Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
276 — Olmos emish. Bobur nur jilvasiga cho‘mib o‘ynayotgan toshni qo‘liga olib salmoqlab ko‘rdi: — Vazni yetti-sakkiz misqol kelur. Nahot shunchalik katta olmos bo‘lsa? — Men bir muqayyim*ni chaqirib ko‘rsatdim. Mash-hur Ko‘hinur* olmosi shu, dedi. Olamda bundan katta olmos yo‘q emish. Bahosi sandiq-sandiq oltinlardan baland emish. — Men Bangola podshosi Sulton Aloviddinda ulug‘ bir olmos bor deb eshitgan edim. Ta’rif qilgan edilarki, shu bitta olmos katta bir mamlakatning bir oylik sarfu xarajatini ko‘targay. — Muqayyimning aytishicha, mana bu olmosning qiymati tamomi olamning ikki yarim kunlik sarfiga barobar ekan. — Sen buni qaerdan olding? Humoyun o‘ng‘aysizlanib jilmaydi-yu: — Gvalior rojasining xaylxonasida peshkash qildilar,— dedi. — Nechun? Humoyun voqeani hikoya qilar ekan, Bobur Gvalior viloyatida yuz yildan beri hokimlik qilib, juda katta boylik orttirgan roja Bikramadit’yaning hashamatli qasrini ko‘z oldiga keltirdi. Bikramadit’ya Ibrohim Lodiga bo‘ysunmasdan, u bilan uzoq vaqt urush qilgan, oxiri Gvaliorni Ibrohimga berib, o‘zi Shamsobod degan joyga ko‘chib ketgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan edi. Panipatdagi g‘alabadan keyin Humoyun boshliq ilg‘orlar Dehlidan o‘tib borib ko‘p qasrlarni ishg‘ol qildilar. Shu qasrlardan birida o‘lib ketgan o‘sha rojaning bo‘y yetgan ikki qiz, bir o‘g‘li va ularning onalari yashab turgan edi. Rojaning yigirma yoshlardagi o‘g‘li Humoyunni yaxshi qarshi oldi: — Sizlarning dushmanlaringiz bo‘lgan Ibrohim Lodi bizning ham dushmanimiz edi, uning mag‘lub bo‘lganidan biz shodmiz, — dedi. — Endi ruxsat beringizlar, biz Shamsoboddan ona yurtimiz Gvaliorga qaytib ketaylik. Humoyun ham yosh roja bilan iliq muomala qildi-yu, lekin Gvaliorga ko‘chib ketish uchun o‘zi ruxsat bera olmasligini, podshohni kutish kerakligini aytdi. O‘sha kecha Vays degan bir bek ellikkacha yigiti bilan rojaning qasrida tunadi. Humoyunning o‘zi qasrning hovlisidagi boqqa chodir tiktirib, kechasi chodirda uxlab yotganda ichkarida ko‘tarilgan to‘polonni eshitib uyg‘onib ketdi. Qo‘rchilarini yoniga olib, qasr ichiga chopib kirsa, Vays- bekning yigitlaridan biri eshik oldida qonga belanib o‘lib yotibdi. Qandillarda shamlar yonib turibdi. Ikkinchi qavatning zinapoyasida turgan o‘n sakkiz yoshli go‘zal qiz chuvalib yotgan ipak sarisini titroq qo‘llari bilan olib, yalang‘och yelkasiga yopishga urinyapti. Rojaning o‘g‘lini besh-oltita navkarlar o‘rtaga olib, qo‘lidagi qilichini urib tushirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Vaysbek rojaning shu qizini yoqtirib qolib, navkarlari yordamida o‘z bo‘lmasiga kuch bilan olib keltirmoqchi bo‘lgan. Qizning akasi qilich yalang‘ochlab himoyaga chiqqan. Qizni ko‘tarib ketmoqchi bo‘lgan navkarni qilich bilan urib yiqitgan. Endi buning qasdiga navkarlar yosh rojaning o‘zini o‘ldirmoqchi edilar. Humoyun gap nimadaligini surishtirib bilgach, nav-karlarga: — Rojani bo‘shating! — deb buyurdi. — O‘z singillarini bunchalik mardona himoya qilgan yigit ehtiromga sazovor. Podshoh hazratlari bunday kishilar bilan yaxshi muomalada bo‘lishni buyurgan edilar. Farmoni oliyni unutgan shahvatparast Vaysbek hibsga olinsin! Qizni iliklamoqchi bo‘lgan navkarlar o‘n darra kaltaklansin! Xos navkarlar bu buyruqni bajarmagunlaricha Humoyun ularning tepasidan ketmay turdi. Bu orada zinapoyadan yosh rojaning onasi qo‘lida kichkina sadaf quticha bilan tushib keldi. U oliy tabaqaning o‘qimishli ayollaridan edi, ko‘p tillarni bilardi, Humoyunga forschalab gapirdi: — Shahzoda, mening bisotimdagi eng katta boyligim— mana shu qutichaning ichida. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling