Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
237 tiqayotganda o‘tovning kigiziga allanarsa «tars» etib urildi. Yoy o‘qining charxlangan uchi kigizni kesib o‘tdi, lekin qanoti kigiz juniga o‘ralib turib qoldi. Qo‘rqib ketgan Xonzoda begim o‘g‘lini bag‘riga bosdi. Bu yil o‘n birga qadam qo‘ygan Xurramshohning bo‘yi onasining yelkasidan oshib qolgan edi. U uchi pastga osilib qolgan yoy o‘qiga qiziqib qarab turardi. Tashqaridan Boburning sarosimali tovushi eshitildi: — To‘fangandozlar qani? Xo‘ja Kalonbek! To‘fang otilsin! Qosimbek! Tohirbek! Haramga qarang! Bolalar tezroq olib chiqilsin! To‘fang! O‘sha zamonning chaqmoqli miltig‘i bo‘lgan to‘fang yaqin bir joyda gumburlab otildi. Bobur qizilboshlar bilan ittifoq bo‘lib orttirgan bir narsasi — o‘sha davrning eng zamonaviy quroli bo‘lgan mana shu to‘fanglar edi. Hali juda kam tarqalgan to‘fanglar faqat Boburning xos navkarlarida bor edi. Bir nechta to‘fangning ustma-ust otilgani eshitildi. Xonzoda begim endi sal dadillanib, o‘g‘lining to‘ni ustidan bejirim xanjarchasi osilgan kamarini ham bog‘latdi. Xurramshoh o‘tovning bir chetiga o‘ntacha yoy o‘qi solingan kichkina soqdog‘ini osib qo‘ygan edi. Onasining qo‘lidan chiqib shu soqdog‘ini yelkasiga osdi-da, kamonini qo‘liga oldi. Onasini vahimaga solgan jang bolada qo‘rquv aralash maroq uyg‘otgan edi. U kichikligidan jangovar ruh bilan o‘sgan, tezroq katta bo‘lib, urushda botirliklar ko‘rsatgisi kelar edi. Samarqandda turgan paytlarida Xurramshoh Bobur tog‘asining Buxoro tomonda qilgan janglariga qatnashmoqchi bo‘lib, onasining oldidan qochib ham ketgan edi. Lekin Bobur uni bek atkasiga qo‘shib yo‘ldan qaytarib yuborgan edi. Xonzoda begimning Boburga qo‘ygan mehri o‘g‘liga ham yuqqan edi. Bolaga dars beradigan va harbiy mashq o‘rgatadigan kishilar hammasi Boburning ixlosmandlari edilar. Xurramshoh onasidan va murabbiylaridan Bobur haqida juda ko‘p yaxshi gaplar eshitar, o‘zi ham tog‘asini har ko‘rganda unga bolalarcha jo‘shqin bir mehr va ishonch bilan qarar edi. U tog‘asini og‘ir ahvollarga solayotgan shayboniyzodalarni — garchi o‘zining Shayboniyxonga o‘g‘il bo‘lishini bilsa ham — kun sayin yomon ko‘rib borar edi. Uning tasavvurida, hozir Bobur qarorgohiga hujum qilib kelgan, «Ur, qir!» deb qichqirayotganlar ham o‘sha ko‘chmanchi sultonlar edi. Xurramshoh soqdog‘ida bor o‘qlarini tog‘asining mana shu dushmanlariga qarab otgisi keldi-yu, o‘tov eshigini ochib chiqa boshladi. — Hoy, shahzoda, to‘xtang! Xonzoda begimning keksa kanizi yugurib borib bolani kamaridan tutdi-da, ichkariga tortdi. Bola qarshilik qilib kirmadi. Uni uzoqda bo‘lgan janglarga yubormagan edilar. Endi jang o‘zi Xurramshoh yotgan joyga yetib kelganda yana qo‘yishmaydimi? — Qo‘yvoring meni! Hazrat tog‘oyimga ko‘mak beramen! Qo‘yvoring! Bu orada Boburning xos navkarlari to‘fang ota-ota, yov otliqlarini ayollar va bolalar yotgan o‘tovlardan uzoqqa surib tashlagan edilar. Tohir Xonzoda begimning o‘tovi oldiga ikkita ot yetaklab keldi: — Hazrat begim! Shahzoda! Tezroq chiqinglar! Xonzoda begim sandiq va bo‘g‘chalariga qaradi. — Ko‘ch-ko‘ronlar qolurmi? — E, jon omon bo‘lsa, buyum topilur! Chiqing tezroq! Hazratim buyurdilar! Xonzoda begim kanizi bilan chiqquncha Xurramshoh otlarning kichikroq ko‘ringan bittasiga minib oldi. Osmonda shom yegan sakkiz kunlik oy bor edi. Shuning yorug‘ida oq o‘tovdan besh yashar Humoyunni bag‘riga bosib chiqqan Mohim begim ko‘rindi. Ot ustida turgan Qosimbek tez engashib bolani onasining qo‘lidan avaylab oldi-da, yelkalarini chakmani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling