Bohodir eshov
Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
3. Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi.
Mazkur fan o’quv rejasidagi Davlat va huquq nazariyasi, Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi, Rim huquqi, O’zbekiston davlati va huquqi, Siyosatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Davlat va huquq nazariyasining murakkab jixatilarini egallash uchun siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini mukammal bilishi kerak. Davlat va huquqning kelib chiqish, rivojlanish qonuniyatlarini biz bu hodisalar to’g’risidagi nazariy bilimlar manbalari orqali o’rganamiz. Shu bois davlat va huquq nazariyasini o’rganish siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi bilan doimiy aloqada bo’lishi kerak. Xorijiy mamlakatlar davlat va huquq tarixi fani bilan siyosi yva huquqiy ta’limotlar tarixi fani chambarchas aloqador. Chunki xorijiy mamlakatlarning davlat va huquqi tarixi manbalarida turli xil davridagi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarni bilib olish mumkin. O’z navbatida siyosiy va huquqiy ta’limotldari tarixi uz usullari va vositalari bilan xorijiy mamlakatlar davlat xamda huquqi manbalarining xususiyatlari ilg’or yoxud salbiy jixatlari o’rganiladi. O’zbekiston davlat va huquq tarixini o’rganishda xam siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi fanidan olingan bilimlar muxim axamiyat kasb etadi. Siyosatshunoslik fani bilan bu fan mustaxkam aloqada bo’ladi. Siyosat haqidagi fan sifatida siyosatshunoslik fani siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi fanining ilmiy natijalariga tayanadi. Siyosiy xodisalar haqidagi tarixiy-nazariy bilimlar kelajakda siyosiy va huquqiy institutlarning rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish imkonini beradi. Jahon siyosiy ta’limotlarni o’rganishga har tomonlama xolisona yondashish, manbalar asosida davlat va huquq haqidagi ta’limotlarni o’rganishga e’tibor talab qilinadi. Muximi siyosiy g’oyalar ta’limotlar jamiyatning moddiy xayotigina emas, ma’naviy xayotiga xam bog’liq xolda o’rganilishi zarur. Jahon siyosiy ta’limotlar o’zini keltirib chiqargan moddiy va ma’naviy asoslarga xam ta’sir etishini xisobga olish kerak. Jahon - siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining rivojlanishiga katta xissa qo’shgan. Xalq og’zaki ijodi namunalaridagi dastlabki yozma manbalarida davlat, huquq, ozodlik, adolat, tinchlik to’g’risidagi fikrlarni o’rganishga xam e’tiborni karatish kerak. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling