Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

AGRA 
YO HAYOT, YO MAMOT 
1 
Ibrohim Lodining onasi malika Bayda Panipat jangida o‘ldirilgan o‘g‘li uchun aza tutib, 
boshdan-oyoq oq kiyinib yurar edi. Oraga qo‘yilgan odamlar unga istagan parganasini 
berib, Agrani jangsiz topshirishga ko‘ndirdilar. Malika qo‘rg‘on darvozalarining kalitini 
Jamna bo‘yida Boburga topshirayotganda ko‘zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. 
Bobur bu salobatli kampirning keng peshonasi va bir-biriga qo‘shilgan qoshlarini 
qaerdadir ko‘rganday bo‘ldi. So‘ng birdan Panipat esiga tushdi. Jang tugagandan keyin 
bir bek minglab o‘liklar orasidan Ibrohim Lodining jasadini izlab topgan va boshini kesib 
olib, uzun nayzaga sanchib Boburga keltirib ko‘rsatgan edi. Endi qirq yoshlarga borgan 
Ibrohim Lodining keng peshonasi va payvasta qoshlari ham xuddi onasinikiga o‘xshar 
edi. 
Boburga bir lahza shunday tuyuldiki, go‘yo Ibrohim Lodi to‘satdan tirilib, onasining 
qiyofasiga kirib kelgan. Bobur allanechuk sarosima bo‘lib: 
— Malika, yig‘lamang, — dedi. — Bizdan yana qanday tilagingiz bo‘lsa ayting? 
Malika Bayda ko‘z yoshini kafti bilan tez artdi: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
279
— Menga boshqa ozor bermasalar bo‘ldi. 
Bobur mulozimlari tomonga yuzlandi: 
— Minba’d malikaga hech kim ozor bera ko‘rmasin, hamma uni mo‘’tabar onamizdek 
ehtirom qilsin! 
Mulozimlar bu topshiriqni ta’zim bilan qabul qildilar. Malika ham bosh egib, 
minnatdorchilik bildirgan bo‘ldi. Ammo uning yig‘idan namlangan ko‘zlari po‘lat tig‘ning 
sovuq jilosini eslatib nafrat bilan yaltirab ketganini hech kim ko‘rmadi. 
Malika Bayda o‘g‘lining kushandasini kechiradigan onalardan emas. Panipatdan mudhish 
xabar kelganda malika uchun osmon o‘pirilib yerga qulaganday bo‘lgan edi. U o‘g‘lini 
so‘nggi marta ko‘rishni istar, uning jasadini o‘z qo‘li bilan tuproqqa qo‘yib, qabrini 
quchoqlab yig‘lasa — ko‘ngli xiyol taskin topadiganga o‘xshar edi. Shuning uchun malika 
eng ishongan odamlarini Panipatga yuborib, Ibrohimning jasadini topib kelishni 
buyurgan edi. 
Lekin Agra bilan Panipatning orasi uch-to‘rt kunlik yo‘l. To o‘lim xabari Agraga yetib 
kelguncha, so‘ng Agradan malika yuborgan odamlar Panipatga borguncha oradan bir 
haftacha o‘tgan, ungacha o‘liklarning bir qismi ko‘mdirilgan, bir qismi mechkay 
quzg‘unlar suyaklarigacha tozalab yeb ketgan edilar... Malika Bayda yuborgan odamlar 
sulton Ibrohimning jasadini topolmadilar, faqat jang kuni uning kallasini nayzaga 
sanchib Boburga eltib ko‘rsatganlari haqida xabar topib keldilar... O‘g‘lining jasadi 
qanday xor bo‘lganini eshitgan onaning qayg‘u-alamlari avvalgidan o‘n hissa oshdi. U 
hatto joynamoz ustida namoz o‘qib o‘tirganda ham: «Ibrohimjon, endi bu olamda 
sening qabring ham yo‘q, xudo menga jasadingni ham ko‘p ko‘rdi! — deb nola qilar: — 
Ilohim, senga o‘lim keltirgan Boburning o‘zi o‘lsin, bundan ming hissa ortiq xor bo‘lib 
o‘lsin!» — deb qarg‘ar edi. 
Malikaning kanizlari va xizmatkorlari ko‘cha-ko‘ydan unga taskin beradigan gaplar topib 
kelishardi. Boburning askarlari yem-xashakdan qiynalib, dehqonlarning ekinlarini 
otlariga yedirgan ekan, dehqonlar g‘alayon ko‘tarib, navkarlardan bir qanchasini bolta va 
panshaxalar bilan urib o‘ldiribdi. Fotihlarni Hindistonning issiqlari ham juda qiynab 
qo‘ygan emish. Salqin tog‘ havolariga o‘rgangan ot va odamlar bu yerning ayovsiz 
issig‘iga bardosh berolmay o‘layotgan emish. Vabo va qora bezgak ham ularning 
saflarini siyraklashtirib qo‘yayotgan emish... 
Malika ovozalarning qanchalik rostligini Bobur saroyida xizmatda yurgan nevarasi 
Bahodirdan surishtirib bilmoqchi bo‘ldi. Bahodir hafta-o‘n kunda kelavermagach, malika 
«uni saroydan chiqarishmasa kerak», deb o‘yladi-yu, kanizini podshoh mahkamasiga 
yubordi. «Men betobman, nevaramga ruxsat bersinlar, meni kelib ko‘rib ketsin», degan 
ma’noda maktub yubordi. 
O‘n yetti yoshli Bahodir forschani va sanskritni yaxshi bilar, Bobur uchun zarur bo‘lgan 
ba’zi hujjatlarni tarjima qilar edi. Saroyda boshqa tarjimonlar ham bor edi. Bahodirga 
ko‘p ish buyurishmas edi-yu, lekin uni o‘zicha erkin ham qo‘yishmasdi. Bobur uni qattiq 
qo‘riqlab yurishni buyurgan edi. Bu qo‘riqchilar Bahodirni tashqi xatarlardan ehtiyot qilib 
yurganday ko‘rinsalar ham, aslida ular shahzodani «Ibrohim tarafdorlari tomondan 
uyushtirilishi mumkin bo‘lgan biron fitnaga bosh qo‘shmasin» deb sinchiklab 
kuzatishardi. Shu sababli Bahodirni saroydan ko‘p chiqarishmasdi. 
Biroq eshik og‘a Muhammad Do‘lday malika Baydaning «Kasalman, nevaram kelib 
ketsin» degan mazmundagi xatini olgach, Boburning «Malikani mo‘’tabar onamizday 
ehtirom qiling» degan buyrug‘ini esladi-yu, Bahodirga javob berdi. Faqat uning yoniga 
avvalgidan ikki barobar ko‘proq navkar qo‘shdi-da, shu bugunoq qaytib kelishni 
tayinladi. 
Nevarasi kelganda malika Bayda daryo bo‘yidagi marmar ko‘shkning nimqorong‘i ichki 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling