Bohodir eshov
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo’yilgan talablar
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
2. Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo’yilgan talablar
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining birinchi vazifasi - huquq sohasi bo’yicha bulajak mutaxassislarga siyosiy va huquqiy ta’limotlarning rivojlanishi jarayonida ruy berayotgan evolyutsiyasi haqida bilim berish. Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ikkinchi vazifasi - davlat va huquq haqidagi nazariyalarni xayotga tadbiq qilish uchun talabalarni nazariy bilimlar bilan qurollantirish. Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining uchinchi muxim vazifasi - talabalarda bugungi kunda mavjud qonunlarni siyosiy va huquqiy okimlar, nazariyalarining moxiyatini anglash va tushuntirib bera olish malakasini shakllantirishdir. “Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi” fani davlat va huquq nazariyasi bilan o’zaro bog’liqlikda tarixiy fan sifatida davlat, huquq, siyosat va qonunchilik haqidagi nazariy bilimlarning shakllanish va rivojlanishining tarixiy qonuniyatlarini o’rganadi. Talablar siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi fani bo’yicha quyidagilardan iborat. 1. Davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlar tadriji, ya’ni evolyutsiyasini bilishi darkor. 2. Davlat va huquqning goviy, ilmiy asoslarini anglab etishlari lozim. 3. Siyosiy nazariyalar, fikrlar, qarashlarlarning kelib chiqishi, o’zgarishi xamda rivojlanish sabablarini bilishlari kerak. 4. Siyosiy xodisalarning, ilmiy asoslarini o’rganishlari zarur 5. Siyosiy muammolar bo’yicha o’z fikr xamda g’oyalarini, qarashlarini ilmiy asosda bayon qila olishni bilishi kerak. 6. Davlat va huquq masalalarini sharxlash, tushuntirib bera olish malakasiga ega bo’lishlari kerak. 7. Siyosiy ta’limotlarining manbalarini yaxshi bilishi, ulardan foydali, bugungi kun uchun zarur jixatlarini aniqlash ko’nikmasi shakllangan bo’lishi kerak. 8.Davlat va huquq haqidagi nazariyalar, qarashlar, g’oyalar, fikrlarni, siyosiy va huquqiy jarayonlarni taxlil, sintez qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling