Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
KOBUL TOSHGAN DARYO O‘ZAN IZLAYDI
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
KOBUL
TOSHGAN DARYO O‘ZAN IZLAYDI Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 240 1 Kechki payt Kobul qal’asining janubidagi ko‘ldan bir to‘p o‘rdak uchdi. Ko‘l bo‘yidagi bo‘liq o‘t-o‘lanlar orasida pisib o‘tirgan mirzo Humoyun kamondan ketma-ket ikkita o‘q otdi. Osmonga ko‘tarilib borayotgan tumshug‘i uzun o‘rdaklardan biri to‘pidan ayrilib pastlay boshladi, so‘ng qanotlarini majolsiz yoyib, ko‘lning narigi chetiga qulab tushdi. Ko‘lning o‘sha tomonida podshohning sakkiz eshkakli, soyabonli kemasi yurgan edi. Humoyun bu yoqdan to otlanib, atkasi va mulozimlari bilan ko‘l sohilini aylanib o‘tib borgunicha kemadagilar o‘q tekkan o‘rdakni suvdan olib, qirg‘oqqa chiqdilar. Ularning orasida Bobur ham bor edi. Humoyun o‘zi otgan o‘rdakni otasi qo‘liga olib qarayotganini ko‘rdi-yu, otidan sakrab tushdi va ancha berida ta’zim qilib to‘xtadi. Bobur o‘rdakning to‘shiga qadalib qolgan yoy o‘qini keskin bir harakat bilan sug‘urib oldi- yu, o‘g‘liga ko‘zlarini suzib qaradi: — Bu o‘q senikimi? Humoyun otasinnig kayfi borligini sezdi. Bobur so‘nggi paytlarda ko‘p ichadigan bo‘lgan, bugun ham ulfat beklari bilan kemada chog‘ir ichib o‘tirgan edi. Humoyun ko‘l va uning atroflari podshohning daxlsiz, xos yerlari ekanini esladi. Otasi oldida odobsizlik qilib qo‘yganday ko‘zlari javdirab: — Hazratim, — dedi, — afv eting, bemavrid o‘q otmishmen. — Ammo o‘qni yaxshi otmishsen, — deb Bobur o‘g‘liga endi kulimsirab gapirdi. — Ma, haloling bo‘lsin! Humoyun chap qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganicha, o‘ng qo‘li bilan ovini otasidan oldi-yu, mulozimlaridan biriga berdi. Boburdan orqaroqda turgan ko‘zlari katta-katta ozg‘in qora yigit — Hindubek tig‘iz oq tishlarini ochib kuldi: — Amirzodam merganlikda hazrat otalariga tortmishlar. Shirakayf Xo‘ja Kalonbek bu gapga darhol qo‘shildi: — Padari buzrukvorga munosib o‘g‘il! Bobur esa bir chetda jim qo‘l qovushtirib turgan Qosimbekka mamnun nazar tashladi. Yoshi oltmishdan oshib, eshik og‘aliq lavozimidan ketgan Qosimbek hozir Humoyunga atkalik qilmoqda edi. Boburning o‘ziga shuncha yil sodiq xizmat qilgan bu odam endi bo‘y yetib kelayotgan Humoyunni ham otalarcha mehr bilan tarbiyalayotgani bilinib turardi. — Janob Qosimbek Humoyunga merganlikdan yaxshi ta’lim bermishlar, — dedi Bobur. — Biroq amirzodam chavandozlikda nechuklar? Qosimbek Humoyunga «javob bering» deganday qilib qaradi. Humoyun ko‘zlari go‘yo ilhom bilan yonib: — Hazratim, ijozat bering, — dedi-da otlarni qo‘li bilan ko‘rsatdi. Bobur uning so‘nggi yillarda o‘rgangan chavandozlik mashqlaridan birini ko‘rsatmoqchi ekanini sezdi. — Qani, qani, — dedi maroq bilan. Humoyunning yoshi o‘n uchga borib, bo‘yi otasining bo‘yiga yetay deb qolgan. Yurish- turishi ham Boburning o‘smirlik paytini eslatar edi. Qosimbekning ishorasi bilan navkarlar ikkita yuvoshroq otni bir chetga yetaklab chiqdilar-da, yonma-yon tutib turdilar. Humoyun o‘zining seryol qora qashqa otiga sakrab mindi, jilovni keskin burib, xiyol orqaga ketdi. So‘ng narigi ikki otga shitob bilan yaqinlashdi-da, jilovini qo‘yib yubordi. Otlar jips kelganda ikkinchi otning egaridan ikki qo‘llab tutganicha, egardan egarga sakrab o‘tdi. Shunda uchinchi ot joyidan qo‘zg‘alib ketdi. Humoyun mingan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling