Bohodir eshov


Mavzu. 0‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada mafkuraviy jarayonlar


Download 0.73 Mb.
bet56/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Mavzu. 0‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada mafkuraviy jarayonlar

XVII asrda Gollandiyada siyosiy ta’limotlar .
1.O’rta asrlarda G’arbiy Evropa mamlakatlarida siyosiy ta’limotlarning asosiy yo’nalishlari haqida.
2.Foma Akvinskiyning diniy, siyosiy qarashlari.
3.N.Makiavellining davlat va huquq haqidagi qarashlari.
4.J.Bodenning davlat va mustaqilligi suverenitet haqidagi goyalari.
5.Evropadagi XVII asr inqiloblarining asosiy xususiyatlari va ularning siyosiy-huquqiy mafkurada aks etishi. Tabiiy huquq nazariyasiga umumiy tavsif
6.Gugo Grotsiyning davlat va huquq haqidagi ta’limoti.
7.Spinozaning siyosiy ta’limotlari.
8.Tomas Gobbsning siyosiy qarashlari.
9.Evropa utopistlarining siyosiy qarashlari

3.


5.Evropadagi XVII asr inqiloblarining asosiy xususiyatlari va ularning siyosiy mafkurada aks etishi. Tabiiy huquq nazariyasiga umumiy tavsif
XVII asrda Evropada muvaffaqiyat qozona boshlagan inqiloblar, ya’ni jamiyat taraqqiyotida va tafakkur rivojida ro’y bergan tub sifat o’zgarishlari, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish jarayoni tabiiyki, siyosiy-huquqiy mafkurada ham o’z in’ikosini topdi. Ma’lumki, XVII asr boshlarida Gollandiyada ro’y bergan inqilobda dastlabki g’olibona inqilob bo’ldi. Shundan so’ng Angiliyada (1642-1649) inqilob ro’y berdi. Keyinchalik Shimoliy Amerikada va Evropaning boshqa malakatlarida g’alaba qozongan inqiloblar ham XVII asrda boshlangan inqiloblarning mantiqiy davomi edi. Bu inqiloblar vazifalari orasida milliy mustaqillikka erishish vazifasi bilan birga, siyosiy vazifa — feodal monarxiyani yo’qotib, burjua respublikasini o’rnatish vazifasi muhim o’rin tutadi.
Shuning uchun ham diniy dogmatizmga, cherkovning ma’naviy sohadagi diktaturasiga qarshi kurash ayniqsa o’rganilayotgan davr uchun xos bo’lgan xususiyatdir. Shu sababli butun Evropa falsafasi, shu jumladan siyosiy-huquqiy ta’limotlarning shakllanishi va ularning rivojlanishida yangicha, ratsional va dunyoviy yondashuv markaziy o’rin tutdi.
Antik davr mutafakkirlari tabiiy huquq nazariyasining shakllanishiga asos solganlar. Ular, xususan, Suqrot, Aflotunlar, huquq tabiatning o’zida, insonning mohiyatida mavjuddir, degan qarashni ilgari suradilar. XVII—XIII asrlarga kelib tabiiy huquq kontseptsiyasi ma’rifatparvarlar tomonidan rivojlantiriladi. Ushbu nazariyaning yirik vakillari Boden, Grotsiy, Gobbs, Puffendorf, Volf va Kantlardir. Xristianlikda keng tarqalgan qarashga ko’ra, tabiiy huquq ilohiy qonun natijasida vujudga kelgan bo’lib, inson tabiatida u yaratilgandan buyon mavjuddir. Tabiiy huquq, zamon va makondan qat’i nazar, barcha uchun barobardir.
Shunga ko’ra tabiiy huquq siyosiy va huquqiy tafakkurlar tarixida keng tarqalgan ta’limotlardan biri hisoblanadi. Tabiiy huquq — kishilarning tabiatidan kelib chiqadigan, muayyan ijtimoiy sharoitga bog’liq bo’lmagan tamoyil, qoida, huquqlar majmuidir. Ayni chog’da tabiiy huquq — huquq to’g’isidagi benuqson, teran axloqiy va yuksak darajada adolatli tasavvurlar yig’indisi hamdir. Tabiiy huquq azaldan mavjud siyosiy jamiyatdagi joriy huquqiy tizim va ijtimoiy munosabatlarni baholash kategoriyasi sifatida xizmat qilgan. Shu boisdan Evropadagi XVII asr inqiloblarida ham tabiiy huquq muhim ahamiyat kasb etgan.
Umuman olganda, insonning tabiiy huquqi bilan bog’liq tamoyillar hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Tabiiy huquq va unga tegishli yuridik majburiyatlar davlatlarning konstitutsiyalarida, eng muhim qonunchilik hujjatlarida mustahkamlab kelinadi. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24-moddasi shu jihatdan ibratli. Jumladan, unda shunday deyiladi: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish og’ir jinoyatdir”. Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda tabiiy huquq tamoyillariga asoslangan ko’plab moddalar mavjud.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling