Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari


Vaqtidan ilgari kuchanish va to‘lg‘oq tutishi


Download 111.5 Kb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1403819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1

Vaqtidan ilgari kuchanish va to‘lg‘oq tutishi bo‘g‘oz hayvonning bachadon bo‘yinchasi kanali yopiq paytida bachadon muskullari va qorin pressining qisqarishi tufayli sodir bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha biyalarda, kam darajada boshqa turdagi hayvonlarida uchrashi mumkin.
Kasallik ko‘pincha hayvonlarni saqlash qoidalarining buzilishi, ya’ni organizmining sovuq qotishi, bo‘g‘oz hayvonlarga sovuq suv, muzlagan, mog‘orlagan oziqlarning berilishi va ko‘pincha biyalarda jismoniy zo‘riqish natijasida ro‘y beradi. Bundan tashqari, bo‘g‘oz hayvonning qorniga mexanik ta’sirlar bo‘lishi, rektal va vaginal tekshirishda htiyotsizlik ham sabab bo‘lishi mumkin. Kasallik biyalarda bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarmi davomida, sigirlarda esa tug‘ishiga 3-4 hafta qolganida qayd Yetilishi mumkin.
Belgilari bezovtalanish, ba’zan tana haroratining ko‘tarilishi, yurak urishi va nafas sonining tezlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Biyalarda to‘lg‘oq tutishdan oldin sanchiqlar paydo bo‘ladi. Keyinchalik, hayvonlarning beli bukilib, qorin devori muskullari taranglashadi. Rektal tekshirish bilan bachadonning qisqarib bo‘shashishini sezish mumkin. Kasallik uzoqqa chuzilsa, hayvonning nafas olishi, tomir urishi tezlashadi, tez terlaydi.
Diagnoz kasal hayvonlarning umumiy bezovtalanishi, sanchiqlarning paydo bo‘lishi va tug‘ish belgilarining yo‘qligiga qarab qo‘yiladi. Biyalarda vaqtidan ilgari kuchanish va to‘lg‘anoqlar 2 soatdan 12 soatgacha davom etishi va ko‘pincha bola tashlash bilan yakunlanishi mumkin. Sigirlarda esa bu hol 2-3 kun davom etib, asfiksiya natijasida homilaning o‘lishi va bola tashlash kuzatilishi mumkin.
Vaqtidan oldin kuchaniq va to‘lg‘oq hayvonlarning normal tug‘ishidan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: 1) barcha tug‘ish belgilarining mavjud emasligi; 2) ichki tekshirish natijalari; 3) urug‘lantirishni hisobga olish jurnali ma’lumotlari.
Vaqtidan ilgari kuchaniq va to‘lg‘oq tutishida hamma vaqt ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim. Biya, sigir, qo‘y va echkilarda kuchaniqlarning zo‘rligi tufayli bachadon yorilib, hayvon halok bo‘lishi mumkin.
Davolashda kasal hayvonga eng avval tinchlik berilishi va qisqa muddatli yurgizish tavsiya etiladi. Hayvon yotganida yoki tik turganda tananing orqa qismi oldingi qismiga nisbatan balandroq bo‘lishi lozim. Hayvonning bel va dumg‘aza sohasiga issiq kompress qo‘yiladi. Teri ostiga morfiy (biyalarga 0,5, urg‘ochi itlarga 0,03-0,05 g miqdorida), sigirlarga 0,02 g atropin teri ostiga yuboriladi, 1-1,5 l miqdorida aroq ichiriladi; cho‘chqalarga to‘g‘ri ichak orqali (150-200 ml suvga 15,0-20,0 quruq modda hisobida) xloralgidrat eritmasi yuboriladi.
To‘lg‘oqni bo‘shashtirish uchun hayvon dumg‘azasi bilan birinchi dum umurtqasi orasiga (sakral anesteziya) 1%-li novokain eritmasidan 15-20 ml yuboriladi. Dorilarni vena qon tomiriga yuborish va klizmalar o‘tkazish hayvonga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bachadondagi homila o‘lik bo‘lsa, uni tezda chiqarib olish choralarini ko‘rish lozim.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling