Bohodir eshov


Birdamlik va institutsionalizmning siyosiy g’oyalari


Download 0.73 Mb.
bet73/74
Sana25.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1227949
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

2.Birdamlik va institutsionalizmning siyosiy g’oyalari.
Birdamlik g’oyalari sug’orilgan siyosiy va huquqIy g’oyalarni frantsuz huquqshunoslari orasida ko’rish mumkin. Bordo yuridik fakultetining dekani, huquq nazariyotchisi va konstitutsionalist Leon Dyugi (1859-1928)ning qarashlarida ko’rish mumkin. Uning «Konstitutsion huquq haqida traktat» (1911 yil) asarida kontitutsion huquqni sharhlash bilan bog’liq masalaga e’tibor qaratadi. Uning qarashlarida huquqni tahlil etib, «ob’ektiv huquq» va «sub’ektiv huquq» tushunchalaridan umuman voz kechmaydi. Dyugining huquq sohasiga birdamlik tushunchasini kiritishi borasida rus olimi P.I. Novgorodtsevning fikri o’rinlidir : «Dyugi- o’z fanining buyuk namoyondalaridan biri sifatida yurisprudentsiya sohasiga yangi ijtimoiy tushunchani olib kirdi».3
Institutsionalizm tushunchasi jamoatchilik to’g’risidagi fikrlar bilan rivojlandi. Bular oila, kasaba uyushmasi, assotsiatsiyalar va boshqalarni tushunish mumkin. Institutsionalizm nazariyasini Moris Oriu (1859-1929) ishlab chiqadi. M.Oriuning «Ommaviy huquq printsiplari» (1910) asarida o’zning nazariyalarini keltirib o’tadi. Oriuning fikricha , « ijtimoiy ideal mavjud bo’lib, buyumlarning tartibini amalga oshiradi , biroq u o’rnatib qo’yilmagan, balki uni yaratiladi»4.
M.Oriu huquqiy tartib va huquqiy tuzumni o’ziga xos tarzda ajratadi. Huquqiy tartib alohida jarayon bo’lib, adolatli bo’lishni choralarini belgilaydi. Bunda biz huquqiy tartibni siyosiy tartibdan alohida tushunamiz, deydi Oriu.
3. Sotsiologik yurisprudentsiya
Sotsiologik yurisprudentsiyaning shakllanib oyoqqa turib, olishda nemis yuristi, professor Rudolf fon Ieringning (1818-1892) xissasi katta buldi. U «Rim huquqining o’zaro taraqqiyotida turli bosqichlardagi ruxi» (1852-1865), «Huquq uchun kurash» (1872), «Huquqda maqsad» (1877-1883) asarlarini yozib qoldirdi. Iering fikricha, davlat majbur qiluvchi xokimiyatning ijtimoiy tashkiloti va ijtimoiy majburlash tashkilotidir. Jamiyat majbur qilish imkoniga ega bo’lishi uchun davlat formasini kabul qiladi va siyosiy jamiyatga aylanadi. Iering davlatning qator belgilarini ajratib ko’rsatdi: 1) majburlash xokimiyatining aloxida apparatining mavjud bo’lishi; 2) xukmronlik va tobelik munosabatlari, boshqaruvchilar va boshqariluvchilarning qarama-qarshiligi, davlat a’zolari o’rtasidagi xukmronlik munosabatlarining xolati; 3) davlat xokimiyati va davlat ishlarining ommaviy oshkora harakterdagiligi; 4) ommaviy huquq normalarinin mavjudligi va ularning yordamida davlatning va davlat a’zolarining huquqiy xolatining o’rnatilishi, majburlash xokimiyatining tartibga solinishi, davlatning ommmaviy-huquqiy uyushma sifatida chiqishi; 5) davlatning suvereniteti, uning majbur qilishdagi absolyut monopoliyasi yukoridagi belgilarni jamlab, Ierning quyidagi xulosani yasaydi: «Davlat tarbiga solingan va muayyan intizomga bo’ysundirilgan majbur qilish xokimiyatining davlati sifatidagi jamiyatidir. Iering davlatni butun jamiyatning quroli deb tasvirlaydi. Davlatning maqsadi, uning asosiy g’oyasi deb u barcha uchun umumiy bo’lgan manfaatlarni unga taxdid soluvchi xususiy manfaatlardan ximoya qilishlarini ta’minlashda deb bildi. Maqsadning eng oliy sub’ekti bo’lib shaxs emas, balki siyosiy jamiyat va davlat chikadi». Jamiyatning manfatalarini erkinlikdan yukori turadi, deydi Iering. Davlat faoliyatini u jamiyatning xolati, shu jumladan iqtisodiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqlikda biladi. Urush va tinchlik muammosiga kapitalistik davlatlarning agressiv siyosatiga uziga xos yondoshib, Iering jamiyatning uning geografik cheklanishlariga qarshi noroziligi deb biladi. Har bir xayot kechirish uchun kurashuvchi ijtimoiy organizmga va har bir davlatga «uz xududlarini, chegaralarining kengaytirishga intilish xosdir deyiladi va kattalar va kuchlilar kichiklar zaiflar xisobiga kattalashadilar. Kuchli va yirik imperiyalar o’rtasida xayot-mamot kurashishini oldindan bashorat kilgan Iering oxir-okibatda yagona jaxon davlati vujudga keladi deydi. Huquq tushunchasida Iering formal va mazmun jixatini ajratib ko’rsatadi. Formal jixatdagi huquq – davlat majburlashi bilan ta’kinlanadigan normalar yoki qoidalarning majmuasidir. Bu nuktai nazardan olib karalganda huquq «majburlash intizomi»dir. Yuridik normalar yordamida ijtimoiy munosabatlarning tartiga solingan ximoyasi barpo etiladi. Mazmun jixatidangi huquq insonlar ko’zlagan, uylagan uy-maqsadlari va jamiyatning xayotiy sharoitini xosil qiluvchi umumiy va individual manfaatlarning majmuasi sifatida chikadi. Formal va mazmun jixatlarini birlashtirish Iering xulosa qiladi: huquq «bu – huquqiy jixatdan ximoyalangan manfaat», «majburlash formasidagi jamiyatning yashash sharoitining ta’min etilishi», «majburlash bilan kafolatlangan ijtimoiy maqsadlarning tizimi», manfaatlarning normativ regulyatori sifatidagi huquqning asosiy printsipi bo’lib, uch olish printsipi maydonga chikadi: yomonlikka yomonlik, yaxshilikka yaxshilik bilan javob berish ijtimoiy yovuzlik uchun tenglik o’rnatish uchun ijtimoiy yustitsiya xizmat qilish i kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy soxalardagi tenglik o’rnatish fukarolik munosabatlari (tovar-pul munosabatlari sohasini, ikki tomonlama oldi-berdi tizimi, ayirboshlash) yordamida amalga oshiriladi. Huquq uningcha, turli munfaatlarning kurashi natijasidir. Huquqning masadi – tinchlik o’rnatishdir, lekin unga yul kurash orqali bo’lgan. huquqning har bir boskichi – bu kurashuvchi manfaatlarning tuxtovsiz murosasidir. Kurashda sen uz huquqinning kulga kiritasan deyiladi. Iering va bu fikri bilan u huquqni ziddiyatga boruvchi, tukshanuvchi manfaatlarning normativ regulyatori sifatida tasvirlaydi. Huquqni u davlat bilan uzviy bog’liqlikda kuradi va davlat xokimiyati va huquq bir-birini takozo qiladi deyiladi. Bir tomondan Iering xokimiyati va davlatning normativ huquqiy jixatini tilga olsa, ikkinchi tomondan huquq g’ing siyosiy xukmronlik va davlat jixatlarining (ya’ni davlat tomonidan majbur qilish orqali huquqning ta’min etilishi) kuzda tutadi. Iering huquqni kuch va xokimiyatni va keltirish va mansublik (prinadlejnost) darajasiga pirovardida tushirib qo’yadi. Huquq xokimiyatning dumi, xokimiyat tomnidan uzlashtirilgan qoida va vaqt utishi bilan xokimiyatning xususiyatiga, uning ikki tabiatiga aylanishidir. Huquq kuch va xokimiyatning to’g’ri yuli, huquq – xokimiyatning eng okilona siyosati, huquqiy va to’g’ri xokimiyatdir. Xokimiyat va huquq uz taraqqiyotiga huquqiy davlatda erishadi, zero xokimiyatning huquq bilan uz-o’zini cheklashi natijasida va boshqarishning konstitutsion tizimini yo’lga qo’yish bilan qonun ustivorligi va huquqiy tartibot ta’min etiladi. Ingliz mutafakkiri Gebert Spenser (1820-1903) sotsiologik pozitivm va davlatning organiq nazariyasining ilgor vakilaridan biri bo’lib. Spenserning ta’limoti asosini davlatning biologik organizmga aynan uxshatish kiyoslash yotardi. Davlatni («siyosiy agregat», «siyosiy jamiyat») tirik jonzot kismlari o’rtasida doimy munosabatlari kabi kismlari o’rtasida doimiy munosabatlar va aloqalar yuz berib turadigan organizmga kiyoslaydi. Har qanday tirik tana kabi bu «siyosiy agregat»da ikki jarayon yuz berdi.
1- differentsiatsiya, va 2-spetsializatsiya «ixtisoslashish». Defferentsatsiya oddiy turdan murakkab va turli turga qadar rivojlanishdan iborat bo’ladi: davlat usadi, xajmi jixatdan kattalashadi, uning tuzilishi murakkablashadi; bundan keyingi differentsatsiya, davlat tipining yakunlanib xotima topishi bilangina tuxtaydi. Ya’ni etukligiga erishib, inkirozga etib kelgunga qadar usib tuxtaydi. Biologik organizm kabi davlat tugiladi, kupayadi, kariydi va xalok bo’ladi. Spetsializatsiya «ixtisoslashuv» individlarining uziga xos bo’lgan muayyan funktsiyalarini amalga oshiruvchi gurux – organlarga birlashishish demakdir. Natijada siyosiy tana organlarining tizimi barpo bo’ladi. Dastlab bu tizim organizm kismlarining joylashuviga karab tashkil topadi, ya’ni xukmron sinf asss tashki funktsiyalarni bajaradi (mudofaa va xujum qilish ); kullar sinfi – ichki funktsiyalarni bajaradi: (ozik-ovkat va iste’mol molarini ishlab chiqarish, butun jamiyat xayotini ta’minlash). Xukumat apparati regulyativ – tartibga solib turuvchi sistema bo’lib, tirik vujuddagi asab – nerv – muskul apparatining uzginasidir, deydi Spenser. Xususiy mulkning vujudga kelishi va antogonistik sinflarning mavjudligini davlatning kelib chiqish ichki sabablari deb ko’rsatmaydi, u, balki tashki jamiyatga karish kurash, urushlar va zurlik natijasida davlat paydo bo’ladi deydi Spenser. Davlatning vujudga kelishi va kelib chiqish jarayonini tezlashtirgan omil – asosiy sababaga aylanadi. Urushlarda va zurlashlarda yashash uchun kurash qonunlari namoyon bo’ladi, tabiiy tanlanish, kuchlilarning yashab qolishi yuz beradi. Doimiy urushlar, yashash uchun kurash va yana tuxtovsiz kurash, bunday kurashlarga kunikma xosil kila olgan, o’rgangan yukori tipdagi siyosiy organzim rivojlanishi uchun zarur bo’lgan shartdir. Ibtidoiy urushlarning barcha talofat va ziyonlari bo’lishiga karamasdan, bu urushlarsiz dunyo – olam zaif odamlar bilan to’lib toshib ketadi, deb fikrlar edi. Spenser davlatning ikki tipini va taraqqiyotning ikki boskichini ajratib ko’rsatardi: 1) ibtidoiy yoki harbiy, yovvoyi; 2) oliy, yukori yoki industrial.
Ibtidoiy tipdagi davlatning asosiy mashguloti – bu urushlardir. Shuning uchun xam bunda harbiy apparat – mudofaa va xujum qilish organlari ancha rivojlangan.
Industrial tipdagi davlatda, aksincha, ichki xujalik xayotni ta’min etish uchun tashkilot rivoj topadi. Primitiv tipdagi davlatning asosiy mashguloti bu davlat xayoti va uning barcha strukturasini aniqlab beradi: despotik xukumat; harbiy zurlik va majbur qilish ; tayok bilan o’rnatiladigan intizom va quyidan yukorigacha amalga oshiriladigan xokimiyatining «efreytorlik» metodlari. Shaxsni davlat tomonidan tulaligicha bostirilishi (bunday davlatni Spenser antiliberal va antiindividual davlat deb ataydi). Xayotning barcha jabxalarini davlat tomomndan qat’iy, majburiy, reglamentatsiya kilinishi; davlat bunda yalpisiga harbiy tashkilotga aylanishi; bunda kushin – yalpisigi jalb kilingan mexnatga yarokli Xalq; Xalq esa uylarga tarkatib yuborilgan kushindir. Bunday davlatdagi targibot-tashvikot va maorifning kuzlangan maqsadi sodiklik xis-tuygulari va suzsiz itoat etishni rivojlantirishdir. Uta sodiklikka xizmat qiluvchi ongni tozalash vositasi sifatida maydonga din chikib keladi. Xujalik faoliyatining taraqqiy etib borishi davlatnng militaristik tipidan, tinchlik osoyishtalikka, erkinlik va ozodlikka, teng huquqlilik va ixtiyoriy kelishuv xamda kooperatitsiyaga asoslangan induvtrial tipiga olib keladi. Sanoatlashgan tipdagi davlatning maqsadi individning farovonligini ta’minlashdir. Davlat – kishilarning ixtiyoriy ittifoki tuzilgan tashkilot, individning manfaatlarini o’zaro ximoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tuzilgan siyosiy assosiatsiyadir.
Industrial tipdagi davlat deganda Spenser erkin rakobat boskichida rivojlangan kapitalikdik davlatni tushunadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xayotga aralashmasligi, erkin rakobat va xususiy tadbirkorlik barcha soxalardagi xususiy tashabbus ko’rsatish kelgusi progresga erishishda manba va zarur shartdir ,deydi u.
Sotsiologik huquqni rivojlantirishga o’z hissani qo’shgan Avstriyalik huquqshunos E.Erlix 1913 yilda «Huquqning sotsiologik asoslari» asarida : «Bizning davrimizda huquni rivojlanishining og’irligi barcha davrlardagi kabi , yurisprudentsiyaga ham emas, sud amaliyotiga ham emas, jamiyatning o’ziga yuklatiladi», deydi.1
Sotsiologik yurisprudentsiya nazariyotchilaridan yana biri, Rosko Paund o’zining besh tomdan iborat «Yurisprudentsiya» (1959) asarida siyosiy va huquqiy qarashlarini ifodalagan. Paund huquni tushunishda ,uning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishini tushuntirishga harakat qiladi. Huquqning maqsadi , deydi Paund, manfaatlar va talablarning to’qnashuvini tartiblash va garmonizatsiyalashdan iborat.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling