Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari
Download 111.5 Kb.
|
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Homilaning maserasiyasi (Maceratio fyetus).
Davolash. Bachadonda mumyolanib qolgan homilani olib tashlash uchun teri ostiga 1%-li sinestrol eritmasidan yirik hayvonlarga 4-5 ml va mayda hayvonlarga 1 ml miqdorida 12 soat oralatib ikki marta yuboriladi. So‘ng sariq tana bosilib (sigirlarda) enukleasiya qilinadi, 15-20 ml 1,5%-li novokain eritmasi yuborilib, sakral og‘riqsizlantiriladi, bachadon bo‘yinchasi kanali 4-5 barmoq kattaligida kengaytiriladi. Bachadon bo‘shlig‘iga shilimshiqli qaynatma yoki furasilin, sintomisin, gramisidin kabi antibiotiklarning moyli emulsiyasi yuboriladi. Sigir va biyalarga 30-60, cho‘chqalarga - 30, mayda hayvonlarga 3-15 TB oksitosin teri ostiga yoki muskul orasiga ineksiya qilinadi. Bundan keyin ham bachadondagi mumyolanib qolgan homila tashqariga chiqmasa akusherlik yoki Kreya-Shottler ilmoqlari yordamida tortib olinadi.
Konservativ usullar bilan mo‘myolangan homilani olib tashlashning iloji bo‘lmaganda Kesarevo usuli qo‘llaniladi. Homilaning maserasiyasi (Maceratio fyetus). O‘lgan homila yumshoq qismlarining fermentativ jarayonlar tufayli suyulib, hatto suyaklarning birlashgan joyidan ajralib qolishiga homilaning maserasiyasi deyiladi. Bu jarayon bachadonda anaerob mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida ro‘y beradi. Bachadon bo‘yinchasining ochilgan kanali orqali tushgan mikroorganizmlar oldin bachadon shilliq pardasini yallig‘laydi, keyin esa homilaga ta’sir etadi. Natijada bachadon bo‘shlig‘ida qo‘ng‘ir rangli shilimshiq ekssudat yig‘iladi. Bu kasallik barcha turdagi hayvonlarda, ko‘pincha sigir, echki va cho‘chqalarda kuzatiladi. Bachadonida homila maserasiyalangan hayvon qattiq kuchanadi, jinsiy yo‘llardan yiring aralash jigarrang ekssudat oqadi. Ba’zan kuchaniqlar natijasida jinsiy teshikdan maserasiyaga uchragan homila suyaklarining ayrim qismlari chiqadi. Kasal ona hayvonning ishtahasi yo‘qoladi, harorati ko‘tarilib, kuchli oriqlaydi. Ayrim hollarda bachadondagi homilaning tana qismlari bir necha hafta davomida tashqariga chiqib turadi, shundan so‘ng hayvon asta-sekin tuzala boshlaydi. Ko‘pincha yallig‘lanish jarayoni bachadonning shilliq pardasidan o‘tib, muskul, zardob pardasini va hatto qorin pardasini shikastlaydi. Bunday hollarda bachadon bo‘shlig‘ida yig‘ilib qolgan yiringli ekssudat abssessga sabab bo‘lishi va qorin devori orqali tashqariga teshilib chiqishi mumkin. Bachadon homiladan tozalangandan so‘ng hayvon sog‘aya boshlaydi yoki kasallik surunkali ko‘rinishda o‘tadi va piemiya avj oladi. Biyalar odatda peritonit oqibatida halok bo‘lishi mumkin. Kasal hayvon rektal usul bilan tekshirilganda bachadon qattiqlashgan bo‘lib, undagi homilaning ayrim qismlari paypaslanadi. Hayvon qin orqali tekshirilganda bachadon bo‘yinchasi kanali biroz ochiq va undan yiringli ekssudat oqayotganligi aniqlanadi. Davolash maqsadida sigir va biyalarga 1%-li sinestroldan 5 ml teri ostiga 12 soat oralatib ikki marta yuboriladi. So‘ngra bachadon bo‘yinchasining qin qismiga 30-35 daqiqa davomida issiq suv (45°C) yuborilib, qo‘l barmoqlari bilan bachadon bo‘yinchasi kanali kengaytiriladi, homila suyaklarini chiqarib olish uchun bachadonga shilimshiqli qaynatma yoki moyli emulsiya yuboriladi. Shundan so‘ng bachadonga antiseptik dorilar yuboriladi. Kasal hayvonda tana harorati ko‘tarilganda antibiotiklar muskul orasiga ineksiya qilinadi. Bachadon 10%-li osh tuzi, rivanol (1:2000), oq streptosidning 0,8%-li eritmasi bilan yuviladi. Sigirlarda ko‘pincha homilaning chirishi yoki emfizemasi o‘lgan va ushlanib qolgan homila to‘qimalariga chirituvchi anaerob mikroorganizmlarning tushishi tufayli kuzatilib, bunda homilaning chirishidan gazlar hosil bo‘ladi va bachadon xaltasimon shaklni oladi. Bachadonga chirituvchi mikroorganizmlar ochiq bachadon bo‘yinchasi kanali orqali yoki gematogen yo‘l bilan tushishi mumkin. Mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida hosil bo‘lgan vodorod sulfid, ammiak, moy kislotasi va karbonat angidrid kabi moddalar homilani o‘lishi, qisqa vaqt ichida chirishi va bachadon hajmining juda kattalashishiga sabab bo‘ladi. Homila to‘g‘ri ichak orqali paypaslab ko‘rilganda g‘ijillagan tovush eshitiladi, jinsiy yo‘llardan chirigan hid keladi. Kasal hayvonlarda to‘lg‘oq kuchsiz, sezilarsiz darajada bo‘ladi yoki mutlaqo kuzatilmaydi. Hayvonning umumiy holati yomonlashgan, tana harorati 40-41°C atrofida, nafas va tomir urishi tezlashgan bo‘ladi. Kavshovchi hayvonlarda ko‘pincha timpaniya, biyalarda esa sanchiqlar ro‘y beradi. Hayvon qin orqali tekshirilganda qinning shilliq pardalari qizargan, jinsiy yo‘llar quruq va bachadondan chirigan hidli suyuqlikning ajralishi kuzatiladi. Hayvon rektal usulda tekshirilganda bachadondagi homilaning kattalashganligi va uning to‘qimalari paypaslanganda g‘ijillashi seziladi, bu teri osti klyetchatkasida gazlarning to‘planishidan dalolat beradi. Bola tashlashning bunday turi hayvonlar uchun juda havfli bo‘lib, ular ko‘pincha sepsis oqibatida halok bo‘ladi. Bola tashlagan hayvonga yordam ko‘rsatishda mutaxassis shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi zarur. Buning uchun qo‘lni yod, benzin va parafin aralashmasi yoki taninning 5%-li spirtli eritmasi (5:100) bilan artish kerak. Agar qo‘lda biror jarohat bo‘lsa, uni yodning 5%-li spirtli eritmasi bilan artib, ustidan kolloid eritmasi qo‘yish, so‘ngra uning ustidan 10%-li ixtiol malhamini surtish lozim. Yaxshisi ginekologik qo‘lqoplarda ishlash kerak. Bachadonga kaliy permanganat eritmasi (1:500) yuborilishi zarur, so‘ngra zig‘ir urug‘i qaynatmasi yoki turli moylarni qo‘yish tavsiya etiladi. Homilaning joylashishi, tana qismlarining holati ma’lum bo‘lgandan keyin bachadondan olib tashlanadi. Homilaning hajmini kichiklashtirish uchun uning terisi uzunasiga kesilib, teri osti klyetchatkasida yig‘ilib qolgan gazlar chiqarib yuboriladi, keyin fyetotomiya operasiyasi o‘tkazilib, homilaning qorni yorilib ichki a’zolari olib (eventerasiya) tashlanadi. Bachadon butunlay tozalangandan so‘ng, unga burishtiruvchi sovuq eritmalar yuborilishi kerak. O‘lib qolgan homilani olib tashlashdan oldin kasal hayvonga 20%-li kofein eritmasidan yirik hayvonlarga 20-30 ml terisi ostiga, 2-5 mln TB miqdorida antibiotiklar muskul orasiga yuboriladi. Bachadonning qisqarishini kuchaytirish maqsadida pitutrin, pregnantol sigir va biyalarga 5-10 ml, cho‘chqalarga 2 ml, qo‘y va echkilarga 1 ml, urg‘ochi itlarga 0,5- 1 ml miqdorida 3-5 kun davomida teri ostiga kuniga 1-2 marta yuborildi. Jinsiy a’zolar antiseptik eritmalar bilan yuviladi, keyin bachadonga 3-5 dona furazolidon tayoqchasi yoki 5 kapsula septimyetrin, 1-2 dona Ekzuter, 3-5 dona tribrissen tashlanadi, shuningdek, antibiotiklar davolovchi dozalarda muskul orasiga yuboriladi. Embrionning so‘rilishi bilan bo‘ladigan abort klinik belgilarsiz kechib, unga tashxis qo‘yish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda urug‘lanmay qolgandagiga nisbatan hayvonda jinsiy davrlar orasidagi muddatni uzayganligiga qarab taxmin qilish mumkin. Shuningdek, sigir bo‘g‘ozligining 1-2- oyligida, biyalar ikkinchi marta (2-3 oyligida) tekshirilganda bo‘g‘ozlik belgilarining bo‘lmasligi embrionning so‘rilib kyetganligidan dalolat beradi. Bola tashlashning barcha turlarida homila pardalarini tekshirish muhim, chunki ularning kasalliklari ko‘pincha bo‘g‘ozlikning muddatidan oldin tugashiga olib keladi. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling