Mavzu. Qadimgi Gretsiyada siyosiy mafkuralar. Ellinizm davri mafkurasi
REJA:
1. Qadimgi Yunonistonda siyosiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari.
2. Qadim Yunonistonning ilk davrdagi siyosiy fikrlari.
3.Yunonistonning eng rivojlangan davri siyosiy qarashlari.
4.Ellinizm davri (m.av. IV-II asarlar) siyosiy ta’limotlari.
1.Qadimgi Yunonistonda siyosiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida davlatlar paydo bo’ladi. Mustaqil polislar shahar davlatlar yon atrofidagi qishloqlarni ham o’z ichiga oladi. Ibtidoiy tuzumdan ilk sinfiy tuzumga o’tganda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkillashga katta e’tibor beriladi, bu ishlar axolini sotsial tabaqalashtirishni kuchaytirib yuboradi va ular o’rtasida ziddiyatlar avj ola boshlaydi. Bu sharoitda polislar ichida ham, tashqarisida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashadi.
Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. Eramizgacha IV-V asrlarda Afinada demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari davlatchilikning turli yo’sindagi boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. Qadimgi Gretsiyada paydo bo’lgan va asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini uch davrga bo’lish mumkin. Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bo’lish davrini o’z ichiga oladi.
Bu davrda siyosiy va huquqiy tasavvurlarning mifologiyadan ozod bo’la boshlashini, ratsionallashuvini kuzatish mumkin. bu jarayon Gomer, Gesiod va mashxur "etti donishmandlar" ijodida o’z ifodasini topgandir. Shu davrda davlat va huquq muammolariga falsafiy yondashish ham shakllana boshlaydi (Pifagor va uning izdoshlari, Geraklit). Ikkinchi davr (eramizgacha V va IV asrning birinchi yarmi. Bu davr qadimgi grek falsafiy siyosiy va huquqiy ta’limotlarning gullagan davri. Bu davrda Demokrit, Suqrot, Platon, Arastularning falsafiy, siyosiy va huquqiy ta’limoti shakllandi va rivojlandi.
Uchinchi davr (IV asrning ikkinchi yarmi va II asrgacha). Bu davr tarixda ellinizm davri bo’lib. Bu davrning muxim belgisi grek davlatchiligining tanazzulga yuz tutgan davri. Grek polislari dastlab Makedoniya, so’ngra rim tasarrufiga o’ta boshlaydi. Bu davrdagi siyosiy va huquqiy qarashlar Epikur, stoiklar va Polibiy ijodida o’z aksini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |