Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
— Bunga mening ishonchim komil. Shuning uchun bu noyob olmosni men faqat senga 
munosib ko‘rurmen. Ol! 
Humoyun endi o‘rnidan sakrab turdi-yu, sadaf qutichani ta’zim bilan otasining qo‘lidan 
olib, ko‘ziga surdi. Boburning boyagi behalovatligi va tushkun kayfiyati endi tarqab 
ketgan, ko‘nglida yana yaxshi istiqbolga ishonch tuyg‘usi mavj urar edi. U Humoyunga: 
— O‘tir, — dedi-da, qarsak chalib savdarboshini chaqirdi: — Hindubekni chorlang. Xo‘ja 
Xalifa bilan birga kirsin. 
Chaqirilganlar kelguncha Bobur Humoyunga Agradagi ahvol to‘g‘risida gapirib berdi: 
— Qo‘rg‘onni Ibrohimning onasi, o‘g‘li, Malikdod Koroniy otliq vaziri mingdan ortiq xos 
askarlari bilan berkitib olmishlar. «So‘nggi odamimiz qolguncha jang qilurmiz» deb ahd 
qilmishlar. Bu ahdni bizning qo‘shin bir hamla bilan ko‘kka sovurmog‘i mumkin. Ammo 
yana xunrezlik bo‘lur, shahar buzilib, bizga kerakli qancha odamlar hayf ketur! 
Xo‘ja Xalifa va Hindubek tolorga ta’zim qilib kirishdi. Bobur ularni qarshisiga o‘tqazgach: 
— Sizlar Agraga bizdan elchi bo‘lib bormoqlaringiz kerak, — dedi. — Maqsad — 
qo‘rg‘onni jangsiz olish. Molu jonlari omon qolsin. Ibrohimning onasi Jamna bo‘yidan 
pargana* so‘ragan emish. Mayli, beraylik, Ibrohimning o‘g‘li arabcha-forscha o‘rgangan 
ilmlik o‘spirin emish, uni saroydagi obro‘li mulozimlarim qatoriga qo‘shay. Malikdod 
Koroniyni tadbirkor vazir deb eshitdim. Uni Hindiston muammolari bo‘yicha o‘zimga 
maslahatgo‘y qilib xizmatga olay. Borib, yaxshilab so‘zlashing. Yana qanday ma’qul 
tilaklari bo‘lsa qabul qilaylik. Xullas, qirg‘in bo‘lmasin, beva-bechora ko‘paymasin, deb 
shu yo‘lni tutmoqdamiz... Ya’ni, sizlarning vazifalaringiz — qal’a olish emas, balki 
qal’adagilarning ko‘nglini olishdir! 
Og‘ir janglarning oldingi safida qon kechib yurgan Humoyun bilan Hindubek Boburning 
bu tadbiridan yengil tortishib, bir-birlariga mamnun qarab olishdi. 
__________________ 
* M u q a y y i m — javohirshunos zargar. 
* K o‘ h i n u r — «nur tog‘i» demakdir. O‘sha zamonda bu olmos— odamzod topgan olmoslarning eng ulkani bo‘lgan. Olimlar Ko‘hinur 
olmosining 1304 yildan beri borligini aniqlaganlar. Hozir bu olmos Londonda saqlanadi. 
* P a r g a n a — kichikroq viloyat.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling