Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari 
Ekspert: 
bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli bo‘lgan materiallar bilan tanishish;
tovarlar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; 
bojxona ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar taqdim 
etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini o‘tkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida 
iltimosnomalar berish; 
o‘z xulosasida nafaqat o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha, balki bojxona 
ekspertizasi predmetiga taalluqli bo‘lgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa 
masalalar bo‘yicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega. 
Ekspert: 
o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va to‘liq tekshiruvini 
o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va 
xolisona xulosa berishi
bojxonaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan yoki ko‘rib chiqayotgan 
bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi bo‘yicha o‘zi bergan xulosasiga 
tushuntirishlar berish yoki uni to‘ldirish uchun hozir bo‘lishi; 
bojxona nazoratini o‘tkazishda bojxona organining talabiga ko‘ra ishtirok etishi
bojxona ekspertizasi o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan 
ma’lumotlarni oshkor etmasligi; 
taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini ta’minlashi shart. 
Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida 
o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
6.Божхона экспертизасини тайинлаш ва ўтказишнинг ҳуқуқий асослари. 
Bojxona ekspertizasini tayinlash va o‘tkazish tartibi uchun quyidagi qonun 
hujjatlar huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat – protsessual kodeksi (22.09.1994y. №2013-
XII). O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentabrdagi O‘RQ-373-son Qonuni bilan 
o‘zgartirish kiritilgan. 
2. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi 2016 yil 20 
yanvardagi 400-son qonuni bilan tasdiqlangan.


3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi 2017 yilgi versiyasini amalga 
kiritish to‘g‘risidagi PQ-3448 –son qarori. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi tashqi 
iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarni davom ettirish 
to‘g‘risida”gi 1042-son qarori. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 17 martdagi «O’zbekiston 
respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori 
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 19 maydagi 
«Bojxona organlarida bojxona ekspertizasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 
82-son buyrug‘i. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015 yil
5 dekabrdagi “Tovarlarni bojxona ekspertizasi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yangi 
talqinini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘risida 311-son buyrug‘i. 
Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksining 202-moddasiga binoan bojxona organlari bojxona 
nazoratini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega 
mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin. 
Bojxona kodeksining 215-moddasida bojxona ekspertizasini o‘tkazish haqida alohida 
ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unda bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi 
ishni yuritish paytida bojxona organi mansabdor shaxsining qarori bilan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ekspertiza tayinlanishi mumkin deyilgan. 
Bojxona kodeksining 211-moddasida ekspertiza o‘tkazish uchun namunalar va nusxalar 
olish to‘g‘risida berilgan bo‘lib, bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi 
ishni yuritayotgan bojxona organining mansabdor shaxsi qaror asosida, zarur hollarda esa
mutaxassislar ishtirokida tovarlar va boshqa buyumlardan ekspertiza o‘tkazish uchun zarur 
bo‘lgan namuna va nusxalarni, shuningdek imzoning, yozuvning nusxalarini olishga haqli 
ekanliklari belgilangan. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling