Bohodir eshov
Analitik yurisprudentsiyaning siyosiy xususiyatlari
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Analitik yurisprudentsiyaning siyosiy xususiyatlari.
1.Analitik yurisprudentsiyaning siyosiy xususiyatlari.
2.Birdamlik va institutsionalizmning siyosiy g’oyalari. 3.Sotsiologik yurisprudentsiya 4.Integrativ yurisprudentsiya Yangi davr siyosiy ta’limotlarida huquqiy davlat qurish g’oyalari. Siyosiy ta’limotlarda demokratiya va ko’ppartiyaviylik haqidagi qarashlari. Parlament haqidagi siyosiy qarashlar. Siyosiy va huquqiy ta’limotlarda inson huquqi va erkinligi g’oyalari. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqidagi qarashlar. O’zbekiston siyosiy ta’limotlarida inson huquqlari, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish g’oyalari. 1.Analitik yurisprudentsiyaning siyosiy xususiyatlari. Davlat va huquqning moxiyati, sabab va maqsadlari haqidagi masalalarni pozitivizmning metoilmiy deb xisoblagan davlat va huquqning pozitivistik nazariyasi ikki variantda namoyon bo’ladi. Birinchi variantdagi pozitivizm bu - yuridik pozitivizm bo’lib, burjuaziyaning yuridik dunyo qarashi an’analarini davom qilib, huquqni aniq bir so’zsiz pozitiv fakt sifatida qaraydi. Ikkinchi variantdagi pozitivizm bu – sotsiologik pozitivizmdir (xozirgi zamon burjua sotsiologik huquqining ildizi) va huquqni boshqa ijtimoiy voqea xodisalar bilan jips aloqadorlikda tadqiq qiladi va pozitivistik sotsiologiyaning tabiiy biologik va psixologik turfaligiga, turligiga ishora qiladi (davlatning organiq nazariyasi, zurlik nazariyasi, sotsiologo-psixologik kontseptsiyalar va xokazo). Yuridik pozitivizmning asosiy namoyondalari Angliyada D.Ostin va uning izdoshlari (analitik maktab deb xam yuritiladi), Germaniyada K.Bergbon va P.Loband, Frantsiyada A.Esmen edilar. Bular faqat pozitiv huquqning (davlat tomnidan e’lon etilgan normalarning yigindisi va majmuasini) mavjudligini tan olishar va barcha kolgan huquqni, shu jumladan, tabiiy huquqni harakterdagi pozitiv huquqning axloqiy baxosi – ko’rinishi deb bilishardi. Yuridik pozitivizm davlat va huquqning moxiyatini bilish va anglash imkoniyatini inkor etar, yurisprudentsiyaning tushunchalari, printsiplari va kategoriyalarini tafakkkurning sub’ektiv mavxumlik deb tushunardi, demakki bular davlat huquqning ob’ektiv moxiyatini aks ettira olmaydi deb edi. Yuridik pozitivizm vakillari huquqni manfaat, erkin iroda va erkinlikning normalari deb izoxlashga qarshi chikib, yurisprudentsiya tushunchalarning yurisprudentsiyasiga aylanib qolishi mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin. bu nazariyaga ko’ra, huquq davlat tomonidan e’lon kilingan va jamiyat a’zolariga yullangan va demakki ular uchun e’lon muljallangan umumajburiy normalar va qoidalarning majmuasi sifatida maydonga chiqadi. Huquq moxiyatan va mazmunan siyosiy xumkdor yoki suveren tomonidan o’rnatilgan qoidalar agregati xisoblanadi, deydi Ostin. Yuridik pozitivizm huquq va davlatning muayyan bazisga bog’liq va uning taqozosi ekanligini rad qiladi. Bundan esa huquq normalarini valyutaristik tarzda tushuntirish kelib chiqardi. Yuridik normalar davlatning zuravonligi, zurligi xosilasi sifatida kurilar, normalar abstrakt tarzidagi buyruqlar, qonun chiqaruvchining normativ fikrlashi sifatida tushunilar edi. Bu nazariyaga ko’ra, huquq oliy davlat xokimyati chiqargan qonunlar bilan teng va aynan bo’lishi mumkin edi. Davlat qonunlarini o’rnatadi va bu qonunlar orqali yuridik huquqlarni takdim etadi, muayyan majburiyatlarni yuklaydi (Ostin). Huquqni qonun bilan aynan tushunchalar deb bilguvchilar huquqiy munosabatlarni qonuniy munosabatlarga almashtirishga o’rindilar. Huquqning davlat bilan aloqasiga dogmatik tarzda yondoshish okibatida Ostin va uning izdoshlari Xalqaro huquq normalarini «tom ma’nodagi huquq» emas deb tushuntirishar, zero bu normalar davlat tomonidan buyruk sifatida berilmaganli ta’kidlanardi. Ushbu fikr davlat suverenitetiga ishora kilinib, «suveren pozitiv huquq oldida mas’ul emasligi va suveren yuridik majburiyatlardan ozod ekanligi ukdirilar edi. Shu asosda Ostin huquq sohasidan konstitutsion huquqni istisno etdi. Uning fikricha davlat suveren bular ekan, huquq normalariga bo’ysunishi mumkin emas va o’z faoliyatida cheklovlar va doiralar bo’ysunmaydi. Yuridik pozitivizm tarafdorlari davlatshunoslikka formal yuridik metodni kullab, davlatning yuridik konstruktsiyasini vujudga keltirdi (Germaniyada K.Gerber va P.Laband, Angliyada A.Daysi, Frantsiyada A.Esmen). davlat, Gerberning fikricha, «xulning umumiy asosda birgalashib yashashi uchun muljallangan huquqiy formadir va davlat «oliy yuridik shaxsdir. Laband davlatda «Xalqning yuridik tashkiloti»ni ko’radi. Esmenning fikriga ko’ra esa, davlat – millatning yuridik siymosidir. Davlat huquqiy konstruktsiya sifatida ko’rilar, ko’proq huquq sub’ekti bo’lgan – yuridik shaxs sifatida qaralar edi. Natijada huquq va davla o’zaro munosabati va nisbati haqidagi masalada tushunarsiz, bir xolat yuzaga keldiki: bir tomondan huquq davlat tomonidan ijod kilinib vujudga keladi va davlatning buyruklari, xoxish-irodasining majmuasi bulsa, ikkinchi tomondan esa, davlatning uzi huquqiy voqea-xodisa (ya’ni, huquq sub’ekti yoki huquqiy munosabat) xisoblanadi. Davlatning yuridik konstruktsiyasi «huquq xukmronligi», «huquqiy davlat», «davlatning huquq bilan o’ыz-o’zini cheklashi» kabi doktrinalar bilan to’ldirilib bordi. Zamonaviy analitik yurisprudentsiya Yangi yuridik pozitivizmning modifikatsiyasi tarzida rivojlandi. Ushbu nazariyaning metodologik va nazariy jihatlarini Djon Ostinning asarlarida ko’rish mumkin. Tarixiy –falsafiy nuqtai nazardan analitik yurisprudentsiya ko’p jihatdan Gans Kelzennning yuridik pozitivizmiga yaqin turadi.Analitik yurisprudentsiyada qonun qonun chiqaruvchining fikrlarining ifodalanishi deb tushuntiradi. Qonunlarni analiz qilish va sharhlash mantaqan to’g’riligi e’tiborni qaratish joiz. Huquqshunoslarning asosiy vazifasi huquqni qarama-qarshiliklardan va bo’shliqlardan xalos etish va mukammal huquqiy matnlar va qonunlar sharhini yaratishdan iborat, degan fikrni ilgari suradi. Analitik yurisprudentsiyadagi fikrlarda dogmatik tarzda huquqni tushunishga ishora qilingan. Djon Ostenning «Yurisprudentsiya haqida ma’ruza yoki pozitiv huquq falsafasi» asarida (XIX asr o’rtalari) pozitiv huquqning oldida boshqa huquq javob bera olmaydi, deydi.1 Analitik yurisprudentsiya belgilari mavjud bo’lgan qarashlar ingliz olimi Gerbert Hart fikrlarida ham yaqqol ko’rinadi.Huquqni analiz qilib, rasmiy- mantiiqiy tizim sifatida «birlamchi» va «ikkilamchi» qoidalarga bo’ladi (Huquq kontseptsiyasi.1961). Birlamchi qoidalar o’zida qonuniy o’rnatilganligini ko’rsatadi. Bunda birlamchi qoidalar suveren davlat organi (parlament) tomonidan tayyorlanadi va ma’lum huquqiy oqibatlar,burchlar va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Ikkilamchi qoidalar uch turdagi kurinishga ega bo’ladi- tan olish qoidasi, o’zgartirish qoidasi va sud qarorini qabul qilish qoidasidir. AQShning yozilgan konstitutsiyasi tan olish qoidasiga mos keladi. Qo’shma Qirollkning yozilmagan konstitutsiyasi ham tan olish qoidasiga kiritiladi.Chunki qoidalar parlament va sud tomonidan ishlab chiqilgan2. Hartning huquq konstruktsiyasi va huquq tizimiga doir nazariyasi yigirmanchi asrning o’rtalarida juda qadrli bo’lishiga qaramay, Oksford universiteti huquq professori ,amarikalik Ronald Dvorkin uning nazariyasini falsafiy va sotsiologik tomondan tanqid qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling