Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari


Bog‘lanishdan bo‘shatish prinsipi


Download 369.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi369.11 Kb.
#209413
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-мавзу Боғланишлар

Bog‘lanishdan bo‘shatish prinsipi: 

Bog‘lanishdagi jismni erkin jism shakliga keltirish uchun jismga ta’sir etuvchi 

kuchlar qatoriga bog‘lanish reaksiya kuchini ham qo‘shish kerak. 

 

Bog‘lanishlarning asosiy turlari. 

1) Jism silliq sirtga tiranib turgan bo’lsin. 

a)  Jism  qo‘zg‘almas  silliq  sirtga  A  nuqtada  tayanadi.  Silliq  sirt  jismning  shu 

sirtga o‘tkazilgan normal chiziq bo‘yicha harakatini cheklaydi. Bu holda sirtning 

reaksiya kuchi 



N

 jismning A nuqtasiga qo‘yilgan bo‘lib, shu nuqtada sirtga yoki 




tekislikka  o‘tkazilgan  urinmaga  perpendikulyar  holda  yo‘nalgan  bo‘ladi  (2,  3- 

rasmlar). 

 

             



 

b) 


Jism  tayanch  tekisligiga  bitta  nuqtasi  bilan 

tayangan bo’lsin. Masalan jism (balka – tayanchlarga 

qo’yilgan  jism)  A  nuqtada  polga,  B  nuqtada  vertikal 

devorga,  C  nuqtada  ikki  yoqli  burchak  qirrasiga 

tayanadi (4- rasm). Pol va devorning reaksiya kuchlari 

A

N

  va 



B

N

,  A  va  B  nuqtalarda  mos  ravishda  pol  va 



devorga o‘tkazilgan perpendikulyar   bo‘yicha 

yo‘naladi.  

 

 

Ikki yoqli burchakdan tashkil topgan qirraning reaksiya kuchi 



C

N

 



C

 nuqtada balka 

sirtiga o‘tkazilgan perpendikulyar bo‘yicha yo‘naladi.  

Yuqoridagi  misolda balkaning  ko‘ndalang  o‘lchamlari  hisobga olinmasa, uni 

bitta  A  nuqtaga  tayangan  deb  qarash  mumkin  (5-  rasm).  Bunday  holda  reaksiya 

kuchi A nuqtadan o‘tadi, lekin uning yo‘nalishi ma’lum emas. Masalani yechishda 



A  nuqtadagi  reaksiya  kuchini  tanlab  olingan  koordinata  o‘qlari  bo‘ylab  yo‘nalgan 

𝑋⃗

𝐴



𝑌

⃗⃗



𝐴

  tashkil  etuvchilarga  ajratib,  ularni  jismning  muvozanat  tenglamalaridan 

aniqlash  lozim  bo‘ladi.  A  to‘siqning  reaksiya  kuchlari  ham  xuddi  shu  usulda 

aniqlanadi (6- rasm). 

 

 

 



 

 

6- rasm. 



4- rasm. 

1.7 а- rasm. 

2- rasm. 

3- rasm. 

5- rasm. 



c) 

 Jism  qo‘zg‘almas  silliq  sirtga  g‘altaklar  (qo‘zg‘aluvchan  sharnirlar) 

vositasida tayanib tursa, reaksiya kuchi tayanch harakatlanishi mumkin bo‘lgan 

tekislikka  o‘tkazilgan  perpendikulyar  bo‘yicha  yo‘naladi.  Darsliklarda 

qo‘zg‘aluvchan sharnir uch ko‘rinishda ifodalanadi (7-, 8- rasmlar). 

 

 



 

 

7-rasm 



8- rasm 

9- rasm 


 

Balka  A  va  B  nuqtalarda  tekislikka  o‘rnatilgan  sharnirsiz  qo‘zg‘almas 

tayanchlarga  tayanib  turibdi  (9-  rasm).  Bunday  tayanchlar  reaksiya  kuchlari  balka 

yoki tayanchlar sirtiga o‘tkazilgan perpendikulyar bo‘ylab yo‘naladi. 




Download 369.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling