2) Sharnirli bog‘lanishlar.
Umumiy o‘q yoki nuqta atrofida aylana oladigan ikki jism orasidagi bog‘lanish
sharnir deyiladi (zoldirli g’ildirak-podshipnik). Silindirik sharnir bolt 1 va
kiygizilgan vtulka 2 dan iborat bo’ladi. Uning diametrlari jism bilan mahkam
biriktirilgan vtulkaning ichki diametrlari bilan barobar bo’ladi. Jism shakl tekisligiga
perpendikulyar bo’lgan sharnir o’qi atrofida aylanishi mumkin.
Silindrik sharnir. Qo‘zg‘almas asosga o‘rnatilgan silindrik sharnirning
reaksiya kuchi
A
R
aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi, lekin uning miqdori va
yo‘nalishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi (10-, 11- rasmlar).
Bunday holda reaksiya kuchi R koordinata o’qlari bo’ylab yo’nalgan R va R
tashkil etuvchilarga ajratiladi. Ular jismning muvozanat shartlarini ifodalovchi
tenglamalardan aniqlangandan so’ng, sharnir reaksiyasining moduli
𝑅 = √𝑅
𝑥
2
+ 𝑅
𝑦
2
formula asosida aniqlanadi.
Sharnir reaksiyasining yo’nalishi esa, yo’nalturuvchi kosinuslari orqali
quyidagicha aniqlanadi:
cos(𝑅⃗⃗
′
𝑖⃗) =
𝑅
𝑥
𝑅
;
cos(𝑅⃗⃗
′
𝑗⃗) =
𝑅
𝑦
𝑅
.
Bunda
𝑖⃗, 𝑗⃗ – koordinata o’qlarining birlik vektorlari.
10- rasm
11- rasm
12- rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |