Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi bojxona organlarining intizomiy ustavi


Download 22.5 Kb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1186519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-м амалий. Davlat bojxona organining asosiy vazifasi. Xalqaro savdo va uni tartibga solish ahamiyati

Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarini teng lavozimlarga o‘tkazish (almashtirish) to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining lavozimlar nomenklaturasi 4-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan.
Kadrlarni ma’suliyatli lavozimlarga belgilash yuzasidan xujjatda quyidagilar belgilab berilgan:

  • Bojxona komplekslari va postlarining boshliqlari lavozimga Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlanadi;

  • Bojxona komplekslari va postlarining rahbarlari har ikki-uch yilda almashtirib turiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:

  • Bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek bojxona komplekslari va postlari xodimlariga nisbatan qo‘yiladigan yangi lavozim talablarini tasdiqlagan;

  • Bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasining shaxsiy tarkibini kasb mahorati yuqori darajada va ishga halol munosabatda bo‘ladigan malakali va bilimli mutaxassislar bilan ta’minlagan.

3. Bojxona organlarining intizomiy ustavi
O‘bekiston respublikasi bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 martdagi 135-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustavi” tasdiqlangan. Mazkur ustav 7 ta qismdan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Umumiy qoidalar

  • Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanadigan rag‘batlantirishlar

  • Bojxona organlari mansabdor shaxslariga qo‘llanadigan intizomiy jazolar

  • Boshliqlarning rag‘batlantirish va intizomiy jazolar qo‘llash bo‘yicha huquqlari

  • Alohida hollarda intizomiy jazolar berish

  • Rag‘batlantirishlar, intizomiy jazolarni qo‘llash va intizomiy jazolarni ijro etish tartibi

  • Takliflar, arizalar va shikoyatlar to‘g‘risida

Mazkur Intizomiy ustav bojxona organlarining barcha mansabdor shaxslariga tatbiq etiladi. Bojxona organlaridagi intizom har bir mansabdor shaxsga:

  • O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga, o‘zbekiston respublikasi qonunlariga, o‘zbekiston respublikasi prezidentining farmonlariga, respublika hukumatining qarorlari va farmoyishlariga so‘zsiz rioya qilish, qasamyod, ustavlar talablariga va boshliqlarning buyruqlarini aniq bajarish, qonuniylikka qat’iy rioya qilish;

  • O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish, shuningdek qonun tomonidan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha xizmatni fidokorona o‘tash;

  • Xizmat bilan bog‘liq barcha og‘irliklar va etishmovchiliklarga qatьiyat bilan bardosh berish;

  • Davlat, xizmat va tijorat sirini qattiq saqlash;

  • O‘ziga ishonib topshirilgan tabelь qurol-yarog‘, mol-mulk va texnikani ehtiyot qilish;

  • Sofdil va haqiqatgo‘y bo‘lish, o‘z malakasini doimiy ravishda takomillashtirib borish, ish madaniyatini oshirish;

  • Intizomni mustahkamlashda va ustav tartibini ta’minlashda boshliqlarga ko‘maklashish, boshliqlarni, xizmat va unvon bo‘yicha kattalarni hrmat qilish, odobli bo‘lish harbiy salom berish va belgilangan shakldagi kiyim-bosh kiyish qoidalariga rioya etish;

  • Xizmatdan tashqari vaqtlarda o‘zini munosib tutish va izzatini saqlash, jamoat tartibiga va umuminsoniy axloq normalariga rioya qilishda namuna ko‘rsatish, boshqalarni huquq-tartibotni buzishdan to‘xtatish, jamiyat va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini fidokorona himoya qilish majburiyatini yuklaydi.


Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling