11.Контрафакт товарлардан ҳимоялашда божхона органлари олдида турган
долзарб вазифалар.
O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarida “kontrafakt” tushunchasi bir necha
normativ hujjatlarda belgilangan.
Jumladan: O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”1gi qonunining 62-moddasida: “Asarlarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining
takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga
oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir.
Kontrafaksiya (lotincha – “contrafactio” so‘zidan olingan bo‘lib, qalbaki degan
ma’noni bildiradi) – ba’zi firmalar tomonidan o‘z tovar belgilarida boshqa firmalarning
mashhur, haridorgir tovarlarida aks ettirilgan belgilarni ifoda etib foydalanish va shu tariqa
haridorni chalg‘itib, nopok raqobatni avj oldirish maqsadini ko‘zlash tushuniladi.
Tovar imitator – iste’molchilarni chalg‘itish maqsadida tovarlarning ko‘rinishi va firma
belgilarini haqiqiy (original) mahsulotga almashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan
belgilar bilan ta’minlagan holda ishlab chiqarilgan va savdoga chiqargan mahsulot tushuniladi.
Falsifikatsiya (qalbaki) qilingan mahsulot – tarkibi hujjatlarda belgilangan
me’yorlarga yoki tovarga nisbatan belgilangan talablarga (GOSTlar davlat standartlari,
Sanitariya qoidalari va me’yorlari) rioya etilmagan holda ishlab chiqarilgan va uning
yorliqlarida ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan mahsulotlar demakdir.
Kontrafakt tovarlarni mansubligini ya’ni ularning kontrafaktligini aniqlab berish
borasida quyidagi davlat organlari faoliyat olib boradilar:
Intellektual mulk agentligi;
Texnik jihadan tartibga solish agentligi va uning hududiy akkreditatsiyadan o‘tgan
vakolatli sinov laboratoriyalari;
Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari;
Respublika Sud ekspertiza markazi.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |