Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
236 Barxanlar ichida zambarak ortilgan aravalar qumga botib, otlar yaxshi chopolmay, Bobur qo‘shinining safi chuvalib ketdi. Paytdan foydalangan besh mingga yaqin qunduzlik mo‘g‘ullar Ubaydulla Sulton tomoniga qochib o‘tib ketdi. Qizilqumda ko‘p yurib, uning pastu balandini biladigan, Ko‘li Malik* degan joyda otliq jang uchun eng qulay o‘rinlarni egallab yotgan Ubaydulla Sultonning qo‘shini yana to‘lg‘ama usulini ishlatib, Bobur qo‘shinining ikki qanotini bukdi-yu, orqasiga o‘tib oldi. To‘rt tomondan berilayotgan zarbalar ustiga besh ming xoinning birdan yov tomoniga o‘tib ketishi jang taqdirini bir necha soatdayoq hal qilib qo‘ydi. Bobur Qizilqumda mag‘lubiyatga uchrab, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqandga, undan Hisorga chekinib borganda qarshisidan Shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy oltmish ming qizilbosh askari bilan tahdidli suratda chiqib keldi. Og‘izda Najmi Soniy Boburga yordamga kelgan edi. Biroq aslida u Boburga jazo bermoqchi edi. U qizilbosh qo‘shinlarining Samarqanddan tez qaytarib yuborilganidan norozi edi. Bobur Movarounnahrda mustaqil davlat tuzayotganini, uning shialarga yon bosishi — muvaqqat choraligini xufiyalar Shoh Ismoilga allaqachon yetkazgan edilar. Shoh Ismoil Movarounnahrga oid hamma ishlarni Najmi Soniyga ishonib topshirgan edi. Najmi Soniy shayboniyzodalarni bartaraf qilgandan keyin Boburni ham hokimiyatdan chetlatishi va Samarqand taxtiga boshqa ishonchli odamni o‘tqazib, Movarounnahrda qizilboshlar hokimiyatini uzil-kesil barqaror qilishi kerak edi. Bu reja qattiq sir tutilar, Bobur bilan ittifoq hozircha davom etar, ammo kalondimog‘ Najmi Soniy Boburni ham, uning o‘n mingtagina qolgan askarlarini ham nazar-pisand qilmasligi oshkora sezilar edi. Boburni ikki tomondan chirmab kelgan ikki dahshatli qilich G‘ijduvonda bir-biriga zarb bilan urildi. Najmi Soniydan ixlosi qaytgan Bobur shayboniyzodalarning qo‘li baland kelayotganini sezdi-yu, qonli qilichlar orasidan chiqib, yana Hisor tomonga chekindi. Bosqinchi qo‘shin sarkardasi Najmi Soniy G‘ijduvon jangida o‘ldirildi. Qizilboshlar tor-mor bo‘ldi, oltmish ming qo‘shinning bir qismi o‘ldi, bir qismi asir olindi, omon qolib qochganlarini esa g‘oliblar Amudaryogacha quvib bordilar va daryoga cho‘ktirib yubordilar. ________________ * K o‘ l i M a l i k — hozir qurib qolgan. Buxoro oblastining Xayrobod degan joyida. 7 Bundan bir yarim yil avval Xonzoda begim yolg‘iz o‘g‘ilchasi bilan Balxdan Qunduzga kelayotganda uning yuragini titratgan noma’lum xavf-xatarlar go‘yo mana shu og‘ir chekinish paytini kutib yotgan ekan. Tun yarmidan oshgan edi. Boysun orqali Hisorning Qoratog‘iga chekinib kelgan Bobur yetti ming askar va ug‘rug‘i* bilan sayhon bir o‘tloqda tunamoqda edi. Xonzoda begim o‘g‘li va kanizi bilan uxlab yotgan o‘tov Boburning chodiriga yonma-yon edi. Saharga yaqin birdan to‘polon ko‘tarildi. Xonzoda begim otlarning tasir-tusir qilib chopishi va itlarning asabiy hurishidan cho‘chib uyg‘ondi. G‘azabli tovushlar: — Ur! Ur! — Rofiziylarni ayamay qir! — deb qichqirar edi. Xonzoda begim sapchib turdi. O‘tov to‘rida xira qorachiroq lipillab yonmoqda edi. Begim qattiq uxlab yotgan o‘g‘li Xurramshohni quchoqlab oyoqqa turg‘izdi. — Yog‘iy bosdi! Yog‘iy! — deb, o‘g‘liga etigini kiydirib, to‘nining yengiga qo‘llarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling