Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi bojxona organlarining intizomiy ustavi


Bo‘ysunuvchiga eng yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq bevosita boshliq hisoblanadi


Download 22.5 Kb.
bet5/6
Sana10.02.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1186519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-м амалий. Davlat bojxona organining asosiy vazifasi. Xalqaro savdo va uni tartibga solish ahamiyati

Bo‘ysunuvchiga eng yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq bevosita boshliq hisoblanadi.
Bojxona organlarining xizmat bo‘yicha bir-biriga bo‘ysunmaydigan mansabdor shaxslari katta yoki kichik mansabdor shaxslar bo‘lishi mumkin. Katta boshliqlik maxsus unvonlar bilan belgilanadi.
Mazkur nizomda bojxona organlarining masabdor mansabdor shaslariga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi:

Bojxona organlarining mansabdor shaxslari nomi rag‘batlantirish tartibida hurmat taxtasiga, Davlat bojxona qo‘mitasining Solnoma kitobiga yozib qo‘yilishi, shuningdek bojxona organlarining ko‘krak nishoni bilan mukofotlanishi mumkin.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari alohida xizmatlari uchun Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Rag‘batlantirish tadbirlari sifatida ushbu Ustav 14-bandining «a», «b» va «v» kichik bandlarida nazarda tutilgan ilgari berilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham qo‘llanishi mumkin. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv yurtlarida, ushbu Ustavning 12-bandida nazarda tutilgan rag‘batlantirishlardan tashqari, o‘qish kursini a’lo baholar bilan tugallashgan kursantlar va tinglovchilar nomini hurmat taxtasiga yozib qo‘yish tarzidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi.
Bojxona organlari mansabdor shaxslari o‘zlariga belgilab berilgan vazifalarni sidqidildan bajarmagan va boshqa hollarda ularga nisbatan jazo choralari ham qo‘llaniladi. Bojxona organlarining kichik boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi jazolar qo‘llanilishi mumkin:

  • Tanbeh;

  • hayfsan;

  • Qattiq xayfsan;  Bojxona organlaridan bo‘shatish.

Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv yurtlarida mazkur ustavning sanab o‘tilgan jazolardan tashqari bir oy muddatgacha o‘quv yurtidan tashqariga chiqishdan mahrum etish va xizmat bo‘yicha navbatdan tashqari naryadga tayinlash sifatida jazolar qo‘llaniladi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling