Bohodir eshov
Mavzu. Qadimgi va o‘rta asrlarda Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mafkuraviy yo’nalishlar va oqimlar
Download 0.73 Mb.
|
Jahon -siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Qadimgi Hindistonda siyosiy ta’limotlar. 4.Qadimgi Xitoyda siyosiy ta’limotlar. 5.Qadimgi Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”).
- 2. Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar.
Mavzu. Qadimgi va o‘rta asrlarda Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mafkuraviy yo’nalishlar va oqimlar
REJA: 1.Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi. 2.Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy ta’limotlar. 3.Qadimgi Hindistonda siyosiy ta’limotlar. 4.Qadimgi Xitoyda siyosiy ta’limotlar. 5.Qadimgi Turonda siyosiy qarashlar (“Avesto”). 1. Qadimgi Sharqda diniy-afsonaviy, siyosiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki siyosiy xuquqiy ta’limotlar asosan diniy bilimlarda, afsonalarda, dostonlarda aks etgan. Davlat paydo bo’lgach uni ilohiylashtirishga e’tibor beriladi. Masalan: Qadimgi Misr davlatida Misr podsholari (Fir’avn) «Xudo Raning o’g’li» deb e’tirof etilgan. Afsonalarda davlat ilohiy quvvat tufayli paydo bo’lgan degan tasavvur mavjud bo’lgan. Dastlabki mifologik tasavvurlarning asta-sekin, konkretlashib, ijtimoiy hayot, davlat, siyosat, huquq haqidagi dastlabki ta’limotlarning paydo bo’lishi tarixi uzoq tarixga ega. Bu jarayon turli xalqlarda turli xil kechgan. Lekin barcha xalqlarga, mamlakatlarga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni olsak adolatsizlikka qarshi adolat, zo’rlik va qonunsizlikka qarshi qonuniylik, rahm-shafqat, urushga qarshi tinchlik g’oyalarining ilgari surilishini kuzatamiz. Harakterli joyi shundaki, xalq og’zaki ijodida, yozma manbalarda diniy va dunyoviy kitoblarda ezgulikka intilish, inson nomini ulug’lash, sotsial adolatga erishish uchun kurash tarixi barcha qadimgi xalqlar hayotiga xosdir. Shunday qilib, eng qadimgi davlat va xuquq to’g’risidagi qarashlar, g’oyalar Sharqda taxminan to’rt ming yil avval xalq og’zaki ijodida, yozma diniy kitoblarda diniy-mifologiyalar tarzida shakllandi1. 2. Qadimgi Misr va qadimgi Bobildagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar. Qadimgi Misrda mamlakat Fir’avnga qarashli bo’lgan. Uning huquqlari cheksiz hisoblangan. Fir’avn mamlakatni vazilar, ayonlar, katta-kichik amaldorlar yordamida boshqargan. Qo’shin podshoning asosiy tayanchi bo’lgan. Qadimgi Misrni davlat boshqaruv tashkilotlari 3 bosqichli – markaziy, viloyat va mahalliy davlt tashkilotlaridan iborat bo’lgan. Qadimgi Misrdagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar asosan padsholar yoki biror bir voqea hodisa yuzasidan berilgan xulosalarda ko’rinadi. Miloddan avvalgi 1750 yilda sodir bo’lgan qadimgi Misrdagi yirik xalq qo’zg’oloni xaqidagi hikoyada siyosiy-huquqiy g’oyalar berilgan. Misrdagi bu voqealar o’sha vaqtda yaratilgan «Ipuser so’zlari» nomli yodgorlikda o’z ifodasini topgan. Bu yodgorlik muallifi yirik mansabdor shaxs bo’lgan. Shuning uchun xalq ommasiga nafrat bilan qaraydi. Ipuserdagi ma’lumotlarga ko’ra kambag’allar va qullar zodagon va ayonlarga qarshi bosh ko’targanlar. Quyida undan bir parcha keltiriladi: «Nasl-nasabi bo’lmagan kishilar endi zodagonlardan farq qilmaydilar. Hokimlarning farzandlari qo’zg’alonchilar qo’lida asirga tushgan, ularni urib kaltaklaganlar. Podsho va badavlat kishilarning mol-mulklari butunlay taqsimlangan. Boshpanasi bo’lmagan kishilar endilikda hashamatli turar joylarga ega. Bitta qayig’i bo’lmagan kishilar butun bir kemalar flotiliyasiga egalik qalganlar. Bir vaqtlar bashang kiyinib yurgan kishilar endilikda juldur kiyimda yuradilar. Qo’zg’alonchilar sud idorasiga va arxivlarga kirib, unda saqlanayotgan xujjatlarni soliq ro’yxatlarini ko’chalarga uloqtirib tashaganlar. Qullar quldorlarga aylandi.» Ipuserdagi bu qo’zg’olonni qancha davom etgani to’g’risidagi ma’lumot saqlanmagan. Fir’avn Amenxotep III davlatni boshqarish to’g’risida fikr bildirib, «tinchlik eng ulug’ ish» deydi. Aynan uning davrida istilochilik yurishlariga barham beriladi. Mil. av. 1280 yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettisuli III o’rtasida tinchlik va do’stlik bitimi tuziladi. Bu sulh shartnomasiga ko’ra har ikki tomon bir-birlariga mamlakat xududiga bostirib kirmaslik to’g’risidagi sharnomani imzolaydilar. Ular harbiy ittifoq tuzadilar. Jinoyatchilarni jazolashda har ikki tomonning o’zaro yordam berishligi qayd etilgan. Ayni paytda birdan ikkinchisiga qochib o’tgan muxojirlarni o’z yurtiga qaytarish va ularga umumiy avf berish majburiyati ham olingan. Qadimgi Misr xalqlarida keng tarqalgan g’oyalarga ko’ra, barcha haqiqat, Adolat, odil sudlov (Maat) xudo tomonidan boshqariladi. Sudyalar Maat tasviri tushirilgan tumorlarni taqib yurganlar. Erdagi barcha tartibotlar, siyosat, qonunlar, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, bosh ijodkorga sig’inish «Ptaxotep nasihatlari" (mil.avv. XXV -XXIV asrlar), «Murdalar kitobi» kabi qadimgi yozma manbalarda o’z aksini topgan. «Ptaxotep nasixatlari» da ta’kidlanishicha, barcha erkin fuqarolar tabiiy ravishda bir-biriga tengdir, ushbu holat insonning axloqiy jihatlarini ko’rsatuvchi printsip bo’lgan - har bir insonning hatti-harakatlari adolat va yaxshilik me’yorlariga mos bo’lishi kerak.1 Albatta bu talablar qadimgi misr jamiyatining yuqori tabaqa vakillarga tegishli edi. Aholining ko’pchiligini tashkil etgan qo’llar bundan tashqarida edi. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi siyosiy-huquqiy ta’limotlar avvalambor xalq og’zaki ijodida keyinchalik yozma manbalarda afsonaviy qahramonlar, xalq xaloskorlari xudolar to’g’risidagi yozma manbalarda ifodalangan bo’lsa, keyinchalik "Avesto" (Axura Mazda) hamda Siptomen haqidagi afsonoviy diniy ta’limotlarga muxolifat sifatida dunyoviy ta’limotlar ham taraqqiy etdi. Masalan, qadimgi Yunon mutafakkirlari Suqrot, Aflotun, Arastu sharqda esa Farobiy kabilar asarlarida o’z ifodasini topdi. Qadimgi Vaviloniyada tarkalgan mifga ko’ra, adolat homiysi, ezilganlarni himoya qiluvchi xudo Shaman bo’lib, u barcha adolatsiz va yomonlikni keskin jazolardi. Kimda kim Shamanning adolatli, haqiqiy tamoyillarini buzsa, o’sha paytda amaldagi qonunlar asosida qattiq jazoga tortilardi. Shaman talablarini buzish bu og’ir jinoyat edi. Shumer va Vaviloniya hukmdorlari o’z hokimiyatlarini xudo tomonidan berilgan deb hisoblardilar. Bu g’oyalar eramizgacha XVIII asrda yaratilgan Xammurapi qonunlarida (bu qonunlar o’z davrida keng tarqalgan edi) ifodalab berilgan. Bu qonunlar odamlarni erkinlar va qullarga ajratardi. Erkinlar ham bir qancha tabaqalarga bo’linardi. Xammurapi (1792 – 1750) Bobil podsholigiga hukumronlik qilgan davrda o’zi tuzgan qonunlar asosida davlatni boshqardi. Xammurapi qonunlari qora bazalt toshga yozilgan bo’lib, 282 moddadan iborat bo’lgan biroq uning 274 tasi bizga qadar etib kelgan. Qonunning kirish qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o’rnatish deb aytilgan. Unda podsho ulug’lanib ko’klarga ko’tarilgan. Qonunlarning asosiy qismida mamlakat xo’jaligining o’rmonchilik, chorvachilik, chorva mollari, ekinzorlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq ko’plab masalalar to’g’risida fikr bildiriladi. Qonunda hususiy mulk qattiq himoya qilinadi. Oilaviy munosabatlar va turli jinoyatlarga tegishli bo’lgan masalar ko’rib chiqilgan. Qonunda ko’rsatilishicha jinoyat qilgan shaxslar kim bo’lishidan qat’iy nazar qattiq jazolangan. Qonunda podsho xuquqlarining cheklanmaganligi ta’kidlanadi. Agarda mamlakatda joriy qilingan qonun-qoidalarni buzgan har qanday shaxsni Xammurapi qonunlari asosida javobgarlikka tortilgan. Xammurapi qonunlarida shunday deyiladi: “Men mamlakatimda haqiqat va adolat o’rnatdim. Bundan buyon: agar kimki ibodatxona yoki podshoning mulkini o’g’irlasa o’ldirilishi kerak. Agar kimki qochoq qulni yashirsa u o’ldirilishi kerak. Agar kimki o’ziga teng kishini basharasiga ursa u jarima to’lash kerak. Agar kimki qo’shnining buyumini o’g’irlasa unga o’lim jazosi”. Xammurapi qonunlarida Talion (ko’zga-ko’z) printsipi saqlangan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling