Тема: BOG‘LANISH VA BOG‘LANISH REAKSIYALARI.
КУЧ МОМЕНТИ.
Qattiq jism unga ta’sir etayotgan kuchlar ta’sirida fazoning ixtiyoriy tomoniga
harakat qila olsa, bunday jism erkin jism deb ataladi.
Agar jismning holati yoki harakati biror sabab bilan cheklangan bo‘lsa,
bunday jism
bog‘lanishdagi jism
deyiladi. Jismning holati yoki harakatini
cheklovchi sabab esa
bog‘lanish
deyiladi. Bog‘lanishning jismga ko‘rsatadigan
ta’siriga bog‘lanish reaksiya kuchi deyiladi. Bog‘lanish reaksiya kuchi
bog‘lanishdagi jismning harakati cheklangan tomonga teskari yo‘naladi.
Bog‘lanishdagi jismlarning bog‘lanish reaksiya kuchlarini aniqlash statikaning
asosiy masalalaridan hisoblanadi. Bu masalani yechishda bog‘lanishdagi jismning
harakatini yoki muvozanatini erkin jismning harakati yoki muvozanatiga keltirib
tekshirish lozim bo’ladi.
1-rasm
Bog’lanish reaksiyalari ham vektor ko’rinishidagi kuch bo’lib, ushbu kuch
faqat aks ta’sir sifatidagina mavjud bo’ladi. Agar bog’lanish olib tashlansa uning
reaksiyasi nolga teng bo‘ladi. Shuning uchun reaksiya kuchlari ko’p hollarda passiv
kuchlar deb ataladi.
Bog’lanishlarning turlari juda ko’p, shunga ko’ra ularning reaksiyalari ham
turlicha bo’ladi. Reaksiya kuchlarining son qiymatlari har bir masalada jismga ta’sir
etayotgan kuchlar sistemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi.
Shuning uchun bog’lanishlarning reaksiya kuchlari kuchlarini yo’nalishlarini
aniqlash yo’llari bilan tanishib o’taylik.