Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi bojxona organlarining intizomiy ustavi


O‘rta va katta boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qo‘llanilishi mumkin


Download 22.5 Kb.
bet6/6
Sana10.02.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1186519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-м амалий. Davlat bojxona organining asosiy vazifasi. Xalqaro savdo va uni tartibga solish ahamiyati

O‘rta va katta boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qo‘llanilishi mumkin:

  • Tanbeh;

  • hayfsan;

  • Qattiq hayfsan;

  • Xizmatga to‘liq munosib emasligi to‘g‘risida ogohlantirish;

  • Lavozimni pasaytirish;

  • Maxsus unvonni bir pog‘onaga pasaytirish;  Bojxona organlaridan bo‘shatish.

Oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qo‘llanilishi mumkin:  Tanbeh;

  • hayfsan;

  • Qattiq hayfsan;

  • Xizmatga to‘liq munosib emasligi to‘g‘risida ogoxlantirish;  Lavozimni pasaytirish;  Bojxona organlaridan bo‘shatish.

Bojxona organlarining bojxona organlari ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan, nomi hurmat taxtasiga va Davlat bojxona qo‘mitasining Solnoma kitobiga yozib qo‘yilgan mansabdor shaxslariga ko‘krak nishonidan mahrum qilish, hurmat taxtasidan olib qo‘yish va Davlat bojxona qo‘mitasining Solnoma kitobidan o‘chirish kabi jazolar qo‘llanilishi mumkin.
Mansabdor shaxslarni bojxona organlaridan bo‘shatish eng so‘nggi intizomiy jazo hisoblanadi va intizomni muntazam ravishda buzganlik yoki bojxona organlarida xizmatda bo‘lishga to‘g‘ri kelmaydigan qilmish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Intizomiy jazo sodir etilgan qilmish haqida boshliqqa ma’lum bo‘lgan kundan boshlab 10 sutka mobaynida, xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan yoki jinoiy ish qo‘zg‘atilgan taqdirda - xizmat tekshiruvi tugagan yoki jinoiy ish to‘xtatilgan kundan 10 sutkadan kechiktirmay e’lon qilinishi kerak, aybdorning kasal bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti bunga kirmaydi.
Qilmish sodir etilgan kundan bir yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin emas.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga xizmatni o‘tash paytida sodir etilgan qilmishlar uchun intizomiy jazo smenadan so‘ng yoki ular boshqa shaxslar bilan almashtirilgandan so‘ng qo‘llaniladi.
Eng zarur, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda qilmish sodir etgan bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat yuzasidan u bo‘ysunadigan boshliq tomonidan xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirib qo‘yilishi mumkin.
Mast holda bo‘lgan aybdorga intizomiy jazo berish, shuningdek undan har qanday tushuntirishlar olish uning hushyor bo‘lguniga qadar qoldiriladi.
Intizomiy jazolar: tanbeh, hayfsan, navbatdan tashqari naryadga tayinlash, o‘quv yurti, bo‘linma hududidan tashqariga chiqishdan mahrum yoki buyruqda e’lon qilinishi mumkin. Qolgan jazolar buyruqda e’lon qilinadi.
Intizomiy jazo berilganligi to‘g‘risida bojxona organlari mansabdor shaxsiga shaxsan, saf oldida yoki yig‘ilishda e’lon qilinadi.
Intizomiy jazo darhol, ayrim hollarda - berilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay ijro etiladi. Bir oy muddat o‘tgandan so‘ng jazo ijro etilmaydi, ammo hisobga olinadi.
Berilgan jazolarni ijro etmaslikda aybdor bo‘lgan shaxslar intizomiy tartibda javob beradilar.
SHikoyat qilingan hollarda berilgan intizomiy jazoning ijro etilishi to‘xtatilmaydi.
Bojxona organlari xodimiga buyruq bilan berilgan intizomiy jazo, agar jazo berilgan kundan boshlab yil mobaynida u yangi intizomiy jazoga tortilmasa, olib tashlangan deb hisoblanadi. Taqdirlash tartibida jazo bir yil tugamasdan olib tashlanishi mumkin.
Og‘zaki berilgan jazo bir oy o‘tgach olib tashlangan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni rag‘batlantirish tartibida muddatidan oldin olib tashlash uni bergan boshliq tomonidan, unta teng bo‘lgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta boshliq tomonidan amalga oshiriladi.
Katta boshliq tomonidan berilgan intizomiy jazoni olib tashlash uchun bevosita boshliq instansiya bo‘yicha iltimosnoma yuboradi.
Og‘zaki berilgan jazodan boshqa intizomiy jazoni olib tashlash buyruq bilan amalga oshiriladi, u haqda manfaatdor shaxsga shaxsan, saf oldida yoki yig‘ilishda e’lon qilinadi.
Lavozimni pasaytirish sifatidagi intizomiy jazo olgan shaxsni xizmatda yuqori lavozimga ko‘tarish masalasi har biri alohida holda umumiy asoslarda hal etiladi.
Maxsus unvonni pasaytirish sifatida intizomiy jazo qo‘llangan hollarda ilgarigi unvon, agar jazolangan shaxs namunali xizmati va benuqson xulqi bilan o‘zining tuzalayotganligini ko‘rsatsa, unvon pasaytirilgandan so‘ng kamida bir yildan so‘ng tiklanishi mumkin.
Barcha rag‘batlantirishlar va intizomiy jazolar hisobga olib borilishi kerak, og‘zaki e’lon qilinganlari bundan mustasno.
Rag‘batlantirishlar va intizomiy jazolar hisobi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda olib boriladi.
Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling