Bohodir eshov
Qadigi Xitoyda siyosiy ta’limotlar
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
4.Qadigi Xitoyda siyosiy ta’limotlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi va ijtimoiy-siyosiy fikrlari rivojida katta rol o’ynagan daosizm va uning asoschisi Lao-Tszi (eramizgacha VI asr) va u yaratgan «Dao-De-tszin» asari diniy sxolastikaga katta zarba berdi. Butun ijtimoiy taraqkiyot manbalarini ilohiy qudratga emas, balki dao qiladi, dao qonunchilik va siyosiy boshqaruvning asosidir, deb ta’kidladi. Daoga bo’lgan munosabatda barcha tengdir. Lao-Tszinning ko’rsatishicha, o’sha paytdagi barcha noxushliklar, madaniyatning cheklanganligi, odamlar o’rtasidagi siyosiy-huquqiy notengliklarning asosiy sababi haqiqatni qaror topmaganidir. U hayotdagi, jamiyatdagi barcha adolatsizliklarni qoralar ekan, u butun e’tiborini o’zini o’zi yaratuvchi daoga qaratdi, dao adolatni tiklovchi asosiy vosita deb uqtirdi. Daoizmdagi muhim tomon odamlarni xotirjam yashashga undashdir. Boylik ham, mansab ham o’tkinchi, ulardan chetroqda yurish kerak degan g’oyalar ilgari surilgan. Qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy fikr taraqqiyotida Konfutsiy (Eramizgacha 551-479 yillar) ta’limoti uning shogirdlari tomonidan to’plangan «Lun Yuy» (suhbatlar va mulohazalar) kitobi katta rol o’ynaydi. Konfutsiy o’zidan oldin paydo bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, yanada rivojlantirib, davlat haqidagi o’z qarashlariki bayon etadi. Davlat go’yo katta bir oila, oila boshlig’i imperator bosh hukmron, qolganlar unga bo’ysunishi kerak. Konfutsiy mavjud tartiblarni keskin tanqid qilish yo’lidan bormaydi. U kelishuvchilik, murosa yo’lini tanlaydi. Mavjud ijtimoiy tuzim va tartibotlarni tan olgan holda, ularni yanada takomillashtirish haqida fikr yuritadi. Davlatni boshqarishda adolat tamoyillariga amal qilish kerakligini uqtirar ekan uning ta’limoti progressiv yo’nalish kasb etadi. Bu g’oya shu paytgacha hukmron bo’lgan davlat boshqarishdagi zo’rlik g’oyalariga zid edi.1 Konfutsiy Davlatni katta oilaga qiyoslar ekan hokimiyatga qarshi qaratilgan harakatlarga norozi bo’ladi. Imperator hokimiyatini ( osmon ugli) quvvatlaydi. Kichiklar xolati kattalardan kelib chiqadi. Shuning uchun jamiyatni ijtimoiy-siyosiy nuktai nazardan tabaqalarga bo’ladi. «Kichiklar», «qora odamlar», «oddiy odamlar».«Yaxshilar», «yuqorilar», «kattalarga» buysunadi. Konfutsiy xokimiyatga karshi kurashlar, kuzgolonlarni koralaydi. Fuqarolar tinchligi uchun harakatni qadrlaydi. Konfutsiy harbiy yurishlarga xayrixox buladi.2 Konfutsiy hukmdorlarni, rahbarlarni, mansabdorlarni adolatli bo’lishga chaqiradi. Eng muhimi bosh hukmronning adolatliligi barcha aholining hayotiga ta’sir qiladi. Davlat ishlarida ham, jamiyatda ham kichiklar kattalarga, pastdagilar yuqoridagilarga bo’ysunishlari, hurmat ko’rsatishlari zarur. Konfutsiynnig asosiy maqsadi jamiyatning yuqori tabaqasi bilan quyi tabaqasi o’rtasida totuvlik yaratish, jamiyat taraqqiyotini barqarorlashtirishga qaratilgan. Konfutsiy tashqi urushlarga ham, Xitoy podsholarinnig o’zaro olishuvlariga ham qarshi edi. Jamiyatni boshqarish uchun qmlinadigan harakatlarning asosini faqat qonunlar emas, balki axloqiy normalar ham tashkil etishi kerak. Odamlar o’rtasidagi barcha munosabatlar mana shu ahloqiy huquqiy normalar asosida (zo’rlik ishlatmay) rivojlanib borishi kerak. Konfutsiy ta’limoti paydo bo’lishi bilan ko’pchilikning e’tiboriga tushdi, eramizgacha II asrda Xitoyda bu ta’limot maxsus davlat mafkurasi deb e’lon qilindi. Ml.av. VI-V asrlarda yashagan Laotsizi Konfutsiy ta’limotiga karshi chikadi. U Daosizmga asos soldi. Uning karashlari «Dao de tszin» asarida keltirilgan. Laotsizi tabiat, jamiyat xodisalari «dao bilan bog’liq» deb uqtiradi. Laotsizi har kanday urushlar, qo’rqitishlarni va armiyani qattiq tanqid qildi. Urushda hech bir tomon g’alaba qozonmagan. Jamiyatda odamlarni kam sonli bo’lib qishloqlarda yashashlari, mexnat qurollari va yozuvdan, zamonning yutuklaridan foydalanmaslik tarafdori bo’ladi.3 Mil.av. 479-400 yillarda Motszi ta’limoti vujudga keldi. Yangi oqim asoschisi Motszi (eramizgacha 479-400 yillar) o’z qarashlari barcha odamlarning tabiiy ravishda bir-biriga tengligini, davlatning paydo bo’lishini xalq hokimiyati bilan amalga oshishini himoya qiladi. U xudo g’oyasini yangicha talqin etdi. Osmondan insonlar uchun faqat yaxshilik yog’ilib turadi. Shuning uchun xudoga katta hurmat va ishonch bilan qarash lozim. Motszi jamiyatni boshqarishda xalq bilan kelishish kerakligini uqtiradi, zo’rlikdan xalq holi bo’lishi, zulm va qashshoqlikni bartaraf etish kerak dedi. Xokimiyatning markazlashtirish va qonunchilikni rivojlantirish uchun qattiq qo’llik kerak edi. Xitoy imperatorlari mamlakatni bir markazga bo’ysundirish uchun kurash olib bordilar, shuning uchun ham ular xalq manfaati va kurashdan ajralib qolishga majbur bo’ldilar. Motsizi fikricha davlatni boshkarishda xalkning talabi xisobga olinishi zarur. Jamiyatni rivojlanishi uchun past tabaqadagilarni zum, ochlikdan ozod kilish zarur. «Kambagallik va yo’qsillikka asosiy sabab, bu davlat boshkaruvidagi pala-partishliklar» deydi. Mil.av. III-asrda yashagan Xan Feyaning «Xan Feytszi» asarida siyosiy-xuquqiy qarashlarga ko’ra podsho o’z boshkaruv uslubini boshkalardan sir tutishi zarur bulgan. Qonunlarga buysunish va unga amal kilish shart. Har bir davrga mos bulgan qonunlar yaratilishi kerak. Bu qonunlar keyinchalik muomaladan chiqishi mumkin.1 Shunday qilib, kadimgi Xitoy siyosiy-xukukiy ta’limotida davlat, siyosat, xuquq soxasining dastlabki diniy va dunyoviy bilimlar bilan berilgan ta’limotlari muxim manba bo’lib xizmat qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling