Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
234 shod. Qunduzda birinchi marta boshlangan ichkilik bazmlari Samarqandda davom etib, avjiga chiqmoqda. Erishilayotgan g‘alabalar sharafiga bek va a’yonlar navbatma-navbat ziyofat berishib, Boburni deyarli har kuni taklif qilishadi, unga eng nodir, eng ajoyib maylarni ichirib, xursand qilishda bir-birlaridan o‘zishga intilishadi. Faqat Qosimbek hamon ichkilikni og‘ziga olmas, paytini topsa Boburni ham hushyorlikka undar, mamlakat ichida qora kuchlar bosh ko‘tarayotganini, shimoldagi dashtda esa shayboniyzodalar hayot-mamot jangiga tayyorlanayotganini takror-takror eslatar edi. Lekin Bobur unga javoban so‘nggi paytda yozgan bir g‘azalidan to‘rt satr o‘qib berdi: Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati, She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. Yoz faslida chog‘ir ichmakning o‘zgacha holi bor, Kimga bu nash’a muyassar bo‘lsa bordir davlati. Bu g‘azalga kuy bastalanib, qabul marosimlarida ham aytiladigan bo‘lgan edi. Shirakayf Bobur: — Janob Qosimbek! — dedi. — Eshitdingizmi, Samarqand maktablarida bolalar men ixtiro qilgan xat bilan juda tez savodxon bo‘lmoqda emishlar. Mana, mudarris janoblaridan so‘rang... Boshida sallayu qo‘lida may to‘la qadah bilan ta’zim qilib turgan mudarris: — Janob Qosimbek, — dedi, — xalqimizni jaholat panjasidan qutqarib olishda hazratim ixtiro qilgan Xatti Boburiy ajoyib bir vosita bo‘lishi aniq! Qur’on xati gar-chi biz uchun aziz, ammo zeru zabarlari, shikasta usullari savod chiqarishga behad mushkul. Xatti Boburiy esa zeru zabarsiz, o‘rganishga oson. Qosimbek Boburning bundan uch yil oldin Kobulda ixtiro qilgan xati Sirdaryo bo‘yidagi Sig‘noqdan topilgan qadimiy turkiy yozuvga* asoslanganini bilar edi. Arab yozuvini «Qur’on xati muqaddas», deb hisoblaydigan ruhoniylar islom dinidan oldin tarqalgan qadimiy yozuvlarni qattiq qoralab, topilgan joyida o‘chirib tashlashni buyurar edilar. Bobur esa buni jaholat hisoblar, qadim zamonda ixtiro qilingan turkiy yozuvning dinga aloqasi yo‘qligini aytar, Xatti Boburiyni shuning uchun xalq orasida tarqatmoqchi bo‘lar edi. Ichkilik bazmi paytida bu murakkab mavzularda gapirishni yoqtirmaydigan Qosimbek oradan ikki kun o‘tgach, devoni xosda o‘tirgan Boburning huzuriga mavlono Fazliddin bilan Xatti Boburiyni tarqatib yurgan mudarrisni boshlab kirdi. Ularning uchovi ham allanarsadan juda bezovta ekanini sezgan Bobur: — Tinchlikmi, janoblar? — dedi. — Hazratim, — dedi mudarris. — Xatti Boburiyni targ‘ib qilib maktab ochgan bir maktabdorni avboshlar toshbo‘ron qilib o‘ldirmishlar. — O‘ldirmishlar?! — deb Bobur o‘rnidan turib ketdi.— Bu ne jaholat, janob Qosimbek? Bizga qarshi g‘ulumi?! — Hazratim, mutaassib shayxlar bilan qalandarlar hamma joyda bizga qarshi ish olib bormoqdalar. Rasadxonada bir usta havozadan yiqilib o‘lgandan beri ta’mir ishlariga odam yollash mumkin bo‘lmay qoldi. Masjidda va’z aytgan mullalar Xatti Boburiyni «Shoh Ismoil yuborgan shialar xatti» deb e’lon qilgan emishlar. Shu ovoza butun shaharga tarqalib, oxiri haligi maktabdorning toshbo‘ron bo‘lishiga olib kelmishdir. — Bu yolg‘on ovozani tarqatganlarni nega hibsga olmadingiz? — qahr bilan so‘radi Bobur. — Axir bu xatning Shoh Ismoilga mutlaqo aloqasi yo‘q-ku. — Xo‘ja Xalifa shuni masjidi jomeda minbarga chiqib aytmoqchi bo‘lgan ekan, «Yolg‘on! Kofirlar xati harom! Qur’on ursin sen Xalifani!» deyishib, johillar uni minbardan tortib tushirmishlar. Agar Tohirbek boshliq soqchilarimiz Xo‘ja Xalifani qutqarib qolmasalar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling