Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari
Download 111.5 Kb.
|
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1
Davolash yordami bachadonni o‘z holatiga keltirish va qon aylanishini tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Tug‘ish paytida homilani bachadon buralgan tomonga teskari burab tortish bilan bachadonni qisman buralishini to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun hayvon chalqancha yotgan holatda fiksasiya qilinib, bachadonga ko‘p miqdorda moylar yoki shilimshiqli suyuqliklar yuboriladi.
Ishlab chiqarishda sigirlarda bachadonni buralib qolishini to‘g‘rilash uchun dastlab uning qaysi tomonga buralganligi aniqlanadi. Keyin hayvon qalin tushama ustiga avaylab yiqitilib, akusher qo‘lini to‘g‘ri ichak orqali tiqadi va bachadonni buralgan tomoniga teskari buragan holda ushlab turadi. Yordamchi kishilar esa hayvonni teskari tomoniga ag‘daradi. Shunda bachadon o‘z inersiyasiga ko‘ra joyida turishi, hayvonni ag‘darilishi hisobiga bachadonning buralishi to‘g‘rilanadi. Ba’zida hayvonni bir necha marta ag‘natishga to‘g‘ri keladi. Itlar, cho‘chqalar va quyonlarda bachadon buralishini to‘g‘rilashning yagona radikal usuli laporotomiya hisoblanadi. Abort (Abortus) deganda - bo‘g‘ozlikni vaqtidan ilgari uzilishi ya’ni homilaning nobud bo‘lishi, keyin uning so‘rilib kyetishi, o‘zgargan homilaning bachadonda ushlanib qolishi yoki tashqariga chiqarilishi tushiniladi. Bola tashlash barcha qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchrashi mumkin. Shuning uchun chorvachilikka iktisodiy jihatdan katta zarar keltiradi. Bu zarar nafaqat nasldor hayvonlar sonining, balki ularning go‘sht, so‘t, jun va boshqa mahsuldorligining keskin kamayishi bilan ham ifodalanadi. Ko‘pincha bola tashlashdan so‘ng hayvonda uning asorati sifatida jinsiy a’zolarning kasalliklari rivojlanadi, bu esa hayvonni doimiy qisirligiga olib keladi, ba’zan kasallik tufayli hayvon nobud bo‘ladi. D.Xemmond abortlarning sabablarini uch asosiy guruhga bulishni tavsiya etadi: 1.Ota-onasidan beriladigan genyetik jihatlarning yetarli bo‘lmasligi tufayli embrionning to‘laqimmatli rivojlanmasligi; 2. Kimyoviy moddalarning ona organizmiga tushishi oqibatida kelib chiqadigan anomaliyalar; 3. Ona organizmi sekryetlarining (susimon modda) murtakni bachadonga yopishishiga noqulay ta’siri yoki uning yomon sifatli bo‘lishi. Yuqumli va invazin kasalliklar tufayli bola tashlash urg‘ochi hayvon organizmiga mikroorganizmlar, viruslar yoki zamburug‘larning tushishi oqibatida kuzatiladi. Yuqumli kasalliklar natijasida bola tashlashga sigir, qo‘y va cho‘chqalarning brusellyoz, sigirlarning vibrioz kasalliklari oqibatida, invazion (idopatik) kasalliklar oqibatida bola tashlashga urg‘ochi hayvonlarning trixomonoz kasalligi tufayli, simptomatik bola tashlashga hayvonlarning gemosporidioz va gelmintozlar bilan kasallanishi oqibatida bola tashlashi misol bo‘ladi. Brusellyoz bilan kasallangan sigirlar ko‘pincha bo‘g‘ozlik davrning 5-7 oyida, birinchi marta tug‘ayotgan gunojinlar esa bo‘g‘ozlikning 4 oyida bola tashlaydi. Bunda hayvonning jinsiy a’zolari shishib, undan yiring aralash shilimshiq suyuqlik oqa boshlaydi. Homila bachadondan har doim ham chiqavermaydi va chirib ketadi. Sigirlar vibroz kasalligi bilan og‘riganda ularning homilasi 1-8 oylikkacha muddatda o‘ladi va bola tashlaydi. Tashlangan bola ko‘pincha biroz shishgan bo‘ladi, bola tashlagan hayvon jinsiy a’zosidan dastlab qon aralash, keyin shilimshiq suyuqlik oqadi. Abortlarning bir nencha tasniflari mavjud bo‘lib, ularning orasida A.P.Studensov tasnifi eng ma’quli hisoblanadi. Bunga ko‘ra abortlarning uch turi: yuuqumsiz, yuqumli va parazitar abortlar farqlanadi. Barcha yuqorida ko‘rsatilgan abortlarning ikki turi farqlanadi: a) idiopatik (idios - asosiy, mustaqil, shaxsiy) abortlar - homila yoki uning provizor a’zolariga spesifik etiologik omillarning bevosita ta’siri oqibatida kelib chiqadi; b) simptomatik abortlar - ona hayvonning kasalliklari yoki ularni noto‘g‘ri saqlash va oziqlantirish oqibatida kuzatiladigan abortlar. Yuqumsiz kasallik tufayli bola tashlash hollari yuqumli va invazion kasalliklar oqibatida bola tashlashga nisbatan ko‘proq uchraydi. Abortlar muddatiga ko‘ra, erta (1-4 oyligida), kechki (sigirlarda bo‘g‘ozlikning 5-7- oylarida, biyalarda 8-10, qo‘y-echki va cho‘chqalarda 3-4 oyligida) bo‘lishi mumkin. Abortlar ko‘pincha bo‘g‘ozlik davrining aynan bir muddatida takrorlanib turadi. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling