqanddagi shayxu qalandarlar ham eshitgan bo‘lsalar kerak. Shayboniyzodalar tashqarida jonlangan sari ichkarida bular bizni «Shiaga sotilgan rofiziylar!» — deb xalqqa yomonlab, qora kuchlarni qo‘zg‘atmoqdalar. Bobur mavlono Fazliddin bilan mudarrisga afsusli bir nazar tashladi-da: — Janoblar, ma’rifat muammolarini bu ahvolda hal etolmaydigan ko‘rinamiz, — dedi. — Xatti Boburiyni maktabda o‘qitish hozircha to‘xtatilsin. Rasadxonani ham keyinroq tiklagaymiz... Biz endi butun e’tiborni harbiy ishlarga berishga majburmiz. Mudarris bilan mavlono Fazliddin ma’yus qiyofada orqalari bilan yurib chiqib ketdilar. Qosimbek bilan Bobur Ubaydulla Sultonga qarshi Buxoro tomonga qo‘shin tortib borishning maslahatini qila boshladilar... ______________ * Bu yozuv aslida O‘rxun-Yenisey runik yozuvining Bobur davrida Sig‘noqqa yetib kelgan bir turi bo‘lishi kerak. * * * Buxoroga hujum qilgan Ubaydulla Sultonning o‘n ming kishilik qo‘shini Boburning Samarqanddan o‘ttiz ming qo‘shini bilan kelayotganidan xabar topib, Qizilqum sahrosiga qarab chekindi. Bobur qo‘shini Buxoro atrofida to‘xtab, dushmanning yana qaytib ke- lishini kutishi mumkin edi. Lekin dushman askarlari son jihatdan uch barobar kam bo‘lgani uchun Bobur uni dadil ta’qib etishga qaror berdi-yu, qo‘shinini qumtepalar orasiga boshlab kirdi. Ubaydulla Sultonga shu kerak edi. Bobur qo‘shinining eng sadoqatli qismi tog‘lik joyda yaxshi jang qilib o‘rgangan, otlari cho‘lda, qumtepalar orasida durust chopolmaydigan jangchilar edi. Bundan tashqari, shia-sunniy ziddiyatlari Boburga Qunduzda qo‘shilgan yigirma ming kishilik mo‘g‘ul qo‘shinining ruhiga yomon ta’sir qilgan edi. Ularning orasiga kirib borgan sunniyparast mullalar: «Boburshoh shialar bilan ittifoq tuzib, pok mazhabini bulg‘adi, endi payg‘ambarimiz uni emas, sunniyni pok tutgan shayboniyzodalarni qo‘llab-quvvatlagay», degan e’tiqodga ko‘plarni ishontirgan edilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling