Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari
) Ip, zanjir va qayishlar vositasidagi bog‘lanishlar
Download 369.11 Kb. Pdf ko'rish
|
9-мавзу Боғланишлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchning nuqtaga nisbatan algebraik momenti.
- Kuchning nuqtaga nisbatan momenti quyidagi xossalarga ega
3) Ip, zanjir va qayishlar vositasidagi bog‘lanishlar.
Agar jism ip, zanjir va qayishlar vositasida bog‘langan bo‘lsa, ularda hosil bo‘ladigan 𝑇⃗⃗ 𝐴 , 𝑇 ⃗⃗ 𝐵 reaksiya kuchlariga taranglik kuchlari deyiladi. Taranglik kuchlari ip, zanjir, qayish bo‘ylab, ular osilgan nuqta tomon yo‘naladi (13-rasm).
13-rasm
Kuchning nuqtaga nisbatan algebraik momenti. Jismning qo‘zg‘almas nuqta yoki o‘q atrofida aylanishi unga qo‘yilgan kuchning momentiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda jismga qo‘yilgan kuchning momenti hisoblanadigan nuqta moment markazi, kuchning bu nuqtaga nisbatan momenti – moment markaziga nisbatan kuch momenti deyiladi. Faraz qilaylik, shakl tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylana oladigan jismning A nuqtasiga 𝐹⃗ kuch qo‘yilgan bo‘lsin. O‘qning shakl tekisligi bilan kesishgan nuqtasini O bilan belgilaymiz.
ta’sir chizig‘iga tushirilgan perpendikulyarning uzunligi 𝐹⃗ kuchning O nuqtaga nisbatan yelkasi deyiladi. Kuch momentining algebraik qiymati 𝑀 0
formula yordamida aniqlanadi: M o (F ⃗⃗) = ±F · d . (1)
Agar 𝐹⃗ kuch jismni O nuqta atrofida soat strelkasi yo‘nalishida aylantirsa, kuch momenti musbat, aks holda, manfiy hisoblanadi.
14-rasm
1. Kuchning miqdori va yo‘nalishini o‘zgartirmay, ta’sir chizig‘i bo‘ylab ixtiyoriy nuqtaga ko‘chirishdan, kuch yelkasi o‘zgarmay qolishi tufayli, kuch momenti o‘zgarmaydi. 2. Kuchning ta’sir chizig‘i moment markazidan o‘tsa, uning shu nuqtaga nisbatan momenti, kuch yelkasi nolga teng bo‘lganligi uchun, nolga teng bo‘ladi. 3. 15-rasmga ko‘ra, kuchning nuqtaga nisbatan momentining absolyut qiymati kuchning boshi va uchini moment markazi bilan tutashtirishdan hosil bo‘lgan OAB uchburchak yuzasining ikkilanganiga teng bo‘ladi.
|M o (F ⃗⃗)| = 2S ∆OAB
= |𝐹 ∙ 𝑑| (2)
15-rasm
16-rasm Download 369.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling