Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari


Download 111.5 Kb.
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1403819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1

Erta abort. Embrionning so‘rilib kyetishi (embrion o‘lishi) bilan tugashi mumkin va bunda sigir, biya, qo‘y va cho‘chqalarda 1-3 oydan keyingina kuyikish kuzatiladi. embrion o‘lishining oldini olish uchun ona hayvonlarning oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, rasionda vitaminlar va makro- va mikroelementlar yetarli bo‘lishi lozim.
Klinik namoyon bo‘lishiga ko‘ra, to‘liq va chala abortlar farqlanadi.
To‘liq abort (Abortus complyetus)paytida to‘la rivojlanmagan homilani bachadondan chiqarilishi yoki barcha homilani (ko‘p bolalikda) o‘lishi kuzatiladi.
Chala abort (Abortus incomplyetus) paytidabachadondagi bitta yoki bir nechta homilaning o‘lishi va bachadonda qolgan homilaning normal tug‘ilishi xarakterli bo‘ladi.
Odatlangan abort. Ko‘pincha sigir va biyalarda taxminan bo‘g‘ozlik davrining aynan bir muddatida, ko‘proq ikkinchi yarmida abort takrorlanib turadi. Sariq tana faoliyatining yetishmovchiligi, bachadonning rivojlanmay qolishi va endomyetritdan so‘ng bachadon pardasining o‘zgarishi odatlanib qolgan abortga sabab bo‘ladi.
Bola tashlagan hayvonni alohida ajratib, uni saqlaydigan joylar mexanik usul bilan tozalanib dezinfeksiya qilinishi, homila va uning pardalari toza hamda yorug‘ joyda ko‘zdan kechirilishi kerak. So‘ngra abort bo‘lgan homila yoki uning qismlari suv o‘tkazmaydigan idishlarga solinib shuningdek, o‘lgan homiladan olingan qon ham vyeterinariya laboratoriyalariga jo‘natiladi. Agar bola tashlagan sigirlar vibrioz yoki trixomonoz kasalligiga gumon qilinsa, unda qinning bachadon bo‘yinchasidan shilimshiq modda olinib tekshiriladi.
Bola tashlash sabablarini aniqlashda anamnez ma’mulotlarini e’tiborga olish kerak. Bola tashlash sabablari aniqlangandan so‘ng hayvon davolanadi. Chorvachilik fermasi yoki xo‘jalikda hayvonlarda bola tashlash hollarining oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Yuqumli kasalliklar tufayli sodir bo‘ladigan bola tashlashda, avvalo brusellyoz, vibrioz va trixomonoz kasalliklariga tekshirish o‘tkazilishi kerak.
Hayvonlarning yalpi bola tashlashi ko‘p hollarda yuqumli kasalliklar va oziqlanishning yetarli bo‘lmasligi oqibatida kuzatiladi. Bola tashlashga sabab bo‘lgan yuqumli kasallik aniqlanganda, ma’lum ko‘rsatma asosida qarshi kurash choralari o‘tkaziladi.
Ko‘pincha abort paytida homila o‘lik bo‘ladi. Ayrim hollarda homila chala tug‘ilishi ham mumkin. Agar homila tirik, tanasi jun bilan qoplangan va emish refleksi namoyon bo‘lsa, uni darhol artib quritiladi, issiq (25-30°) xonalarda saqlanib, unga 37-38° gacha isitilgan uviz suti beriladi.
Bola tashlash o‘lik homilaning chiqishi bilan sodir bo‘lsada, hayvonlarda uviz suti paydo bo‘lib, yelini kattalashadi, tana vazni kamayadi.
Ayrim hollarda abort oqibatida homilaning mumiyolanishi va quruqlashishi (mumificatio fyetus), yoki homilaning chirishi, yemirilib parchalanishi (mmacEratio fyetus) va homilaning qotib qolishi (pyetrificatio fyetus) bilan kechishi hamda homilaning so‘rilib kyetishi bilan boradigan yashirin abort (abortus latentus) kuzatilishi mumkin.
Homilaning mumiyolanishi ko‘pincha sigir, cho‘chqa, sovliq va echkilarda kuzatiladi. Bu bachadonda o‘lgan va unda ushlanib qolgan homilada yuz beradigan jarayon bo‘lib, shu davr ichida ona organizmida dastlab homila oldi suyuqliklari, so‘ng homila tanasi to‘qimalarining suyuq tarkibiy qismlari shimiladi, shu sababdan homila zich bo‘lib, birmuncha qo‘rib qoladi. Homilaning mumyolanishi bachadonda chirituvchi va yiringli mikroorganizmlar bo‘lmagan taqdirda sodir bo‘ladi va qo‘rigan homila bir necha yil davomida bachadonda saqlanishi mumkin.
Hayvon organizmida homila suvining shimilishi darajasiga qarab uning atrofini o‘rab olgan bachadon devorlari asta-sekin qisqaradi. Shu tufayli homila pardalari homilaga va bachadon devorlariga zich o‘rnashib qoladi.
Bachadonda homilasi mumyolanib qolgan hayvonning sog‘ligida biror o‘zgarish sezilmaydi, hamda bachadonda homila borligini ko‘rsatuvchi belgilar ham bo‘lmaydi. Faqat bunday hayvonlarda uzoq vaqtgacha kuyikish holati kuzatilishini e’tiborga olib homilaning mumyolanib qolganligini bilish mumkin.
Homilaning mumiyolanganligini aniqlashda quyidagi belgilarga e’tibor beriladi: tug‘ish belgilarining yo‘qligi yoki bo‘g‘ozlik belgilarining namoyon bo‘lishini to‘xtashi, jinsiy davrlarning buzilishi, paypaslanganda bachadonda qattiq tananing borligi, karunkulalar va flyuktuasiyaning yo‘qligi, tuxumdonlarning birida sariq tananing borligi. Bundan tashqari, bachadon o‘rta arteriyasi paypaslab ko‘rilganda bo‘g‘ozlik uchun xarakterli bo‘lgan tebranishlar sezilmaydi. Sovliq va echkilarda homilani mumyolanib qolganligini qorin devorini tashqi tomondan paypaslashda qo‘lga qattiq tana tegishidan aniqlash qiyin Emas.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling