Bojxona ishi” faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi
Download 26.42 Kb.
|
Bojxona ishi faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi
“Bojxona ishi” faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi Qadimgi dunyoda bojxona munosabatlarini paydo bo’lishi. Xalqlar va davlatlar urtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning uziga xos shakli sifatida bojxona kup asrlar muqaddam paydo bo’ldi. Tashqi savdo aloqalari xaqidagi eng ilk ma‘lumotlar bizga qadimgi Misrning oltinchi sulolasi (bizning eramizgacha bulgan III ming yillik boshi) yodgoliklari orqali yetib kelgan. Bu davrda misrliklar Finikiya shaxarlari va Kizil dengiz xavzasidagi yerlar axolisi bilan savdo qilishgan. Keyinrok Nil vodiysi savdogarlarining savdo aloqalari Ikki daryo oraligining quldorchilik davlatlariga xam yoyilgan. Savdo karvonlarining xarakati xavfsiz emas edi. Misrdagi Yangi podshoxlik davri (eramizgacha XVI-XII asrlar)ning tarixiy yodgorliklari ot-ulovlarni talash va savdogarlarning shikoyatlari xaqida xikoya kiladi. Kup mablag sarflanadigan kurikchilarni saklash kimmatga tushar va xamisha xam uzini oklamas edi. Shu sababli karvonni kuriklash sarf-xarajatlarini qoplash uchun maxsus yigimlar undirila boshlandi. Feodallar tomonidan ularning mulki orqali utuvchi savdogarlardan undiriladigan soliklar xam bojning Qadimgi kurinishi edi. Keyinchalik ularni shaxarlar xam undirib ola boshladi, davlat paydo bulgandan keyin esa boj xazinani tuldirishning qulay vositasiga aylandi. Ijtimoiy xayot murakkablashishi, shaxarlar rivojlanishi, davlat va siyosiy ustkurma paydo bo’lishi, savdo xajmi va intensivligi kengayishi davomida yigimlarning yangidan-yangi turlari, shu jumladan savdodan va yuk keltirishdan olinadigan yigimlar joriy etila boshlandi. Eramizgacha III-II ming oraligida Ashshurning (Osuriya poytaxti) foydasiga uning Kichiq Osiyodagi mustamlakalaridan boj undirilgan. Eramizgacha II ming yillik boshida deyarli butun Qadimgi dunyoning markaziga aylangan Vavilonda barcha tovarlar shaxarga olib kirilishida kuzdan kechirilar va ulardan boj undirilar edi. Boj uzining asosiy funktsiyasi, fiskal funktsiyasini, ya‘ni xazina manfaatlariga rioya qilish vazifasini ado etar ekan, boshqa soliklar va yigimlar bilan birgalikda davlatning mustaxkamlanishiga kumaklashdi. Davlat rivojlanishi barobarida bojlar xam rivojlandi, bojxona xizmatini tashkil etish shakllari va usullari takomillashdi. Bojxona tarixining rossiyalik tadkikotchisi V.A.Tsimmerman eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Afina axolisi donni Misrdan, Sitsiliyadan, keyinrok esa Shimoliy Koradengizbuyidan olganligini kayd etadi. Xersones, Pantikapey, Feodosiya kabi shaxar-poselenielar Qadimgi Gretsiyaning tashqi savdosi uchun shunchalik muxim ediki, ulardan tovar keltirilganligi va chiqarilganligi uchun boj undirilmas edi. «Koradengizbuyi shaxarlari mato, qirol-yarog, vino, usimlik moyi evaziga greklar dondan tashqari balik, teri, qullar yetkazib berar edi». Gretsiyaning uzida chetdan keltiriladigan tovarlardan olinadigan boj ular baxosining undan birini tashkil etardi. Biroq, vaqt o’tishi bilan afinaliklar mu‘tadil bojlar savdoning rivojlanishiga kumaklashadi va kup daromad keltirish mumkin degan qarorga kelishdi. Shu sababli eramizdan oldingi IV asrda, Demosfen davrida boj tovar baxosining yigirma, ellik, xatto yuzdan bir qismigacha qisqardi. Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling